AFEX

Metall silindr idishlar ishlab chiqarish liniyasi

''AFEX-GROUP'' - tadbirkorlarimiz uchun yuqori daromadga ega 1 litrdan - 5 litrgacha bo'lgan, ilgakli metall idishlar…

Individual taklif
Narx
Narxni aniqlashtiring

Siz uchun individual taklif tayyorlaymiz

Tavsif

Uskuna haqida

''AFEX-GROUP'' - tadbirkorlarimiz uchun yuqori daromadga ega 1 litrdan - 5 litrgacha bo'lgan, ilgakli metall idishlar ishlab chiqarish liniyasini taklif etadi. Ushbu liniyani sotib olgan mijozlarimiz uchun, kompaniyamiz tomonidan ushbu faoliyatni boshlashda yaqindan amaliy yordam beriladi.

Bugungi kunda metall qutilarga bo'lgan talab yildan- yilga o'sib bormoqda. Chunki,ushbu mahsulotlar ko'plab sanoatlarda masalan; choy, sabzavot va meva mahsulotlari, go'sht va baliq konservalari, yog'lar, lak-bo'yoq materiallari, kimyoviy moddalar,  sovg'alar va suvenirlar,qandolat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun foydalinadi.

''AFEX-GROUP'' -kompaniyasi ushbu faoliyat 1 litrdan - 5 litrgacha bo'lgan lak-bo'yoq mahsulotlari qadoqlashda foydalinadigan, metall idishlar ishlab chiqarish loyihasiga qaratilgan zamonaviy yarimavtomat, texnologiyalariga oid ma'lumotlar berib o'tamiz!

Xom ashyolar

Qadoqlanishi kerak bo'lgan mahsulot turlariga qarab, 3004/3104,5042/5182 markali metall list materiallardan foydalanish mumkin.

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar

Kerakli maydon; 150 m² dan kam bo'lmasligi kerak.

Elektr energiya; 77 KW/380 V.

Ishchilar soni; 10-12 kishi.

Linya tarkibidagi uskunalar

1.O'lchamlarda kesish uskunasi.

2.Aylana shakllantish uskunasi.

3.Payvandlash uskunasi.

4.Aylana bukuvchi uskuna.

5.Birlashtiruvchi uskuna.

6.Payvandlash(Ilgak uchun) uskunasi.

7 Shtamplash (press)uskunasi.

8.Qopqoq aylanasini bukuvchi uskuna.

9.Chiller.

O'lchamlarda kesish uskunasi- Uskuna yordamida kengligi 1 metr,qalinligi 0,35, kesish minimal kengligi 52 mm bo'lgan metall listlarni kerakli o'lchamlarda kesish imkoniyatlari mavjud. Ushbu uskunada belgilangan o'lchamlarda kesilgan metall listlar, aylana shakllantirish uskunasiga yuboriladi.

Aylana shakllantish uskunasi- Ushbu uskunada aylana diametri 65-300 mm, balandligi 50-400 mm gacha bo'lgan aylana metall qutilar ishlab chiqarish mumkin. Shakllantirilgan aylana metall listlar payvandlash uskunasiga yuboriladi.

Payvandlash uskunasi- Ushbu uskuna, shakllantirilgan aylana metall listlarni birlashtirib, payvandlab beradi. Uskunada aylana diametri 52-300 mm, balandligi 400 mm gacha yani 0,5 ml - 20 litr gacha bo'lgan aylana metall qutilarni tayyorlashda foydalanish mumkin.

Aylana bukuvchi uskuna- Ushbu bosqichda payvadlanib aylana ko'rinishiga keltirilgan qutilarni, aylana qismini yuqori va pastki qopqoqlashni birlashtirish uchun 45° li bukib beradi. Uskunada tayyorlangan qutilar yuqori va pastki qopqoqlashni quti tanasi bilan birlashtirish uchun keyingi uskunaga yuboriladi.

Birlashtiruvchi uskuna- ushbu uskunadan yuqori va pastki qopqoqlarni quti tanasi bilan birlashtirish uchun foydalinadi.

Payvandlash(Ilgak uchun) uskunasi- Agarda siz ilgakli metall idishlar ishlab chiqarmoqchi bolsangiz, ushbu uskunadan foydalanish talab etiladi. Uskunada ilgak ilinish kerak bo'lgan detalni,(shtamplash uskunasida tayyorlangan metal detallarni) quti tanasiga payvandlab beradi. (Ushbu metall detallani tayyorlaovchi uskuna yoki qolip liniya tarkibiga kiritilmagan, ushbu masala yuzasidan kompaniyamiz bilan bog'lanib batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.)

Shtamplash (press)uskunasi- Liniya tarkibida ushbu uskunadan 5 dona kiritilgan, sababi yuqori va pastki qopqoqlarni ishlab chiqarish 5 jarayonni o'z ichiga oladi. Yani 5 dona qolip talab etiladi. Yuqori qopqoq uchun 1 ta shtamplash qolipi, pastki qopqoq uchun 1 ta shtamplash qolipi, halqali doira uchun 3 ta shtamplash qoliplari mavjud.

⚠️ Faoliyatingizni boshlashda ushbu uskunalardan kerakli miqdorda, imkoniyatingizdan kelib chiqqan holda sotib olishingiz mumkin. Bir yoki ikki uskunadan qolip o'zgartirish yo'lidan foydalanib, yuqori va pastki qopqoqlarni ishlab chiqarishda 5 ta texnologik jarayonni qo'llashingiz mumkin. Ammo bu texnologik jarayon mahsulot ishlab chiqarish hajmini keskin tushib ketishiga olib keladi. Shunday ekan, har bir qolip uchun uskuna sotib olish talab etilganligi sababli 5 ta uskuna narxlari liniya umumiy summasida ko'rsatilgan.

Qopqoq aylanasini bukuvchi uskuna- markaziy qopqogni 45° li bukilgan qismini qopqog' berkilishi va sifat darajasini osirish maqsadida qayta to'liq bukish uchun foydalinadi.

Chiller- Havo yordamida sovitish uchun. Qurilma asosan payvandlash uskunasi uchun yordamchi qurilma hisoblanadi.

AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaMetall silindr idishlar ishlab chiqarish liniyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish