Alyumin folga idish tayyorlash uskunasi

Availability:

Out of stock


Alyumin folgadan oziq-ovqat mahsulotlari uchun idish ishlab chiqaruvchi uskuna — bu avtomatlashtirilgan uskuna bo‘lib, bir martalik ishlatiladigan alyumin idishlarni qolip yordamida yuqori aniqlikda va tezlikda ishlab chiqaradi. Uskuna oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi: pishirilgan mahsulotlar, yarim tayyor ovqatlar va tayyor taomlar uchun idish tayyorlashda ideal yechim hisoblanadi.

Asosiy afzalliklari:

  • Gigiyenik va xavfsiz mahsulot tayyorlash — oziq-ovqat bilan bevosita aloqada bo‘lishga mos materiallar bilan ishlaydi.
  • Avtomatik ishlash 
  • Moslashuvchanlik — turli o‘lcham va shakldagi qoliplarni o‘rnatish mumkin.
  • Energiya samaradorligi va past xizmat ko‘rsatish xarajatlari bilan ajralib turadi.

Mazkur uskuna kichik va o‘rta ishlab chiqarish korxonalari uchun qulay bo‘lib, yuqori unumdorlikni ta’minlaydi.

 

Out of stock

Liniya tarkibidagi uskunalar

  1. Avtomatik xomashyo yetkazish  va moylash uskunasi
  2. Presslash uskunasi
  3. Press qolipi
  4. Taxlash uskunasi

Ishlab chiqarish liniyasi ish tartibi (jarayoni)

  1. Avtomatik xomashyo yetkazish  va moylash:
    Ish jarayoni folga rulonini uskuna ichiga joylashtirishdan boshlanadi. Avtomatik yediruvchi qurilma folgani belgilangan tezlikda uzluksiz tarzda qolip tomon yo‘naltiradi. Shu bosqichda folga maxsus moy bilan qoplanadi, bu esa qolipda silliq shakllanish va uzoq xizmat muddati uchun zarur.

  2. Qolipda shakllantirish:
    Folga press ostiga uzatiladi va bu yerda qolip yordamida aniq shaklga keltiriladi. Ushbu bosqichda idishning o‘lchami, chuqurligi va chetlari shakllanadi. Presslash jarayoni yuqori aniqlik va tezlikda amalga oshiriladi (50–70 dona/min).

  3. Tayyor mahsulotni yig‘ish :
    Shakllangan idishlar avtomatik yig‘ish moslamasi orqali tartib bilan ustma-ust taxlanadi. Bu jarayon mehnat xarajatlarini kamaytiradi va mahsulotni keyingi qadoqlash bosqichiga tayyorlaydi.

Avtomatik xomashyo yetkazish va moylash uskunasi

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Xomashyo material kengligi 900 mm
Xomashyo material qalinligi 0,03 – 0,2 mm
Xomaysho yetkazish tezligi 20 metr/daq
Xomaysho yetkazish uzunligi 0,1 dan 9999 mm gacha
Shakllantirish tezligi 50–70 dona/minut
Umumiy quvvati 1,5 kVt
Og‘irligi 580 kg

 

Qolipda shakllantirish uskunasi

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Kuchlanish 380V
Quvvati 5.5 kw
Slayder yurish masofasi 250 mm
Presslash og’irligi 45 tonna
Forma o‘rnatish balandligi 500 mm
Pastki forma balandligi 250 mm
Ish stoli o‘lchami Chap-o‘ng: 1000 mm, Old-orqa: 1000 mm

 

Press qolipi

Qolip DC53 materialidan tayyorlangan bo‘lib, u uzoq xizmat muddati (yiliga chidamli) va arzon narxi bilan ajralib turadi.

Taxlash uskunasi

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Kuchlanish 220V
Quvvati 0.75 KW
Ishlash tezligi 20 metr/daq
Uskuna o’lchami 2610x1430x1550 mm

 

Based on 0 reviews

0.0 overall
0
0
0
0
0

Be the first to review “Alyumin folga idish tayyorlash uskunasi”

There are no reviews yet.