Oshxona gubkasini tayyorlash-bu bosqichma-bosqich,texnologik jihatdan murakkab bo’lmagan jarayon. Siz ushbu mahsulotni uy sharoitida ishlab chiqarsangiz xam bo’ladi. Asosiy komponent kerakli qalinlikdagi abraziv sintetik tola va mayda yoki yirik ko’pikli porolon. Biz sizlarga tavsiya etayotgan mahsulot,porolon tozalash vositasi bilan o’zaro aloqada bo’lganda ko’pikni chiqaradi va abraziv tolalar tozalaydi. Bu idishlarni tozalashda eng samarali yo’l xisoblanadi. Kundalik xayotimizda bu mahsulotni sotib olishda ko’p xam sifat darajasida e’tibor bermaymiz. Mahsulot sifatliligi vaqtingizni va suv isrofini tejaydi.
Sifatli mahsulot ishlab chiqarishda biz sizlarga, yaroqlilik darajasi va tashqi dizayni chiroyli ko’rinishiga ega sintetik tolali gubkalarni ishlab chiqarish texnologiyalarni taklif etamiz.
Mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishib chiqsak.
Bizga kerakli uskunalar.
1)Neylon mato to’qish mashinasi.
2)Porolonni matoga solish uskunasi.
3)Ultra tovushli kesish uskunasi.
4)Havo kompressori
1)Neylon mato to’qish mashinasi.
Bu mashina yordamida siz simli va sintetik abraziv tolalar to’qishingiz mumkin. Matoga turli xil ko’rinishdagi bezaklar va naqshinkor gullar to’qishingiz mumkin. Ushbu to’quv mashinasi bir soat mobaynida 17-20 metr tayyor mato to’qish imkoniyatiga ega. To’qilgan mato diametiri 102mm tashkil etadi. Gubkalarni doimiy ishlab chiqarish uchun, yuqori darajadagi avtomatik, sensorli ekranda boshqarish, matolarni to’qish uchun 10 xil turdagi formulalarni saqlashi va istalgan vaqtda formulani sozlashi mumkin.
⚠️Eslatma; Ishlab chiqarish xajmini oshirish maqsadida qo’shimcha to’quv mashinalar sotib olishingiz mumkin. Bu esa boshqa uskunalar ishlab chiqarish quvvatiga noqulaylik tug’dirmaydi.
To’quv mashinasi yordamida tayyor bo’lgan matolarni keyingi uskunaga yuboramiz.
2)Porolonni matoga solish uskunasi.
Porolonni matoga solish-bu bosqich qo’l mehnatiga qaraganda texnologik jihatdan murakkab bo’lmagan ammo samaradorligi yuqori uskuna yordamida bajariladi. Uskuna o’lchamlarda kesilgan porolonlarni mato ichiga joylab beradi.
⚠️Eslatma; Ushbu uskuna pnevmatik ishlash mexanizimiga asoslangan yani kompressor yordamida ishlaydi. Ushbu uskunani elektr toki bilan ishlaydigan turlari mavjud, agarda siz elektr toki bilan ishlaydigan turdagisini sotib olishni istasangiz bu o’z navbatida umumiy ko’rsatilgan summadan 1000$ arzon xisoblanadi.
Uskuna yordamida tayyor bo’lgan yarim tayyor mahsulotlarni keyingi uskunaga yuboramiz.
3)Ultra tovushli kesish uskunasi.
Uskuna gubkalarni avtomatik ravishda o’lchamlarda payvandlab so’ng kesib beradi. Kompyuter boshqarish tizimi yordamida siz kerakli o’lchamlarda mahsulot ishlab chiqarishingiz mumkin. Tayyor bolgan mahsulotni 3-5 tagacha bo’lgan to’plamni, korxonangiz nomi bilan bo’glangan bog’ichlarda bozor va do’kon rastalariga sotuvga chiqarishingiz mumkin.
4)Havo kompressori.
Havo kompressori; Porolonni matoga solish uskunasi va ultratovushli kesish uskunasiga yordamchi qurilma xisoblanadi.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!