-5%

Kalbasa va sosiskalar ishlab chiqarish liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Ma’lumki kolbasa va sosiska mahsulotlari doim sevib iste’mol qilinadi. Ularni deyarli har bir oila dasturxonida uchratish mumkin. Ham to’yimli, ham mazali! Ortiqcha “pishir-kuydir”ga ham hojat yo’q! Bu mahsulotga talab tech qachon kamaymaydi. Bu esa kolbasa va sosiska mahsulotlarini bemalol, qo’rqmasdan ishlab chiqarish mumkin degani. Bunday imkoniyatni esa sizga “AFEX Group” kompaniyasi beradi.Shu sababli ham, ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchlar talablarini inobatga olgan holda Ushbu biznesni, yani KOLBASA VA SOSISKA ISHLAB CHIQARISH LINIYASINI sizlarga taqdim etishga qaror qildik. Yana bir narsani unutmang!  Bizning uskunalarda kolbasalar go’shtdan ishlab chiqariladi.

24,000$ 25,200$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Endi esa liniya haqida to’liqroq ma’lumot berib o’tsak. Kolbasa ishlab chiqarish liniyasi quyidagi bosqichlardan va uskunalardan iborat:

1.GO’SHT MAYDALASH USKUNASI

                                                 Go’sht maydalash uskunasi
Ish hajmi(kg) 300-500kg/soat
Umumiy quvvat 5.5 kvt
Tashqi o’lchamlari 950*550*900mm
Og’irligi 190kg

2. QIYMALASH USKUNASI

Ushbu uskunada maydalangan go’sht qaytadan qiymalanadi. Go’shtni maydalashning o’zi yetarli bo’lmaganli sababli, Ushbu bosqichda go’sht yana qiymalanadi va juda mayda qorishma holigan keladi.

                                                 Qiymalash uskunasi
Ish hajmi(kg) 30 kg/bir vaqtda
Umumiy quvvat 4 kvt
Qiymalagichlar soni 3 dona
Tashqi o’lchamlari 1100*830*1080mm
Og’irligi 300kg

3. ARALASHTIRISH USKUNASI

Bilamizki, Kolbasa mahsulotlari faqatgina go’shtdan tayyorlanmaydi. Unga qo’shimcha ravishda tuxum, sut mahsulotlari, ziravorlar kabi yordamchi mahsulotlar qo’shiladi. Ushbu uskunada ularning barchasi aralashtirilib, bir xil massaga keltiriladi.

                                                 Aralashtirish uskunasi
Ish hajmi(kg) 100 kg/bir vaqtda
Umumiy quvvat 2.2 Kvt
Tashqi o’lchamlari 940*700*1160mm
Og’irligi 200 kg

4. IKKI TOMONLAMA KOLBASA (SOSISKA) TO’LDIRIB BERISH USKUNASI

Tayyorlangan qorishma bunker orqali kolbasa qobig’iga to’ldiriladi. Bunda esa bizga yuqoridagi to’ldirish uskunasi yordam beradi.

                                                 Ikki tomonlama kolbasa to’ldirish uskunasi
Bunker sig’imi 30L
Umumiy quvvat 2.2 Kvt
Kolbasa(sosiska) to’ldirish diametri 10-48mm
Tashqi o’lchamlari 1150*700*1680mm
Ish hajmi(kg) 200-300kg/soat

 

 

5. KOLBASA (SOSISKA) BOG’LAB BERISH USKUNASI

Deyarli tayyor bo’lgan kolbasa va sosiska mahsulotlari Bog’lash uskunasi orqali maxsus iplar bilan bog’lanadi.

                                               Kolbasa(sosiska)bog’lash uskunasi
Ish hajmi(kg) 10-100 dasta/bir vaqtda
Umumiy quvvat 1  Kvt
Kolbasa(sosiska) diametri 9-40mm
Tashqi o’lchamlari 1080*520*980mm

6. AVTOMATIK DUDLASH USKUNASI

Va nihoyat so’nggi bosqichda tayyor bo’lgan mahsulotlar dudlash uskunasiga solinadi va u yerda tutun berish orqali dudlanadi. Dudlash muhim jarayonlardan biri bo’lib, ushbu jarayonda mahsulot tarkibida bo’lishi mumkin bo’lgan mikro-organizmlar yo’qotiladi hamda dudlangan mahsulotlarning uzoqroq vaqt saqlanishiga xizmat qiladi.

                                               Avtomatik dudlash uskunasi
Ish hajmi(kg) 100 kg/bir vaqtda
Umumiy quvvat 5 Kvt
Tashqi o’lchamlari 1200*1120*2000mm
Og’irligi 400 kg

                                                                     Liniya narxlari
Go’sht maydalash uskunasi 2 400$
Qiymalash uskunasi 3 600$
Aralashtirish uskunasi 2 900$
Kolbasa to’ldirish uskunasi 3 900$
Bog’lash uskunasi 3 700$
Avtomatik dudlash uskunasi 8 700$
Jami uskunalar narxi(QQSsiz Toshkent shahriga yetib kelishi) 25 200$

 

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Kalbasa va sosiskalar ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish