1 / 12Muzqaymoq uchun vafli ishlab chiqarish liniyasi AF-L31
Kunlar isiy boshlashi bilan muzqaymoq biznesining davri boshlanadi.
Tavsif
Uskuna haqida
Kunlar isiy boshlashi bilan muzqaymoq biznesining davri boshlanadi. Umuman olganda muzqaymoq va unga kerakli bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish har doim rentabelligi yuqori mahsulotlardan bo'lib kelgan. Bugun biz sizga unchalik katta bo'lmagan summadagi lekin juda serdaromad biznes bilan tanishtiramiz.

- Bino yoki ishlab chiqarish uchun joy: 50m2 dan kam bo'lmagan bitta xona
- Ishchi kuchi: 2 nafar
- Elektr ta'minoti va sarfi: 380v 50 hz 18kw/soat
- Gaz ta'minoti: Yo'q
- Xomashyo: 100% mahalliy xomashyo
- Qo'llanilish sohasi: Oziq ovqat
- Kunlik mahsulot ishlab chiqarish hajmi: 10 soatda 10000-12000 dona mahsulot

SUYUQ XAMIR TAYYORLASH UCHUN MIKSER 60L
Eng avvalo muzqaymoq vaflisini tayyorlash uchun mikserga kerakli mahsulotlarni (un, shakar, suv va boshqalar) ketma ket solib yaxshilab tayyorlanadi. Uskunaning asosiy vazifasi mahsulotlarni yaxshilab aralashtirib kerakli suyuq holatga keltirishdan iborat. Yaxshilab aralashmasa maxsus quyish uskunasidan o'tish jarayonida muammoga duch kelishi mumkin.

SUYUQ XAMIR UCHUN QUYIB BERISH USKUNASI
Ushbu uskuna yordamida mikserda tayyorlangan suyuq xamirni pishirish qismiga bir xil og'irlikda quyib turish uchun ishlatiladi. Uskuna ishlashi uchun kompressor zarur bo'lib, maxsus datchik buyruq bergan paytda ishga tushadi.
DAVOMLI VAFLI TAYYORLASH USKUNASI 15 talik
Ushbu uskunamiz elektr toki yordamida ishlovchi 15 dona vafli pishiruvchi qoliplardan tayyorlangan bo'lib aylana qilib joylangan. Uskuna aylanish tezligini va har bir vafli pishirish qismini issiqlik darajasini alohida nazorat qilish mumkin. Uskuna pishirish qoliplarini o'zgartirish orqali vafli yuzasidagi naqshlarni o'zgartirish mumkin. Uskuna ishlashi to'liq gigiyenik talablarga javob berishi uchun zanglamas metalldan tayyorlangan. Quyib berish uskunasi soatiga 1000-1200 dona mahsulot ishlab chiqara oladi.

VAFLINI KONUS SHAKLIDA O'RAB BERISH USKUNASI
Bu uskuna yordamida yumaloq shakldagi vaflilar konussimon ko'rinishga keltiriladi. Uskunada ikkita o'rab beruvchi qism bo'lib, bu uskunani ishlash tezligi yuqori ekanligidan dalolat. Uskunaga mijoz talabiga ko'ra qolip buyurtma qilinadi va bu yakuniy mahsulot o'lchamini belgilab beradi.
HAVO KOMPRESSORI 30L
Havo kompressori mahsulot quyib berish va uni formalash jarayonida silindrlarga havo berish uchun ishlatiladi.
Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Video
Uskunaning ishlash jarayoni.
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Uzum sharbat ishlab chiqarish liniyasi

Amerikancha popkorn ishlab chiqarish uskunasi

Sarimsoq po'stlog'ini tozalash uskunasi

Go'sht va suyakni maydalash uskunasi

Gorizontal tort kesish uskunasi

Vakuumli ikki o‘qli sanoat mikseri

AF-300FY – Elektr isitishli makkajo‘xori qizdirish uskunasi


