Charm mahsulotlariga talab har doim ham yuqori bo’lib kelgan. Bunga asosiy sabab dunyo xalqlari ham sifatga, ham uzoq muddat xizmat qiladigan mahsulotlarga qiziqib kelishgan. Yurtimizda chorvachilik yaxshi rivojlanganligi sababli xomashyo topish muammo bo’lmaydi. Charm mahsulotlariga ishlov berish yurtimizda tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda va yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar jahon yuzini ko’rib, boshqa davlatlarga ham eksport bo`lib kelmoqda. Ichki bozorga ham xaridorgir bo’lgan mahsulotlardan biri bu charm kamarlardir. Charm kamarlarning katta qismi import mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ham sizlarga ushbu mahsulotni yurtimiz hududida ishlab chiqarish yaxshi samara beradi deb hisoblaymiz. Bizga dastavval mahsulot ishlab chiqarish uchun oshlangan toza teri yoki uning o’rnini bosuvchi mahsulot zarur bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida 10 turdagi uskuna ishtirok etadi va bizning kompaniyamiz sizga ushbu uskunalarni eng maqbul narxlarda tavsiya etadi.
Terini kamar o`lchamida kesib beruvchi uskuna
Ushbu uskuna yordamida siz har xil o’lchamga ega bo’lgan terilardan bir xilda kesilgan yarim tayyor mahsulotni tayyorlashingiz mumkin. Ushbu uskuna terini birdaniga bir nechta bo’lakka ajratib beradi va ishchi ularni uzun kesilganlarini olib, keyingi bosqichga o’tish uchun yuboradi. Ushbu uskuna yordamida siz tabiiy teri, sun’iy teri, rezina, qattiq mato, yumshoq plastik va boshqa xomashyolarni ham kesishda qo’llanilishi mumkin.
Kesib beruvchi uskuna | |
Remen kengligi | 350mm gacha |
Remen uzunligi | Chegaralanmagan |
Uskuna o’lchamlari | 750*450*1400mm |
Og’irligi | 150kg |
Motor quvvati | 550w |
Kamar chetini ovalsimon shaklga keltirib kerakli o`lchamda kesib beruvchi uskuna
Sizga ma’lumki yuqoridagi uskuna terini chetlarini to’g’ri burchak ostida kesib berdi, endi esa ularni biroz oval shaklga keltirib, bizga kerakli uzunlikda qirqib olish lozim bo’ladi. Buning uchun esa quyidagi uskuna bizga yordam beradi.
Kesib beruvchi uskuna | |
Kengligi | 15-50 mm |
Remen uzunligi | Chegaralanmagan |
Uskuna o’lchamlari | 1120*450*1300mm |
Og’irligi | 180kg |
Motor quvvati | 7502 |
Kamarni kerakli qalinlikka tayyorlash uskunasi
Biz har xil terilar ishlatishimiz mumkin va har xil turdagi mahsulot ishlab chiqaramiz. Shunday holatda bizga ba’zida ularni qalinligini kamaytirishga to`g`ri kelishi mumkin. Shuning uchun qalinligini bir xilda qilib berish uchun bizga quyidagi uskuna yordamga keladi. Bir so’z bilan qisqa qilib ushbu uskunani teri uchun “randa” deb atasak ham bo’ladi.
Yupqa kesuvchi uskuna | |
Ishlash eni | 4-15mm |
Uskuna o’lchami | 1000*500*1100mm |
Og’irligi | 80kg |
Motor quvvati | 750w |
Kuchlanish | 220V |
Kamarga rolikli naqsh bosish dastgohi
Har kuni yangicha naqshlar bilan bezatilgan yangi ko’rinishdagi kamarlarga ko’zimiz tushadi. Kimlardir silliq yuzali hech qanday naqshsiz kamarlarni hush ko’rsa, yana boshqalarga turli naqshlar hosil qilingan kamarlar yoqadi. Biz esa sizga har qanday mijoz talabiga mos keluvchi uskunalrni taklif qilmoqdamiz. Siz uskunadagi metall rolikni o’zgartirish orqali kamarga bosiladigan naqsh turini o’zgartira olasiz.
Kamarni ikki tomonini sayqallash uskunasi
Mahsulotingiz yetarli darajada silliq yuzaga ega bo’lishi bu bo’yash jarayonida sizga juda qo’l keladi, ya’ni mashaqqat anchagina kamayadi.
Sayqallash uskunasi | |
Ishlash eni | 4-15mm |
Uskuna o’lchami | 840*725*1300mm |
Og’irligi | 165kg |
Motor quvvati | 1200w |
Kuchlanish | 220V |
Kamarga teshiklar ochib hamda kamar oxirini kesib beruvchi press uskuna
Ushbu pressni qoliplarini o’zgartirish orqali siz teshik shaklini uning oraliq masofasini o’zgartirishingiz mumkin bo’ladi.
Teshik ochuvchi press uskuna | |
Ishlash eni | 4-15mm |
Uskuna o’lchami | 1200*610*1650mm |
Og’irligi | 140kg |
Motor quvvati | 1500w |
Kuchlanish | 220V |
Kamar chetini bo`yab berish uskunasi
E’tibor bergan bo’lsangiz kamaringizni pichoq yoki boshqa o’tkir jism yordamida kesganingizda uni kesilgan joyining rangi och rangda bo’lib qoladi va bu mahsulot dizayniga salbiy taasir ko’rsatadi. shuning uchun ham kesilgan joylarni bo’yab qoyish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bo’yalgan chet qismlar xuddi yuza qismi bilan uyg’unlikda yaxlit kompozitsiyani saqlaydi.
Bo’yab berish uskunasi | |
Ishlash eni | 4-50mm |
Uskuna o’lchami | 480*500*1200mm |
Og’irligi | 90kg |
Motor quvvati | 120w |
Kuchlanish | 220V |
Kamarga folgali logo bosish uskunasi
Shtamplash uskunasi | |
Turi | Qo’lda |
Og’irligi | 220kg |
Tezligi | 800ta/soat |
Kuchlanish | 220V50Hz |
Uskuna o’lchamlari | 430*400*470mm |
Og’irligi | 41kg |
Rolikli pressli silliqlash uskunasi
Silliqlab berish uskunasi | |
Energiya turi | Elektr |
Kuchlanish | 220V |
O’lchamlari | 580*460*1140mm |
Og’irligi | 100kg |
Kamar uchun belbog` yasash uskunasi
Belbog’ yasash uskunasi | |
Kuchlanish | 380V50Hz |
Quvvati | 0,37kw |
Og’irligi | 350kg |
Uskuna o’lchamlari | 760*450*1650mm |
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!