,

PPR quvurlar ishlab chiqarish liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Har bir insonning hayotidagi asosiy orzusi va maqsadi bu, albatta, o`zining shaxsiy uyini qurish bo`lsa kerak. Hashamatli va shinam, zamonaviy va chidamli uy qurish uchun ko`plab qurilish uskunalari va xom-ashyolar kerak bo`ladi. Hozirgi kunda har bir uyning qurilishini plastik trubalarsiz (PPR trubalar) tasavvur qilib bo`lmaydi. Navbatdagi ishlab chiqarish liniyamiz ham, aynan, PPR trubalar haqida bo`ladi. Dastavval, ushbu turdagi trubalarning yutuqlari haqida aytib o`tsak.

89,000$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Foydali xususiyatlari

  1. Past issiqlik o’tkazuvchanligi. PPR moddasining issiqlik o’tkazuvchanligi juda past, ya’ni tashqi muhitdagi issiq yoki sovuq haroratni quvurdagi suyuqlikka osonlikcha o’tkazmaydi va aksincha. Ushbu omil issiq yoki sovuq suyuqlik o’tkazilganda issiqlik yo’qotilishini kamaytiradi, natijada energiya tejaladi va PPR quvurlari uchun izolyatsiya xarajatlari kamayadi.
  2. Uzoq xizmat muddati va chidamliligi. PPR quvurlar turli xil ish muhitlari va temperaturalariga qaramay sizga 50 yildan ortiq xizmat ko`rsata oladilar. PPR quvurlar issiq va sovuq suvda ham yuqori samaradorlikni va chidamlilikni ko`rsatadi. Shu bilan birga, PPR quvurlari boshqa oddiy plastik quvur turlaridan farqli o`laroq, sovuq ob-havoda o`rnatilayotgan vaqt mobaynida hech qanday sinish yoki yoriqlar paydo bo`lmaydi.
  3. Samarali ichki sirt. An’anaviy quvur turlari bilan taqqoslaganda PPR trubasining ichki yuzasi juda silliq va ishqalanish koeffitsienti juda past. Bu suyuqlikni tashish va tarqatish paytida bosim yo’qotishlarini kamaytirishga olib keladi va PPR quvur tizimlarining energiya samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, metall quvurlardan farqli o’laroq, PPR parchalanmaydi yoki ishqalalanmaydi, bu ularni ishlatishda xavfsizroq qiladi.
  4. Kimyoviy va mexanik chidamlilik. An`anaviy plastik quvurkarga nisbatan PPR trubalar qattiq va abraziv moddalarga chidamli. Bu, ayniqsa, o`tkaziladigan suyuqliklarda abraziv zarralar bo`lgan quduq suvi yoki sanoat maqsadlarida qo`llanilganda qo`l keladi.
  5. Ekologik va ekonomik samaradorlik. PPR trubasining og`irligi pastligi tufayli ularni tashish, qayta ishlash va o`rnatish katta miqdorda energiya sarfini yoki qo`l mehnatini talab qilmaydi. Shu bilan birga ularni kesish, qo`shilish va ular bilan ishlash juda oson. Bundan tashqari, PPR trubalarni bir-biriga ulash faqat issiqlik orqali amalga oshiriladi va qo`shimcha kimyoviy moddalar va materiallarni talab qilmaydi. Ushbu omillarning barchasi atrof-muhitga ta`siri va foydalanish narxining past bo`lishiga olib keladi.
  6. Foydalanish jihatlari. PPRning chidamliligi, iqtisodiy va ekologik afzalliklari uning so’nggi yillarda turli xil maqsadlarda ishlatilishiga olib keldi.

Keling, endi quvurlarimizni ishlab chiqaruvchi liniyamiz haqidagi umumiy ma`lumotlar bilan tanishib chiqsak.

Umumiy ma`lumotlar

  1. Xom-ashyolar: PPR kimyoviy moddasi, oddiy va rangli pigmentlar
  2. Ishlab chiqarish quvvati: 50-150kg/soat(truba o`lchamlariga va ish sharoitlariga bog`liq)
  3. Plastik quvurlar o`lchami: 20-63mm
  4. Plastik quvur turi: 3 qavatli
  5. Liniya o`lchamlari: 35m*5m*3m(uzunligi*kengligi*balandligi)
  6. Harorat: ≤40°C 
  7. Kuchlanish: 380V, 50Hz
  8. Quvvati: 76kw
  9. Xonada uskunalarga suv yetkazib berish qulayligi bo`lishi kerak, elektr toki stabil kelishi kerak.
  10. Ishchilar soni: 1 yoki 2ta
  11. Suvni sovutish: 20°C, ≥0.3Mpa, ~2~3 m3/soat
  12. Siqilgan havo: 0.3m3/min, 0.3Mpa-0.8Mpa

Ana endi ishlab chiqarish jarayonlariga va shu jarayonlarni amalga oshirish uchun kerak bo`ladigan uskunalarga ham o`tsak bo`ladi.

Yetkazib beruvchi uskuna

 

Demak, eng birinchi bo`lib bizga xom-ashyolarni uskunalarga yetkazib beruvchi qurilma kerak bo`ladi. Yuqoridagi uskuna aynan mana shu vazifani bajaradi. U idishga solingan moddalarni avtomatik ravishda tortib olib quritib beruvchi bunkerga yetkazib beradi. Ishlab chiqarish liniyamizda ekstruderlar soni 2ta bo`lgani uchun ham yetkazib beruvchi uskunalar soni ham 2ta bo`ladi.

Yetkazib beruvchi uskuna
Sig’imi 300 kg
Ishlash turi Vakuum
Motor quvvati 1,5KW
Maks vacuum bosimi 12000Pa
Yetkazuvchi shlangining o’lchami F32mm
Boshqaruv Yetkazib berish vaqtini sozlash mumkin

PPR quvurlar ishlab chiqarish liniyasi

 

 

Eritish bunkeri

Navbat eritish bunkeriga keldi. Xom-ashyolar yetkazib beruvchi uskuna yordamida ushbu uskunaga joylashtirildi. Bu uskunaning vazifasi ekstruderga xom-ashyolarni quritib, eritib berishdan iborat. 2ta ekstruder uchun 2ta erituvchi bunker ishlatiladi. Bunkerlardan birinchisining sig`imi 100kg, ikkinchisiniki esa 50kg bo`ladi.

Eritish bunkeri
Yuklash sig’imi 50kg
Maks ishlash temperaturasi 130C
Aniqligi ±5C
Isitish quvvati 5,4KW
Motor quvvati 0,25KW
Material Zanglamas metall

 

Ekstruderlar

Ekstruder TK 65/33
Shnek diametric F465mm
Shnek materiali 38CrMoAIA
Qizitish zonalari soni 5 ta
Elektr qizitgich materiali Quyma aluminiy+zanglamas metal
Qizitish quvvati 2,8kw*5
Sovutish quvvati 0,17kw*5
Motor turi va quvvati AC37KW
Brend Siemens,ABB,Delixi,Schneider,Omron
Ekstruder TK 45/30
Shnek diametric F45mm
Shnek materiali 38CrMoAIA
Qizitish zonalari soni 3 ta
Elektr qizitgich materiali Quyma aluminiy+zanglamas metal
Qizitish quvvati 2,3kw*3
Sovutish quvvati 0,17kw*3
Motor turi va quvvati AC18,5KW
Brend Siemens,ABB,Delixi,Schneider,Omron

Qoliplar

Shu o`rinda qoliplarni ham unutmaslik kerak. Turli xil o`lchamdagi qoliplar ekstruderlarning ich qismiga joylashtiriladi. Bunda qolip diametrlari xaridor talabiga binoan amalga oshiriladi. Qoliplarning o`lchamlari: 20, 25, 32, 40, 50, 63mm. Qoliplar uchun #40 markali xrom moddasi qo`llanilgan.

Rangli chiziq ekstruderi

PPR quvurlarimizga dizayn berishni ham unutmasligimiz kerak. Ularga chiroy berish uchun navbatdagi uskunamiz kerak bo`ladi. Bu uskuna quvurlarimiz ustiga rangli chiziq quyib beradi.

Ekstruder Tk 25/25
Shnek diametric 25mm
Shnek materiali 38CrMoAIA
Qizitish zonalari soni 2 ta
Elektr qizitgich materiali Quyma aluminiy+zanglamas metal
Qizitish quvvati 0,85kw*2
Sovutish quvvati 0,06kw*2
Motor turi va quvvati AC 1,1 KW
Brend Siemens

 

Vakuum kalibr uskunasi

Vakuum kalibrlash uskunasining vazifasi plastik quvurlarning shaklini saqlab qolishdan iborat. Ekstruderdan chiqqan quvurlar issiq holda bo`ladi. Issiq holda ularning shakli o`zgarib ketishi juda ham oson bo`ladi. Bu uskuna vakuumlash yordamida bu muammoga yechim bo`ladi.

Vakuum kalibrlash uskunasi
Uzunligi 6m
Vakuum nasos quvvati 4kw*2
Vakuum bosimi 0,03-0,06Mpa
Suv nasosi quvvati 4kw*2
Material Zanglamas metal,silikon

 

Suv sovutgichi

Mahsulotimizning sifatini va mustahkamligini yanada oshirish uchun ularni suv bilan ham sovutib olamiz. Sovutish uchun bizga yuqoridagi 4 metrlik zanglamas metalldan yasalgan uskuna kerak bo`ladi. Ularning ichiga xona haroratidagi suvni solish maqsadga muvofiq.

Lazerli markalash uskunasi

Quvurlarning ust qismiga turli xil ma`lumotlar yozish ham so`nggi paytda odatiy holatga aylandi. Bu uchun bizga yuqoridagi kichkina uskuna yetarli bo`ladi.

Lazerli markalash uskunasi
Ishlash aniqliligi 0.01mm
Og’irligi 70kg
Markalash maydoni 110mm*110mm
Boshqaruv PLC boshqaruv
Quvvati 30W

 

To`g`irlovchi uskuna

Ushbu uskunamiz trubalarga shakl berish uchun ishlatiladi. Quvurlar ikkita belbog`lar(remen) orasidan o`tadi va bosim beriladi. Bu bosim yodamida quvurlarga forma beriladi va keyingi bosqichga o`tkaziladi.

To’g’irlovchi uskuna
Ishlash uzunligi 1800mm
Bosim 20000N
Tezligi 1-10m/min
Motor quvvati 2,2 KW
Motor brendi ABB inverter

 

Kesuvchi uskuna

Ushbu uskunamiz xaridor talab qilgan uzunlikka binoan plastik quvurlarini kesib beradi. Uskunaning ajralib turadigan xususiyati shundaki plastik quvurni kesganda o`zidan hech qanday chang yoki qirindi chiqarmaydi. Odatiy uskunalarda plastik quvurlar kesilganda, o`sha quvurlarning qirindilari hosil bo`ladi va natijada mahsulot sifatiga ziyon yetadi. Bu uskunadan esa hech qanday ortiqcha qismlar chiqmaydi. Uskuna pichog`i quvur atrofida aylanib, quvurni kesadi.

Kesuvchi uskuna
Motor quvvati 1,1KW
Pichoq diametric 70mm
Boshqarish PLC boshqaruv tizimi
Qismlar brendi Schneider va Delixi

 

Taxlovchi uskuna

Kesuvchi uskunadan chiqqan PPR quvurlarni yig`ib-taxlab beruvchi uskunaga yo`l oladi. Bu uskuna 6 metr bo`lib, zanglamas metalldan yasalgan.

 

Shu bilan sizga taqdim etmoqchi bo`lgan ma`lumotlarimiz o`z nihoyasiga yetdi. Ana endi, uskuna narxlari bilan tanishib chiqsak ham bo`ladi.

 

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “PPR quvurlar ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish