| Ishlab chiqarish hajmi | 1000kg/24soat |
| Quvvati | 3.75 kw |
| Ichki hajmi | 500L |
| Idish diameteri | 800mm |
| Material | SS 304 |
| Kuchlanish | 380 V 50Hz |
| O’g’irligi | 1250kg |
| O’lchami | 5000*1200*2550mm |
0 Izoh qoldirilgan
Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Deparafinizatsiyalash (vimorozka) uskunasi” Javobni bekor qilish
Related products
-
Tayyor liniyalar
Ichimliklar uchun bir martalik naychalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L019
0 out of 5(0)Kundalik hayotimizda har doim ishlatiladigan, talab yuqori bo’lgan bir martalik mahsulotlarni ishlab chiqarish yaxshigina daromad keltirishi barchamizga ma’lum. “AFEX-GROUP” jamoasi e’tiboringizga havola qilayotgan ichimliklar uchun bir martalik naychalar ham talab yuqori mahsulotlar sirasiga kiradi. Bunday naychalardan kafelar, barlar, restoranlar, anyiqsa fast-food tarmoqlari va uy sharoitida ham keng ko’lamda foydalaniladi. Bunday naychalar ayniqsa onajonlarimiz uchun yaxshigina yordamchi hisoblanadi. Chunki bolajonlar uchun sut mahsulotlari va sharbatlarni bunday naychalarda iste’mol qilish ularning eng sevimli mashg’ulotlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, sut mahsulotlari, sharbatlar va boshqa turdagi ichimliklarni ichishni rad etib xarxasha qilayotgan bolajonlarimizni ko’ndirishda onajonlarimizga har xil rangdagi bejirim, qulay va bolani e’tiborini tortadigan naychalar yordamga keladi.
SKU: AF-L019 -
Omborda mavjud uskunalar, Yengil sanoat
Xo’jalik qo’lqoplari ishlab chiqarish liniyasi AF-L009
Rated 4.00 out of 5(1)Yurtmizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoymoqda. Yangi binolar, ko’p qavatli turar-joylar madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda, tekis-ravon yo’llar, muxtasham va ko’rkam ko’priklar jadal sur’atlarda ko’paymoqda. Albatta bu bunyodkorlik ishlari yurtimizdagi mehnatkash ustalarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo bo’lmoqda. Qish-u, yozda davom etayotgan qurilish ishlarida xo’jalik qo’lqoplari ustalarning eng zarur ximoya vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ish qo’lqoplaridan nafaqat qurilish ishlarida, balki xo’jalikning boshqa yumushlarida ham keng foydalanilmoqda. Shuning uchun xo’jalik qo’lqoplariga talab borgan sari ortib bormoqda.
SKU: AF-L009 -
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlashXojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Rated 5.00 out of 5(4)Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. AFEX-GROUP LLC sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.
SKU: AF-L016 -
Tayyor liniyalar, Yog'ochga ishlov berish
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012
0 out of 5(0)Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.
SKU: AF-L012







Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!