Ushbu uskunamiz muzqaymoqlar uchun o’ramli vafli chiqaradi va shu bilan birga shariksimon muzqaymoq uchun yangi turdagi likopcha ko’rinishida hamda vaflili trubka ham ishlab chiqarishingiz mumkin. AFEX-GROUP kompaniyasi doim sizlarga eng sara bizneslarni tanishtirib kelmoqda, bu safar ham aynan shunday. Keling dastavval uskunamizning ishlash uchun kerakli resurslarga to’xtalib o’tsak.
- Bino yoki ishlab chiqarish uchun joy: 50m2 dan kam bo’lmagan bitta xona
- Ishchi kuchi: 2 nafar
- Elektr ta’minoti va sarfi: 380v 50 hz 18kw/soat
- Gaz ta’minoti: Yo’q
- Xomashyo: 100% mahalliy xomashyo
- Qo’llanilish sohasi: Oziq ovqat
- Kunlik mahsulot ishlab chiqarish hajmi: 10 soatda 10000-12000 dona mahsulot
Siz bozorni yahshilab o’rgangan paytingiz e’tibor qaratishingiz lozim bo’lgan yagona jihat bu hududingizda xaridorgir bo’lgan vafli o’lchamini aniqlashdir. Buning uchun siz o’ramli vaflini yuqori qismi diametri va uning uzunligini o’lchashingiz lozim bo’ladi.
SUYUQ XAMIR TAYYORLASH UCHUN MIKSER 60L
Eng avvalo muzqaymoq vaflisini tayyorlash uchun mikserga kerakli mahsulotlarni (un, shakar, suv va boshqalar) ketma ket solib yaxshilab tayyorlanadi. Uskunaning asosiy vazifasi mahsulotlarni yaxshilab aralashtirib kerakli suyuq holatga keltirishdan iborat. Yaxshilab aralashmasa maxsus quyish uskunasidan o’tish jarayonida muammoga duch kelishi mumkin.
SUYUQ XAMIR UCHUN QUYIB BERISH USKUNASI
Ushbu uskuna yordamida mikserda tayyorlangan suyuq xamirni pishirish qismiga bir xil og’irlikda quyib turish uchun ishlatiladi. Uskuna ishlashi uchun kompressor zarur bo’lib, maxsus datchik buyruq bergan paytda ishga tushadi.
DAVOMLI VAFLI TAYYORLASH USKUNASI 15 talik
Ushbu uskunamiz elektr toki yordamida ishlovchi 15 dona vafli pishiruvchi qoliplardan tayyorlangan bo’lib aylana qilib joylangan. Uskuna aylanish tezligini va har bir vafli pishirish qismini issiqlik darajasini alohida nazorat qilish mumkin. Uskuna pishirish qoliplarini o’zgartirish orqali vafli yuzasidagi naqshlarni o’zgartirish mumkin. Uskuna ishlashi to’liq gigiyenik talablarga javob berishi uchun zanglamas metalldan tayyorlangan. Quyib berish uskunasi soatiga 1000-1200 dona mahsulot ishlab chiqara oladi.
VAFLINI KONUS SHAKLIDA O’RAB BERISH USKUNASI
Bu uskuna yordamida yumaloq shakldagi vaflilar konussimon ko’rinishga keltiriladi. Uskunada ikkita o’rab beruvchi qism bo’lib, bu uskunani ishlash tezligi yuqori ekanligidan dalolat. Uskunaga mijoz talabiga ko’ra qolip buyurtma qilinadi va bu yakuniy mahsulot o’lchamini belgilab beradi.
HAVO KOMPRESSORI 30L
Havo kompressori mahsulot quyib berish va uni formalash jarayonida silindrlarga havo berish uchun ishlatiladi.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!