AFEX
Oziq ovqatTovar kodi: 618e5b3723e4106d561e6692

Vafli ishlab chiqarish liniyasi

O`zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab tobora ortib bormoqda.

Individual taklif
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

O`zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab tobora ortib bormoqda. Bunga sabab qilib aholi sonining oshishi va aholi daromadlarining ko`payishini sabab qilib ko`rsatishimiz mumkin. Shu o`rinda ham bozorda takliflar ko`paygani sari raqobat darajasi ham qiyinlashib bormoqda. O`zbekiston bozorlarida pishiriqlar va shirinliklarga bo`lgan talab ham yuqoriligicha qolmoqda. AFEX-GROUP ham o`z navbatida oziq-ovqat sohasida keng ko`lamli uskunalarni taklif qiladi. Bu safargi uskunalar yordamida vafli ishlab chiqarishni yo`lga qo`yamiz.

Umumiy ma`lumotlar

Ishlab chiqarish sig`imi: 2500 kg/sutka Umumiy quvvati: 120 KW Kuchlanish: 380V, 50Hz Umumiy liniya og`irligi: 12 tonna Ishchilar soni: 4-5 ta Umumiy maydon: 18*8*4 (uzunligi*kengligi*balandligi)

Uskunalar ro`yxati

A. Pishirish pechi B. Sovutish uskunasi C. Qavatlarni terish uskunasi D. Krem yoyish uskunasi E. Vertikal sovutish qismi F. Kesish uskunasi G. Vaflilarni ajratish-sindirish uskunasi H. Xamir uchun mikser I. Krem uchun mikser Keling endi uskunalarning texnik parametrlari va ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib chiqsak.

Mikser

Ishlab chiqarish jarayonini eng avval mikser bilan boshlaymiz. Mikserda avtomatik yetkazib berish va aralashtirib berish tizimlari mavjud. Uskuna xalqaro standardlarga javob beruvchi metallardan tuzilgan va 1,2 mm SUS 304 zanglamas metalidan foydalanilgan.

Krem mikser

Krem mikser retseptga ko'ra shakar, sariyog' va boshqa mahsulotlarni aralashtirib beradi. Uskuna xalqaro standardlarga javob beruvchi metallardan tuzilgan va SUS 304 zanglamas metalidan foydalanilgan.

Elektr pech

Pech, albatta, bu liniyaning eng asosiy uskunasidir. Pechning yuqori sifatga ega ekanligi yakuniy mahsulotlarning sifatli chiqishida salmoqli o`ringa ega. Elektr pech esa quyidagi xususiyatlarga ega:
  1. Pechning barcha qismlarida qizitish konturlari bor. Shu sababli ham pechning barcha qismlari bir maromda qiziydi. Sifatli metalldan foydalanilgani tufayli uskuna issiqlikni yaxshi saqlab turadi.
  2. Kichik hajm. Uskuna bozordagi pechlardan ancha katta farq qiladi, xususan hajmi bo`yicha ham. Ixcham o`lchami talab etilgan harorat va sifatni chiqarib bera oladi.

Sovutish konveyori

Ushbu konveyor lentaning vazifasi vaflilarni sovutib berishdan iborat. Ishlash jarayonini quyidagi videoda ko`rib chiqsangiz bo`ladi.

Krem yoyish uskunasi

Har bir listning ustiga tayyorlab olgan kremlarimizni yoyib chiqamiz.

Konveyor lenta

Uskuna vaflilarni keyingi sovutish va kesish uskunalariga yetkazib beradi. O`lchamlari: 1150*700*950 mm.

Kesish uskunasi

Uskuna barcha talab etilgan o`lchamlarda hech qanday qiyinchiliklarsiz kesib bera oladi.

Maydalash uskunasi

Vaflilarni kesganimizda uvoqlar va ortiqcha qismlar hosil bo`ladi. Uskuna shularni maydalab yana foydalanish uchun yaroqli qilib beradi.

Qadoqlash uskunasi

Qadoqlash yordamida tayyor bo`lgan mahsulotlarimizni sotuvga tayyorlab olamiz. Uskunada turli xildagi plyonkalardan foydalanishimiz mumkin. Paket o`lchamlarini ham o`zgartirish mumkin.
AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaVafli ishlab chiqarish liniyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish