Zamonamiz rivojlangani sayin insonlar hayotini yengillashtiruvchi ko’plab qurilmalar ixtiro qilindi. Shulardan eng ommaboplaridan biri bu avtomobillardir. Ular yer yuzida harakat qiluvchi eng ko’p tarqalgan texnikadir. Yurtimizda ham bir biridan ajoyib ko’zni quvontiradigan yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqarish toboro o’sib bormoqda. Hozirgi paytda «GM Uzbekistan» AJ ning 3 ta ishlab chiqarish maydonchasida «Shevrole» (Chevrolet) va «Ravon» (Ravon) brendlari ostida avtomobillarning 10 modeli ishlab chiqariladi, jumladan, Matiz, Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra) modellari Asaka shahridagi asosiy ishlab chiqarish maydonida, Tracker, Malibu modellari Toshkent shahridagi filialda, Damas, Labo modellari Pitnak shahridagi filialda chiqariladi.
YILLIK ISHLAB CHIQARISH QUVVATI:
«GM Uzbekistan» AJ, Asaka shahri – 250 ming avtomobil.
«GM Uzbekistan» AJ filiali, Pitnak shahri – 40 ming avtomobil;
«GM Uzbekistan» AJ filial, Toshkent shahri – 10 ming avtomobil;
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!