Muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasi AF-L017

(1 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Chuchvara (pelmeni) xalqimiz tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mahsulotlardan sanaladi. Har bir xonadonda tayyorlanadigan chuchvara oilaning barcha a’zolariga birdek manzur bo’ladi. Zamonamiz rivojlangani sayin yurtimizda urbanizatsiya darajasi yuqori suratlarda o’sib bormoqda. Shaharda istiqomad qiluvchi oilalarning aksariyat qismini vaqt muammosi qiynaydi. Sizga ma’lumki chuchvara tayyorlash bekalarimiz uchun oddiy taom sanalmaydi va uni tayyorlash boshqa ovqatlarga nisbatan ko’proq vaqt talab etadi. Shu sababdan so’nggi yillarda yurtimizda pishirish uchun tayyor taomlarimiz savdosi anchagina o’sgan. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda sizlarga bugun AFEX-GROUP LLC kompaniyasi muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildi. Albatta sizlarga tavsiya etiladigan uskunalarimizni tanlashda bizga kelib tushadigan murojaatlarni inobatga olgan holda taqdim etamiz.

24,900$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Chuchvara tayyorlash uchun ishni dastlab yaxshilab elab olingan undan xamir tayyorlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Biz sizlarga yuqori intellektual boshqaruv tizimiga ega bo’lgan, PLC boshqaruvli xamir qorish uskunalarini keng assortimentda taqdim eta olamiz. Bu ishlar sizga kelgusida mahsulotingiz sifatli chiqishi, xamirning sifatli qorilishiga olib keladi.

XAMIR QORISH USKUNASI

Xamir qorish uskunasi 60L

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220V 50Hz
Tezlik boshqaruvi 2 bosqichda
Quvvat sarfi 3kw/soat
Sig’imi 60L
Qozon materiali SS308 zanglamas metal
Xamir qorish tezligi 12 daqiqa
Un sig’imi 25kg
XAmir sig’imi 35 kg
O’lchami 910x570x1090mm
Og’irligi 180kg

GO’SHT QIYMALASH USKUNASI

Chuchvara ichiga siz xaridor talabidan kelib chiqib: qovoqdan, rayhondan va go’shtdan tayyorlashingiz mumkin. Bunda sizga go’sht qiymalagich lozim bo’ladi. Sizga taqdim qiladigan go’sht qiymalagich yordamida siz parrak qilib yoki qiymalangan holatda chiqarish imkoniga egasiz.

Go’sht qiymalash uskunasi

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220V 50 Hz
Quvvat sarfi 1,5kw/soat
Tezligi 1400r/daqiqa
O’lchami 554x382x740mm
Og’irligi 45kg
Qiymalash hajmi 2000kg/soat

QIYMA UCHUN MIKSER USKUNASI

Qiyma uchun kerakli bo’lgan ziravorlar va boshqa qo’shimchalar bilan yaxshilab aralashtirilishi lozim. Bu jarayonni esa to’la zanglamas metalldan ishlangan quyidagi uskuna yordamida bajaramiz.

Qiyma uchun mikser uskunasi

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220v 50 Hz
Quvvat sarfi 1,5kw/soat
Tezligi 750r/daqiqa
O’lchami 870x520x830mm
Og’irligi 130 kg
Hajmi 60L

CHUCHVARA FORMALASH USKUNASI

Tayyor bo’lgan xamir hamda yaxshilab aralashtirib tayyorlangan qiymani formalash uskunasiga joylaymiz. Xaridor chuchvara shaklini va uning o’lchamini buyurtma vaqtida tanlaydi. Bir dona chuchvara o’rtacha og’irligi 8-10gr ni tashkil qiladi. Agar xaridorlar Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan formalash uskunasini xarid qilish istagida bo’lsalar, biz Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan uskunalarni ham olib kelish imkoniga egamiz.

Chuchvara formalash uskunasi
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220V/380V 50Hz
Quvvat sarfi 1,5kw/soat
Tezligi 4800-6000 dona/soat
Uskuna o’lchami 1100x530x1000mm
Og’irligi 190kg
Hajmi 60L
Qoliplar soni 2 xil
Qo’shimcha qolip buyurtma qilish Mumkin (qolip shakliga ko’ra narxlanadi)

SHOK MUZLATISH USKUNASI

Ushbu uskuna ko’pchilikka notanish bo’lishi mumkin, lekin sizning mahsulotingiz sifatini belgilovchi asosiy uskunalardan biri sanaladi. Uskunaning vazifasi siz unga joylagan chuchvaralarni tez fursatda -40C gacha muzlatib berishdan iborat. Tezda muzlatilgan holatda mahsulot o’z shaklini va uni ichidagi foydali mikroelementlarni yo’qotmaydi.

Shok Muzlatish uskunasi

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220V 50Hz
Quvvat sarfi 1,8kw/soat
Temperatura -35;  -40C
Uskuna o’lchami 840x850x1660mm
Og’irligi 150kg
Podnoslar soni 10 dona
Freon turi R404a
Ishlatilish sohasi Meva, sabzavotlar, baliq, go’sht mahsulotlari, chuchvara, manti ba boshqa shu turdagi mahsulotlar

AZOT GAZLI QADOQLASH USKUNASI

Mahsulotingizni shok muzlatgichdan olgach uni qadolash lozim bo’ladi. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar avval qadoqlab keyin muzlatish lozim deb hisoblaydi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, muzlatmasdan qadoqlansa uni shakli deformatsiyaga uchraydi va xaridorlaringiz ishonchini yo’qolishiga olib kelinishi mumkin.

Azot gazi bilan qadoqlash uskunasi

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Kuchlanish 220V 50Hz
Quvvat sarfi 1,4kw/soat
Dazmollash tezligi 0-12m/daqiqa
O’lchami 1020x480x1065mm
Og’irligi 84kg
Plyonka maksimal qalinligi 0.08mm
Gaz turi Azot
Ishlatilish sohasi Havoni so’rib, azot gazi bilan to’ldiradi va qadoqlaydi. Oziq ovqat mahsulotlarini uzoq vaqt sifatli saqlanishiga olib keladi

 

1 Izoh qoldirilgan

5.0 umumiy reyting
1
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Jabborov Olmos Asror O`g`li

    salom ushbu uskunalaringizni narxini biroz azon qilolmay sizlarmi

    Jabborov Olmos Asror O`g`li

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish