Ko’p funksiyali Lapsha va lag’mon ishlab chiqarish uskunasi
Out of stock
Zamonaviy lapsha va lag’mon ishlab chiqarish uskunasi, zanglamas metalldan ishlangan bo’lib oziq ovqat ishlab chiqarish uskunalar bo’yicha o’rnatilgan barcha talablarga qo’liq mos keladi
Out of stock
0 Izoh qoldirilgan
Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Ko’p funksiyali Lapsha va lag’mon ishlab chiqarish uskunasi” Javobni bekor qilish
Related products
-
Yengil sanoat
Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018
0 out of 5(0)Tekstil yorliqlari hamma ham e’tibor bermaydigan lekin asosiy va foydali mahsulotlardan hisoblanadi. Chunki bunday yorliqlar asosiy mahsulot haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda ularni Tekstil mahsulotlarining tashrif qog’ozi deb atasak ham bo’laveradi. Yorliqsiz kiyimlar “boshsiz chavandoz”ga o’xshaydi, sababi kiyimning asosiy xususiyatlari, undan foydalanish usuli, qanday saqlash kerakligi va kiyim o’lchamlari aynan kiyimning yorlig’ida yozilgan bo’ladi. Yorliqsiz mahsulotlar esa iste’molchilar tomonidan to’liq ishonch bilan qabul qilinmaydi va ishlab chiqaruvchi haqidagi ijobiy taassurotni susaytiradi.
SKU: AF-L018 -
Oziq ovqat
MUZQAYMOQ FREZER USKUNASI PRE-COOLING TIZIMI BILAN AF-B001
Rated 5.00 out of 5(1)Kunlar issiy boshlashi bilan kishilarning salqinlashtiruvchi mahsulotlarga (muzqaymoq, salqin ichimliklar) talabi keskin oshib ketadi. Shu o’rinda yosh tadbirkorlarimiz uchun ajoyib biznes turlaridan biri bu quyma muzqaymoq biznesidir. Ushbu biznes mavsumiy bo’lishiga qaramasdan juda serdaromad biznes hisoblanadi. Ushbu biznes bilan siz bemalol bir yilda 7-8 oy ishlashingiz mumkin. Muzqaymoq biznesi eng rentabelli bizneslar sirasiga kirishini hech kim inkor etmaydi va bu ko’rsatgich sizga tikkan pulingizni 300% gacha qaytib kelishini ta’minlaydi. Eng muhimi sizda risk juda kam bo’ladi. Har qanday biznesni boshlab olish avvalo tavakkalchilikka asoslangan bo’ladi, shuni inobatga olib ushbu biznesda sizning tavakkalga tikkan summangiz kichikligi va uni eplay olmagan taqdiringizda ham uskunani boshqa birovga tez sota olishingizdadir. Yosh va endi biznesga kirayotgan tadbirkorlar eng avvalo o’zidagi mablag’ni yo’qotishdan qo’rqishadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz sizga 30 dan oshiq ishlab chiqaruvchilar orasidan eng sifatli, bizning iqlim sharoitlarimizga har tomonlama mos keadigan, yozning issiq kunlarida bemalol ochiq havoda ishlash mumkin bo’lgan, import kompressorga ega frezerni tanladik. Bizning muzqaymoq frezerimiz boshqa uskunalardan nimasi bilan farqlanadi?
SKU: AF-B001 -
Tayyor liniyalar, Yog'ochga ishlov berish
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012
0 out of 5(0)Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.
SKU: AF-L012 -
Xizmat ko`rsatish
Gilam yuvish uskunalari (avtomatik hamda yarim avtomat liniya) AF-L013
0 out of 5(0)Ma’lumotlarga qaraganda rivojlangan davlatlarda xizmat ko’rsatish va servisning davlat iqtisodiyotidagi ulushi 60-70 % ni tashkil qilar ekan. Bugungi kunda yurtimizda ham tadbirkorlik sohalari ichida xizmat ko’rsatish va servis biznesi keng ommalashib, uning iqtisodiyotimizdagi ulushini borgan sari ortib bormoqda. Aholi o`rtasida u yoki bu xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilishi keskin ko`paymoqda. Chunki xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilib biz, eng qimmatli bo’lgan vaqtimizni va ma’lum hajmdagi pulimizni tejab qolish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
“AFEX-GROUP” jamoasi sizlarga xizmat ko`rsatish sohasidagi eng talabgir va daromadli sohalardan biri bo’lgan avtomatik gilam yuvish liniyasini sizga taqdim qiladi. Ma’lumki yurtimizdagi xonadonlarda bir yilda kamida bir marta gilamlar yuviladi. Bitta xonadonda kamida 3-4 va undan ham ko`p gilamlar mavjudligini hisobga olsak biznesni yo’lga qo’yib siz yaxshigina daromadga ega bo’lishingiz mumkin. Gilamlarni xonadonlardan o’zingiz olib ketib, liniya yordamida yaxshilab yuvib, quritib, yuvilgan gilamlarni yana xonadon egalariga yetkazib berish kabi qulayliklarni yo’lga qo’ysangiz mijozlaringiz yanada ko’payishi turgan gap.
SKU: AF-L013











Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!