Paxta yostiqchalari (vatniy disk) ishlab chiqarish uskunasi

Availability:

Нет в наличии


Paxta yostiqchalari terini parvarish qilishda ajralmas aksessuardir. Yumshoq paxta materialidan tayyorlangan, ular kosmetikani olib tashlash, kosmetik vositalarni qo’llash yoki yuz terisini tozalash uchun ishlatiladi. Teshikchali tuzilishi tufayli ular suyuqliklarni samarali singdiradi va terini shikastlamasdan mayin tozalaydi. Foydalanish uchun qulay va turli o’lchamlarda mavjud bo’lgan paxta yostiqchalari har kuni terining salomatligi va go’zalligini saqlashga yordam beradi.

38,900$

Нет в наличии

Ishlash printsipi

Uskuna rulon shaklidagi tayyor xomashyodan pardoz uchun qo’llaniladigan paxta yostiqchalarini avtomatik ravishda ishlab chiqaradi.

Rulon shaklidagi xomashyo yetkazish qismidan val qismiga o’tadi, val xomashyoga maxsus naqsh bosadi. So’ngra xomasyo qolip qismiga o’tadi. Qolip qizdirish yordamida rulonni kerakli o’lchamda paxta yostiqchlarga kesib beradi. So’ngi bosqichda yostiqchalar 4 qator bo’lib yig’iladi.

 

Texnik xususiyatlari

Kuchlanish 380V
Quvvati 8 kw
Motor quvvati 2.2 kw
Ishlab chiqarish tezligi 500-800 dona/daq (material qalinligi va o’lchamiga bog’liq)
Xomashyo ruloni diametri 600 mm
Kesish qatorlari soni 4 qator
Boshqaruv paneli PLC ekran
Uskuna o’lchami 4360x990x1710 mm

 

Uskunada o’rnatilgan qurilma va mexanizmlar

Bosh sxemalar boshqaruv qutisi 1 dona
Quvvat kommutatori 1 dona
2,2 kVt asosiy motor 1 dona
Elektor konvertor (Преобразователь) 1 dona
0,75 kVt servo motor 1 dona
PLC boshqaruv paneli 1 dona
Qolip 1 to’plam
Haroratni nazorat qilish tizimi 2 to’plam

Val naqshining turlari

Based on 0 reviews

0.0 overall
0
0
0
0
0

Be the first to review “Paxta yostiqchalari (vatniy disk) ishlab chiqarish uskunasi”

There are no reviews yet.