Plastik paketlar uchun 2 xil rangli rotogravyur printerli ekstruder

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Biz sizga quyida tavsiya etadigan liniya yordamida siz  qalinligi 200 mikrongacha bo’lgan paketlar ishlab chiqarishingiz mumkin. Uskuna eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlangan bo’lib, unda PLC boshqaruv tizimi o’rnatilgan va TOUCH SCREEN panel orqali hammasi o’z nazoratingiz ostida bo’ladi. Biz uskunaga online 2 xil rangli rotogravyur printer o’rnatdik, bu esa sizga ish jarayonida paketlarga kerakli logotiplarni chop etish imkonini beradi. Paket uchun rotogravyur va Flexo printerlardan foydalaniladi, hamda ularni chop etish sifati ham turlicha bo’ladi. Masalan Flexo printerga tasvirni rezina valga tushirish orqali ishlaydi va bunda kichik hajmli detallar va yozuvlar ko’rinmay qolish yoki xiralashish holatlari mavjud. Rotogravyur printerlar esa so’nggi avlod metall valga lazerda tasvir tushirish yo’li bilan chop etadi. Bu jarayonda tasvir aniqligi, unda kichik shriftli yozuvlar ham aniq ko’rinishi ta’minlanadi.

 

29,000$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Uskunaning ustunlik jihatlari

  • Rotogravyur printerdan foydalanilgan bo’lib, bir vaqtda mahsulotni ikki tomoniga tasvirni tushira oladi
  • Uskuna xomashyo sifatida PE/HDPE/LDPE/LLDPE/qayta ishlangan PE granulalardan foydalana oladi
  • Shnek material mustahkam 38CrMoAl dan foydalanilgan bo’lib 2 yillik kafolatga ega
  • Turli diametrdagi silindrdan foydalanish imkoni (75-180mm)
  • Qizdirish uchun keramik qoplamali quyma aluminiy, bunda sizga qizdirish tenlari issiqlik hosil qilish kam quvvat evaziga yuqori samaradorlikka erishadi
  • Mahsulot chiqish tezligini nazorat qilish kompyuterlashganligi
  • Turli mahsulotlar (tuz, makaron, salfetka, non va boshqalar) uchun etiketkalar tayyorlash mumkinligi

 

Plastik paketlar uchun 2 ta rangli rotogravyur printerli ekstruder
Xomashyo turi PE/HDPE/LDPE.ikkilamchi PE
Shnek diametric 45mm
Ishlash kengligi 100-550mm
Qalinligi 0.012-0.3mm
Ekstruderning motor quvvati 7,5kw
Ishlash tezligi 0-50 metr/daqiqasiga
Quvvat sarfi 25kw/soat
Ishlab chiqarish hajmi 45kg/soat
Og’irligi 2700kg
O’lchami 6000x1600x3500mm

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Plastik paketlar uchun 2 xil rangli rotogravyur printerli ekstruder”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish