Qayta ishlash
Barcha 5 natija
-
-
Plastikni qayta ishlash, Qayta ishlash
PE / PP chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash liniyasi
Zamonaviy dunyoda ishlab chiqarish sohasi rivojlanib borar ekan, undan ortgan chiqindilarni qayta ishlash sohasiga ham e`tibor tobora kuchayib bormoqda. Hozirda barcha rivojlangan mamlakatlarda qayta ishlash sohasi mamlakat ekologik iqtisodiyotida salmoqli o`rin egallaydi va xalqaro hamjamiyatlar ham shuni ta`lab qilmoqda.
Shu o`rinda yurtimizda ham so`nggi yillarda ushbu sohaga investitsiyalar miqdori oshib bormoqda. Shu sababli ham AFEX-GROUP kompaniyasi a`zolari tadbirkorlarga yurtimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga o`z hissasini qo`shishga yordam berish maqsadida, turli xil qayta ishlab chiqarish uskunalarini taklif qilishda favom etamiz. Navbat esa polietilen va polipropilen selofan mahsulotlarni qayta ishlashga mo`ljallangan uskunalarimizga.
SKU: n/a -
Pet, Plastikni qayta ishlash
PET bankalar ishlab chiqarish liniyasi
Siz shu kungacha gazli ichimliklarning metall bankalarini odatda sotib olgansiz, lekin ushbu yangi biznes sizni hayron qoldirishi aniq, chunki ular endilikda plastik korinishga ega va bejirim dizaynda. Ushbu liniya sizga arzom xomashyodan gazli ichimliklar uchun bankalarni ishlab chiqarish imkonini beradi.
SKU: n/a -
Pet, Qayta ishlash, Tayyor liniyalar
PET idish va polistiroldan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi
Hozirgi Nou-hau lardan biri bo’lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko’pchilik e’tiboriga sazovor bo’lgani va O’zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo’lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz.
“Afex-Group” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang’ich narxi esa 600 000$ – 700 000$ ni tashkil qiladi.
PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko’p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o’rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 – 10 000 so’mni tashkil etadi.
Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko’plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo’maygina daromad olishingiz mumkin.
Ya’ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o’yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko’rpa-to’shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.
SKU: AF-L004 -
Qayta ishlash, Qog`ozni qayta ishlash
Tuxum fleyka idishlar ishlab chiqarish liniyasi
Yurtimizda parrandachilik va tuxum yetishtishga katta e’tibor qaratilgan. Yildan-yilga tuxum mahsulotlarini iste’moli ham ortib bormoqda. Shu o’rinda tuxum idishlar ishlab chiqarish faoliyati serdaromad biznesga aylanib bormoqda. Tuxum idishlar tayyorlash uchun uncha murakkab bo’lmagan, ya`ni keraksiz gazetalar, kitoblar, qutilar, jurnallar va boshqa turdagi qog’oz chiqindilarni qayta ishlash orqali tayyorlanadi. Bu esa nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki ekologik tamondan xam foydali biznesdir.
SKU: n/a