,

Paxta va kungaboqar yog’i ishlab chiqarish liniyasi (8-10T/sutkasiga xomashyodan)

(1 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda 1 dona mavjud


Yurtimizda yog’ ishlab chiqarishni yangi sifat bosqichiga ko’tarish va ishlab chiqaruvchilarni to’liq siklda ishni tashkil etishlarini nazorat qilish maqsadida Prezidentimizning PF-6094 27.10.2020 sonli farmoni e’lon qilindi. Undagi asosiy o’zgarishni quyidagicha:

 

109,000$

Omborda 1 dona mavjud

“paxta texnik chigiti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar paxta texnik chigitini to‘liq texnologik sikl (mag‘izni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash sexlari)da qayta ishlab olingan tayyor mahsulotlar uchun tegishli gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarga. Bunda, tayyor paxta moyi ishlab chiqarishga gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlarini olish uchun paxta texnik chigiti tuman yoki shahar hokimining foydalanishga topshirish dalolatnomasi asosida mulkchilik shaklidan qat’i nazar mahalliy korxonalarga 5 tonnagacha hajmda sotiladi, sotib olingan paxta texnik chigitini qayta sotish esa faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning paxta texnik chigitini to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.

Shundan kelib chiqqan holda bizning kompaniyamizga ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda. Siz tadbirkorlarni manfaatlarini o’ylagan holda jamoamiz bilan maxsus buyurtma asosida Xitoy zavodlarida tayyorlangan to’liq siklda ishlovchi ixcham liniyani tavsiya etmoqdamiz.

MAHSULOT YETKAZIB BERUVCHI ELEVATOR  (4 dona)

Elevatorlarning asosiy vazifasi mahsulotni bir bosqichdan boshqa bosqichga yetkazishdir. Elevator balandligini sizning binongiz balandligi bilan moslashtirish mumkin. Biz sizga taklif qiladigan liniya uchun 4 dona elevator zarur bo’ladi. Mijoz talabiga ko’ra elevatorni shnekli elevatorga ham almashtirish mumkin.

CHIGITNI DISKLI CHAQIB BERISH USKUNASI

Chigitdan yog’ olish uchun qo’yilgan talabga ko’ra uni avval chaqib olish zarur bo’ladi. Chaqish uchun diskli chaqish uskunasidan foydalaniladi. Chaqilgan mahsulot chigit po’sti (shulxa) va mag’ziga ajratib olish uchun keyingi bosqich ya’ni aylana elakka o’tqiziladi.

Chigitni diskli chaqib berish uskunasi
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Model DCM500
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380V
Elektr energiya sarfi 7,5kw/soat
Og’irligi 110kg
Xomashyo Chigit
O’lchami 1300*600*1200mm
Material CR38metall
Ishlash tezligi sutkasiga 450-500kg/soat chigit

 

CHIGITNI PO’STINI (SHULXA) VA MAG’ZINI AJRATIB BERUVCHI 2 BOSQICHLI SEPARATOR

Chaqib beruvchi uskunadan chiqqan chigit magzidan ajratib olish uchun maxsus 2 bosqichli elash jarayonidan o’tadi. Ushbu uskuna chigit mag’zini 93-97 foizgacha ajratib bera oladi. Bu siz ishlatadigan chigitning tuklilik darjasiga bog’liq. Uskunada 2 ta chiqish joyi bo’lib biridan chigit po’sti ya’ni shulxa hamda 2 chisidan chigit mag’zi chiqadi. Chigit mag’zi keyingi bosqichga o’tadi.

Chigit po’stini(shulxa) va mag’zini ajratib beruvchi 2 bosqichli separator
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Model AFX Separator 500mm
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380 V 50hz
Elektr energiya sarfi 11kw/soat
Og’irligi 940kg
Ishlash quvvati 800-1000 kg soat
O’lchami 1200*900*1600mm
Material Karbon metall

 

CHIGIT MAG’ZINI YANCHIB BERISH USKUNASI

Chigit mag’zini yanchish uskunasi chigitni maydalab beradi. Bunda chigitdan yog’ ajralib chiqishi osonlashadi. Chigit mag’zi ikkita silliq val orasidan o’tib, yoyib beriladi. Sizga kerakli hajmga qadar siqish imkoniyati mavjud.

Chigit mag’zini yanchib berish uskunasi
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Model AFX FLAKER 500mm
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380V 50hz
Elektr energiya sarfi 11kw/soat
Og’irligi 940kg
Ishlash quvvati 800-1000kg soat
O’lchami 1200*900*1600mm
Material Karbon metall

 

CHIGIT MAG’ZIGA GIDROTERMIK ISHLOV BERISH USKUNASI (3 Bo’lmali)

Chigit mag’ziga gidrotermik ishlov berish uskunasi( 3 bo’lmali)
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Model AFX COOKER 3 P
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380V50hz
Elektr energiya sarfi 3 kw/soat
Og’irligi 1140kg
Par bosimi 10BAR(1Mpa 100 kg/soat_
O’lchami 1200*1200*2400mm
Material Karbon metal
Qizdirish usuli Par yordamida

 

YOG’ OLISH UCHUN MAXSUS PRESS (AX-130M)

Press uskunasi sizning mahsulotingizdan yog’ siqib olish uchun ishlatiladi. O’rtacha yog’ ning yemda qoldiq miqdori 5-5,5% ni tashkil qiladi. Masalan chigitdan yog’ni olish foizi 16% gacha tashkil qilinadi. Uskuna komplektida zavodda ishlab chiqarilgan maxsus 22kw lik mator bilan jihozlangan.

Yog’ olish uchun maxsus shnekli press(M130)
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Model 6YL-130
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380V
Elektr energiya sarfi 18,5 Kw/soat
Og’irligi 580 kg
Xomashyo Chigit,kungaboqar pistasi,kunjut,masxar va boshqa dukkakli mahsulotlar
Ishlay olish harorat oralig’i 20C-150C
O’lchami 1710*700*1650
Material CR38 metall
Elektrodvigatel 18,5 kw 1500 rpm xaridor tomonidan alohida olinadi
Ishlash tezligi sutkasiga 8 T chigit

 

EKSTRAKTSIYALASH USKUNASI

Yog’ presslash uskunasidan yog’ va kunjara chiqadi. Kunjarada qolgan 5-6% miqdoridagi yog’ni olish uchun ekstraksiyalash uskunasi ishlatiladi. Ekstraksiyalash jarayoni Geksan yoki Etanol 95% li yordamida eritiladi. Mitselladan yog’ qizidirish va vakuum yordamida olinadi. Hosil bo’lgan shrotda 0,5-1% miqdorida yog’ qoladi. Ekstraksiya jarayoni Etil spirti yordamida bajarilgani uchun undan olingan yog’ni rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash orqali iste’mol qilish mumkin. Etil spirti yog’ tarkibidan tez va to’liq uchib ketadi. Uskuna to’liq portlashga qarshi shitlar va matorlar bilan jihozlangan. Ekstraksiyalash uskunasi uchun xaridor tomonidan qilinishi lozim bo’lgan ishlar:

  • Erituvchi (Geksan yoi Etanol 95% dan yuqori) saqlash uchun idish va montaj trubalari
  • Sovutish uchun suv va kondensatsiyalash uchun sovutish minorasi yoki chiller
  • Suv uchun nasos
  • Beton konstruksiya va alohida ishlar uchun talab asosida maxsus joy

Extraksiya va konsentratsiyalash uskunasi
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Model AX-3000
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380V50hz
Elektr energiya sarfi 5,5 kw/soat
Og’irligi 140kg
Par bosimi 10 Bar(1 Mpa 200kg/soat)
O’lchami 5000*700*2400mm
Material SUS304 zanglamas metal
Erituvchi Etanol95%,Geksan,Ekstraksiya benzini

 

YOG’ UCHUN PLASTINKALI RAMALI FILTR (350 model)

Yog’ filtrlash uskunasi
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Model TD-26
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380V
Elektr energiya sarfi 1,5kw/soat
Og’irligi 160kg
Xomashyo Paxta yog’I,kungaboqar yog’I,kunjut yog’I,masxar va boshqa dukkakli mahsulotlar yog’lari uchun
Ishlay olish harorat oralig’i 20C-70C
O’lchami 1200*800*1050
Material CR38 metall
Elektrodvigatel 1,5kw 1500rpm qo’shib beriladi
Ishlash tezligi 300-350L/soat

 

MAXSUS NASOS (3 dona)

Maxsus nasoslar yog’ni filtrdan chiqqach keyingi bosqichga va undan so’ng qadoqlash uchun transportirovka qilish maqsadida ishlatiladi. Ushbu nasoslar 380v 50 hz kuchlanishda ishlaydi va quvvat sarfi 3kw/soat ni tashkil qiladi.

YOG’ RAFINATSIYALASH,NEYTRALIZATOR, OQARTIRISH VA DEZODORATSIYALASH USKUNASI GL-2000

Rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash jarayonlari bu yog’ning sifatini belgilab beruvchi asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. quyida sizlaga uskuna qanday qismlardan tashkil topganligi va vazifasini qisqacha tushuntirib o’tamiz

  1. Rafinatsiyalash tankeri- issiq suv yordamida yog’ni degumminizatsiya qilish uchun
  2. Dioksidlash Neytralizator tankeri- Ishqor yordamida neytrallashtirish uchun
  3. Oqartirish tankeri- qum yordamida chokindilardan tozalash, rangini oqartirish
  4. Filter- yog’dagi cho’kindi mahsulotlarni o’zida ushlab qoladi
  5. Dezodoratsiya tankeri- Yog’dagi noxush hidni yo’qotadi
  6. Parogenerator- dezodoratsiya jarayoni uchun tankerni qizdirish uchun
  7. Filtr- istemolga chiqishdan oldingi so’nggi filtratsiya uchun
  8. Katcher- zararli moddalarni tutib qolish uchun
  9. Issiq suv va ishqor uchun tanker
  10. Oqartirish xomashyosi va qoldiq mahsulot uchun tanker
  11. Nasos-filtrdan oqartirish tankeriga o’tkazish uchun
  12. Vakuumli nasos- Tankerda vakuum holatini hosil qilish uchun
  13. Boshqaruv paneli
  14. Nazoratni osonlashtirish uchun zinapoyalar va platforma

Yog’ rafinatsiyalash,neytralizator,oqartirish va dezodoratsiylash uskunasi GL-2000
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Model GL-2000
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380V
Elektr energiya sarfi 54kw/soat(Parogenerator bilan birga)
Og’irligi 1180kg
Xomashyo Chigit,kungaboqar,kunjut yoki soya yog’i
O’lchami 6000*1500*2400mm
Material SUS304 zanglamas metal
Ishlash tezligi sutkasiga 2000L gachayog’ni qayta ishlay oladi

 

Yog’ni UF sterillash uskunasi

Qadoqlashdan oldin yog’ni sterillash maqsadga muvofiq. Sovutilgan holatda qadoqlashdan oldin sterillash qismdan o’tgan holatda qadoqlash uskunasiga yo’naltiriladi.

Yog’ni UF sterillash uskunasi
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220v 50hz
Quvvat sarfi 500w/soat
Material 304 SS zanglamas metal
Og’irligi 30 kg
Ishlab chiqarish hajmi 500L/soat
Ishlash temperaturasi 5-60C

 

YOG’ UCHUN MINI LABARATORIYA USKUNASI

Har kunlik mahsulotni qadoqlashga qadar uni sifat nazoratidan o’tkazish talab etiladi. Bunday holatda tadbirkorlarimizning yuqori sifatli mahsulot chiqarish ehtimoli yuqori bo’ladi.

 

YOG’ QADOQLASH UCHUN PET IDISHLAR ISHLAB CHIQARISH USKUNASI

PET idishlar paxta yog’i va kungaboqar yog’i uchun asosiy qadoqlash mahsuloti bo’lib qolmoqda. PET idishlarni ishlab chiqarish uchun sizga PET kapsula kerak bo’ladi, uni esa yurtimizning turli hududlaridan topish mumkin.

Pet idishlar ishlab chiqarish uskunasi
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 380v50hz
Quvvat sarfi 14kw/soat
Material Carbon metal
Og’irligi 1100kg
Pet idish o’lchami Max 2L MIN 0,33L
Ishlash tezligi 800-1000 dona/soat
O’lchami 1630*620*1590mm/750 kg
Kapsula qizdirish uskunasi 1780*570*1380mm/350kg
Qo’shimcha qismlar Havo kompressori,1 dona qolip,havo filtri

 

YUQORI BOSIMLI MAXSUS KOMPRESSOR

Yuqori bosimli maxsus compressor
Ishla chiqaruvchi Xitoy
Model CWM-1,2/30YQH
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380V50hz
Elektr energiya sarfi 15Kw/soat
Og’irligi 640 kg
Havo bosimi 30Bar(3Mpa)
O’lchami 2000*1100*1600mm
Material Carbon metal
Havo berish oqimi 1,2 m3/min

 

YOG’ IDISHGA TO’LDIRISH VA QOPQOQ YOPISH USKUNASI

Baklashkalar tayyor bo’lgach ularni yog’ bilan to’dirib, qapqoq yopilib tayyor mahsulot ko’rinishiga keltiriladi. Uskuna 1l-dan 5L gacha idishlarga quyib bera oladi

Yog’ idishga to’ldirish va qopqoq yopish uskunasi
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220v 50 hz
Quvvat sarfi 500w/soat
Material SS304 zanglamas metal
Og’irligi 280kg
Quyish o’lchami 1L-5L
Ishlash tezligi 100-300 dona/soat
O’lchami 600*598*1300mm
Kapsula qizdirish uskunasi 1780*570*1380mm
Qo’shimcha qismlar Havo kompressori

 

PARAGENERATOR (BUG’ QOZONI)

Bug’ qozoni asosan Ekstraksiya uskunasi hamda chigit mag’ziga gidrotermik ishlov berish uskunasi uchun bug’ yetkazib beradi.

Paragenerator(bug’ qozoni)
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Model JYV-
Energiya turi Elektr
Kuchlanish 380V50hz
Elektr energiya sarfi 36kw/soat
Og’irligi 140kg
Par bosimi 10BAR(1 Mpa)
O’lchami 1000*700*1400mm
Material Carbon metall

1 Izoh qoldirilgan

5.0 umumiy reyting
1
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Sardor

    Aynan shunaqa to’liq liniya kerak edi. Rahmat AFEX GROUP kompaniyasiga

    Sardor

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish