|
Avtoservis uskunalari
Avtomobil konditsionerlariga gaz to’ldirish uskunasi (yarim avtomat) AF-SD8
Mavjudligi:
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
1,300$
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
Savatchada mahsulotlar yo'q.
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
1,300$
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
|
O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi. Non va non mahsulotlari, milliy shirinliklarga bizning yurtimizda doim talabgir mahsulotlar hisoblanadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz siz azizlarga sifat jihatidan yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishingiz tarafdorimiz va shu sababli non va qandolat mahsulotlarini siz va bizga ancha tanish bo’lgan ananaviy qavatli pechlarda emas, zamonaviy PLC boshqaruv tizimiga asoslangan, yuqori energiya tejamkorligiga ega bo’lgan bo’lgan konveksion pechlarimizni tavsiya qilamiz. Shu bilan bir qatorda siz azizlarga yordamchi uskunalarni ham uzoq muddatli kafolat bilan aynan bizning korxonamizdan sotib olishingiz mumkin.
Koʻplab talablar va qiziqishlar tufayli Paypoq ishlab chiqarish liniyasini sizlarga havola etishga qaror qildik. Quyida nima uchun aynan paypoq uskunasining talabchanligi, unga boʻlgan qiziqishlar va uskunalarning xilma-xil turdagi variantlarini taqdim qilamiz.
“Qish boʻlsin, yoz boʻlsin asosiysi ish boʻlsin“ – deb bekorga aytishmaydi tadbirkorlar . Paypoq ishlab chiqarish liniyasi hech qanday fasl (sezon) tanlamaydi, axir qishda ham yozda ham paypoq kiyishadi! Bozorga kirib olsangiz bas, biznesingiz gullab ketishi aniq.
“Paypoq xaridorgir boʻlishiga sabab nima?! “ – deb oʻylashingiz tayin, buning uchun koʻp bosh qotirish ham shart emas. Statistika natijalariga qaraganda hozirda insonlar oʻlimiga qaraganda tugʻilish koʻp kuzatilarkan. Bu yangi tugʻilgan chaqaloqdan tortib 80-90 yoshli insonlar uchun ham paypoq ehtiyoji boʻlishidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bozorda paypoqqa boʻlgan talab kundan-kun yuqorilab bormoqda, albatta sifatga boʻlgan talab undan-da yuqori.
Kuzatgan boʻlsangiz kerak, bozorda sifatsiz paypoqlar koʻp ekanligini?! Bizning uch-xil turdagi uskunamiz va umumiy liniyamiz yordamida bozordagi eng sifatli paypoq turidan da sifatliroq mahsulot yetkazib berishingiz mumkinligiga kafolat beramiz.
Sizga koʻrsatmoqchi boʻlgan uskunalarimizni sevib qolishingiz mumkin desam mubolagʻa boʻlmaydi. Kimga ham pul yoqmaydi?! Agarda xohlasangiz xomashyolarning ulgurji sotuv joyi bilan, malakali mutaxassislar/texnologlar bilan tanishtirishimiz mumkin. Buning uchun biz bilan bogʻlangan yoki ofisimizga tashrif buyurgan holda konsultatsiya xizmatimizdan foydalanishingiz mumkin. Biz biznesingiz rivoji tarafdorimiz.
Ko’pgina mijozlarimizning talablariga binoan sizlarga mix ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildik. Mix hozirda yurtimizda olib borilayotgan qurilish ishlarida eng xaridorgir qurilish materiallaridan biri sanaladi. Mix ishlab chiqarish biznesi sizga tezda daromadga kirishingizga, hamda mahsulotingiz uchun xaridor topish ishlari oson ekanligi bilan boshqa bizneslarga qaraganda ancha samaraliroq sanaladi. Marhamat quyidagi tavsiya qilgan liniyamiz orqali siz ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
Yurtmizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoymoqda. Yangi binolar, ko’p qavatli turar-joylar madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda, tekis-ravon yo’llar, muxtasham va ko’rkam ko’priklar jadal sur’atlarda ko’paymoqda. Albatta bu bunyodkorlik ishlari yurtimizdagi mehnatkash ustalarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo bo’lmoqda. Qish-u, yozda davom etayotgan qurilish ishlarida xo’jalik qo’lqoplari ustalarning eng zarur ximoya vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ish qo’lqoplaridan nafaqat qurilish ishlarida, balki xo’jalikning boshqa yumushlarida ham keng foydalanilmoqda. Shuning uchun xo’jalik qo’lqoplariga talab borgan sari ortib bormoqda.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!