Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
Model | AF-GDZ-400 |
Ishlash tezligi | 2-4ta /bir daqiqada |
Kuchlanish | 220V/50HZ/ 0,75KW |
Vakuum kamerasining o’lchami | 400*320mm |
Material | 304 zanglamaydigan po’latdan |
O`lchami | 550×500×950 мм |
Og’irligi | 80kg |
Savatchada mahsulotlar yo'q.
Omborda 1 dona mavjud
Bir kamerali Vakum qadoqlash uskunasi, bir daqiqada 3-4 ta qadoqlash imkoniyati
750$
Omborda 1 dona mavjud
Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
Model | AF-GDZ-400 |
Ishlash tezligi | 2-4ta /bir daqiqada |
Kuchlanish | 220V/50HZ/ 0,75KW |
Vakuum kamerasining o’lchami | 400*320mm |
Material | 304 zanglamaydigan po’latdan |
O`lchami | 550×500×950 мм |
Og’irligi | 80kg |
Kunlar issiy boshlashi bilan kishilarning salqinlashtiruvchi mahsulotlarga (muzqaymoq, salqin ichimliklar) talabi keskin oshib ketadi. Shu o’rinda yosh tadbirkorlarimiz uchun ajoyib biznes turlaridan biri bu quyma muzqaymoq biznesidir. Ushbu biznes mavsumiy bo’lishiga qaramasdan juda serdaromad biznes hisoblanadi. Ushbu biznes bilan siz bemalol bir yilda 7-8 oy ishlashingiz mumkin. Muzqaymoq biznesi eng rentabelli bizneslar sirasiga kirishini hech kim inkor etmaydi va bu ko’rsatgich sizga tikkan pulingizni 300% gacha qaytib kelishini ta’minlaydi. Eng muhimi sizda risk juda kam bo’ladi. Har qanday biznesni boshlab olish avvalo tavakkalchilikka asoslangan bo’ladi, shuni inobatga olib ushbu biznesda sizning tavakkalga tikkan summangiz kichikligi va uni eplay olmagan taqdiringizda ham uskunani boshqa birovga tez sota olishingizdadir. Yosh va endi biznesga kirayotgan tadbirkorlar eng avvalo o’zidagi mablag’ni yo’qotishdan qo’rqishadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz sizga 30 dan oshiq ishlab chiqaruvchilar orasidan eng sifatli, bizning iqlim sharoitlarimizga har tomonlama mos keadigan, yozning issiq kunlarida bemalol ochiq havoda ishlash mumkin bo’lgan, import kompressorga ega frezerni tanladik. Bizning muzqaymoq frezerimiz boshqa uskunalardan nimasi bilan farqlanadi?
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi. Non va non mahsulotlari, milliy shirinliklarga bizning yurtimizda doim talabgir mahsulotlar hisoblanadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz siz azizlarga sifat jihatidan yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishingiz tarafdorimiz va shu sababli non va qandolat mahsulotlarini siz va bizga ancha tanish bo’lgan ananaviy qavatli pechlarda emas, zamonaviy PLC boshqaruv tizimiga asoslangan, yuqori energiya tejamkorligiga ega bo’lgan bo’lgan konveksion pechlarimizni tavsiya qilamiz. Shu bilan bir qatorda siz azizlarga yordamchi uskunalarni ham uzoq muddatli kafolat bilan aynan bizning korxonamizdan sotib olishingiz mumkin.
Hozirgi Nou-hau lardan biri bo’lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko’pchilik e’tiboriga sazovor bo’lgani va O’zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo’lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz.
“Afex-Group” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang’ich narxi esa 600 000$ – 700 000$ ni tashkil qiladi.
PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko’p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o’rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 – 10 000 so’mni tashkil etadi.
Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko’plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo’maygina daromad olishingiz mumkin.
Ya’ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o’yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko’rpa-to’shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!