Liniya haqida umumiy ma`lumotlar
Kerakli bino o’lchami: 100 m2
Energiya turi: Elektr toki
Kuchlanish: 380 V 50/60 Hz
Elektr sarfi: 43 kw / soat
Kerakli ishchilar soni: 2 nafar eng kamida
Plastik paketlar uchun 2 xil rangli rotogravyur printerli ekstruder
Biz sizga quyida tavsiya etadigan liniya yordamida siz qalinligi 200 mikrongacha bo’lgan paketlar ishlab chiqarishingiz mumkin. Uskuna eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlangan bo’lib, unda PLC boshqaruv tizimi o’rnatilgan va TOUCH SCREEN panel orqali hammasi o’z nazoratingiz ostida bo’ladi. Biz uskunaga online 2 xil rangli rotogravyur printer o’rnatdik, bu esa sizga ish jarayonida paketlarga kerakli logotiplarni chop etish imkonini beradi. Paket uchun rotogravyur va Flexo printerlardan foydalaniladi, hamda ularni chop etish sifati ham turlicha bo’ladi. Masalan Flexo printerga tasvirni rezina valga tushirish orqali ishlaydi va bunda kichik hajmli detallar va yozuvlar ko’rinmay qolish yoki xiralashish holatlari mavjud. Rotogravyur printerlar esa so’nggi avlod metall valga lazerda tasvir tushirish yo’li bilan chop etadi. Bu jarayonda tasvir aniqligi, unda kichik shriftli yozuvlar ham aniq ko’rinishi ta’minlanadi.
Uskunaning ustunlik jihatlari
- Rotogravyur printerdan foydalanilgan bo’lib, bir vaqtda mahsulotni ikki tomoniga tasvirni tushira oladi
- Uskuna xomashyo sifatida PE/HDPE/LDPE/LLDPE/qayta ishlangan PE granulalardan foydalana oladi
- Shnek material mustahkam 38CrMoAl dan foydalanilgan bo’lib 2 yillik kafolatga ega
- Turli diametrdagi silindrdan foydalanish imkoni (75-180mm)
- Qizdirish uchun keramik qoplamali quyma aluminiy, bunda sizga qizdirish tenlari issiqlik hosil qilish kam quvvat evaziga yuqori samaradorlikka erishadi
- Mahsulot chiqish tezligini nazorat qilish kompyuterlashganligi
- Turli mahsulotlar (tuz, makaron, salfetka, non va boshqalar) uchun etiketkalar tayyorlash mumkinligi
Plastik paketlar uchun 2 ta rangli rotogravyur printerli ekstruder Xomashyo turi PE/HDPE/LDPE ,ikkilamchi PE Shnek diametric 45mm Ishlash kengligi 100-550mm Qalinligi 0.012-0.3mm Ekstruderning motor quvvati 7,5kw Ishlash tezligi 0-50 metr/daqiqasiga Quvvat sarfi 25kw/soat Ishlab chiqarish hajmi 45kg/soat Og’irligi 2700kg O’lchami 6000x1600x3500mm
Avtomatik paket keshish va iz ochish uskunasi
Uskuna rulon paket shaklidagi ekstruderdan chiqqan yarim tayyor mahsulotni belgilangan o`lchamda kesish, payvandlashdan va tutqich joyini ochish uchun yuqori samaradorli uskuna hisoblanadi.
- Uskuna to’liq avtomatik bo’lib, bir vaqtning o’zida plastik paketlarni kerakli o’lchamlarda kesib, siz xoxlagan miqdorda sanab qadoqlashga tayyor qilib beradi.
- Uskunaning boshqaruv paneli mikrokompyuter PLC boshqaruv panelli sensor ekran bilan jihozlangan.
- Uskuna servodvigatel bilan jihozlangan bo’lib, tezlikni bemalol nazorat qilish mumkin.
- Past shovqin chiqaradi.
- Uskunaning iz tushirish qolipini almashtirish orqali boshqa turdagi tutqichli paketlarni ham ishlab chiqarishingiz mumkin.
Avtomatik paket kesish va iz ochish uskunasi | |
Ishlash kengligi | 100-500mm |
Ishlash uzunligi | 100-3000mm |
Tezligi | 50-100 dona/daqiqasiga |
Quvvat sarfi | 4,3 kw |
Boshqaruv paneli | Mikrokompyuter,PLC sensorli |
Og’irligi | 650kg |
O’lchami | 3000x1000x1600mm |
Mahsulotlardan namunalar
Avtomatik rulon paket kesish uskunasi
Uskuna yuqori samaradorli tezlikga ega bo’lib bir vaqtni o`zida ikkita ilgichdagi yarim tayyor mahsulot bilan ishlash quvvatiga ega.
Uskunaning ustunlik jihatlari
- Uskunaning boshqaruv paneli mikrokompyuter PLC boshqaruv panelli sensorli ekran bilan jihozlangan.
- Uskunaga servo motor (Taiwan) o’rnatilgan bo’lib, siz tezlikni o’ziningizga qulay qilib o’zgartirishingiz mumkin.
- Uskunaga bir vaqtning o’zida 2 ta rulonni joylashtirishingiz mumkin.
- Xatolik vujudga kelganda uskuna avtomatik tarzda to’xtaydi va qayerda xatolik bo’layotganligi to’g’risida sizga ma’lumot beradi.
Avtomatik rulon paket kesish uskunasi Ishlash kengligi 500mm Ishlash uzunligi 1200mm Tezligi 40-120 dona/daqiqasiga Quvvat sarfi 3kw Boshqaruv paneli Mikrokompyuter,PLC sensorli Qalinligi 0.008-0.15mm Og’irligi 900kg O’lchami 3400x1300x1700mm
Tayyor mahsulotlar
Havo kompressori
Havo kompressori | |
Quvvati | 11kw |
Ishlab chiqarish hajmi | 1200L/daqiqasiga |
Havo bosimi | 16 bar |
Shovqin | 68dBA |
Kuchlanish | 380V50Hz |
Og’irligi | 500kg |
O’lchami | 2100x850x1500mm |
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!