AFEX-GROUP kompaniyasi a`zolari esa qadrli mijozlarimizga navbatdagi katta loyihalardan bo`lgan issiqxona plyonkasi ishlab chiqarish liniyasini taqdim qiladi. Umumiy liniya yordamida tez va sifatli plyonkalarni ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lasiz.
Umumiy ma`lumotlar
Xom-ashyolar: LDPE, LLDPE, EVA va boshqa aralash materiallar
Maks plyonka kengligi: 12000 mm
Qavatlar soni: 3 qavat
Plyonka qalinligi: 0.08-0,12 mm
Ishlab chiqarish sig`imi: 800 kg/soat
Kuchlanish: 380V ±5%—10%
Umumiy quvvati: 900 kw
Liniya umumiy o`lchamlari: 18*11*22 metr (uzunligi*kengligi*balandligi)
Suv harorati: 5-10°C
Suv hajmi: 150 L/min
Uskunalar ro`yxati
Ishlab chiqarish liniyasi quyidagi asosiy 7 ta qismlardan tashkil topgan:
- SJ-135/30 ekstruder tizimi
- SJ-120/30 ekstruder tizimi
- Filtrlash tizimi
- Uch bosqichli qoliplar tizimi
- Sovutish tizimi
- O`rab berish tizimi
- Elektron boshqaruv tizimi
Ishlab chiqarish jarayoni
Demak, ishlab chiqarish jarayonida kerak bo`lgan uskunalarning vazifalarini va texnik ko`rsatkichlari bilan tanishib chiqsak ham bo`ladi.
Ekstruder tizimi
SJ-135/30 ekstruder
Liniya tarkibidagi eng muhim uskunalar bu, albatta, ekstruder uskunalaridir. Ushbu uskunalarning vazifasi xom-ashyolarni eritib, paket qilib chiqarib berishdan iborat. Jarayonlar ikki bosqichda amalga oshadi, ya`ni ikki bosqichli ekstruder tizimi. Ekstruder esa o`z navbatida shneklar, barrellar va reduktsion qutidan iborat bo`ladi. Bu asosiy qismlar jarayonning stabilligi va davomiyligini ta`minlab beradi.
Shneklar
Shneklar | |
Diametri | F 135mm |
L/D nisbati | 30:1 |
Material | 38 CrMoALA |
Nitridlash qalinligi | 0,5-0,75mm |
Barrellar
Shneklar | |
Diametri | F 135mm |
L/D nisbati | 30:1 |
Material | 38 CrMoALA |
Nitridlash qalinligi | 0,5-0,75mm |
Reduktor
Reduktsion qutining vazifasi ekstruderlarga kirayotgan xom-ashyo miqdorini nazorat qilib turish va kerakli ekstruder uskunasiga kerak bo`lgan bosimni ta`minlab berishdan iborat.
Reduktsion quti | |
Material | Qorishma po’lat 20CrMnTi |
Sovutish turi | Suv aylantirish orqali |
Motor quvvati | 185KW |
SJ-120/30 Ekstruder
Keyingi jarayonlar ikkinchi bosqich ekstruderda davom etadi.
Shneklar | |
Diametri | F 120mm |
L/D nisbat | 30:1 |
Material | 38CrMoALA |
Nitridlash turi | HV 700-940 |
Nitridlash qalinligi | 0,5-0,75mm |
Barrellar
Barrellar | |
Diametri | F120mm |
L/D nisbat | 30:1 |
Materiali | 38:CrMoALA |
Nitridlash turi | HV 700-940 |
Nitridlash qalinligi | 0,5-0,75mm |
Reduktor
Reduktsion quti | |
Material | Qorishma po’lat 20CrMnTi |
Sovutish turi | Suv aylantirish orqali |
Motor quvvati | 160kw |
Filtr tizimi
Material sifatini va mahsulot chidamliligini oshirish uchun erigan xom-ashyolarni filtrdan o`tkazib olish kerak bo`ladi. Bu keyinchalik ishlab chiqarish jarayonida vaqt va energiyani tejashga yordam beradi. Uskunada silindr yoki gidravlik filtr qo`llash mumkin. Bunday turdagi filtrlarni topish muammo tug`dirmaydi.
Uch qavatli qoliplar
Qoliplar asosan plyonka parametrlarini o`zgartirish uchun kerak bo`ladi. Qoliplar yordamida plyonka qalinligi va o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Qoliplarning uch bosqichda ishlashi esa mahsulotning yuqori sifatini ta`minlab beradi.
Uch qavatli qoliplar | |
Qoliplar turi | Uch qavatli spiral |
Qoliplar oralig’i | 2mm |
Diametri | 1500mm |
Metall | 42CrMo qizdirilgan po’lat |
Harorat boshqaruvi | Boshqaruv punkti orqali |
Sovutish tizimi
Ushbu liniyada ikki xil sovutish tizimidan iborat: ichki va tashqi. Tashqi sovutish tizimi diskli uzukdan iborat.
Ichki sovutish tizimi esa liniya tarkibidagi barcha uskunalar bilan tizimli bog`langan. Uskunalardagi barcha ventilatsiya uskunalari esa umumiy hisobda 30 KW elektr quvvatini ishlatadi. Buni quyidagi videolarda ko`rib chiqsak bo`ladi.
O`lchab berish tizimi
Navbatdagi bosqichda esa tayyor bo`lgan mahsulotlarni kerakli uzunlikda o`lchab va uni kesib olishimiz kerak bo`ladi. Bu vazifani esa kesuvchi roliklar bajaradi.
O’lchab-kesuvchi rolik | |
Rolik o’lchami | F 260*3500mm |
Metall | NBR rabber |
Motor quvvati | 5,5kw |
Maks tezligi | 35m/min |
O`rab berish tizimi
Ishlab chiqarish jarayoning eng so`nggi bosqichida esa tayyor mahsulotlarni o`rab olamiz. Bu maxsus o`ram uskuna yordamida bajariladi.
O’rab beruvchi uskuna | |
O’rash turi | 2 markazli o’rash |
Tezligi | Maks 25m/min |
Maks rulon diametric | F 300mm |
Metall | 38CrMoALA |
Ishlash jarayonidan video lavha
Narxlar
Narxlar | |
SJ-135/30 ekstruder tizimi |
$ 370 000 |
Sj-120/30 ekstruder tizimi | |
Filtrlash tizimi | |
Uch bosqichli qoliplar tizimi | |
Sovutish tizimi | |
O’rab berish tizimi | |
Elektron boshqaruv tizimi | |
Logistika xarajatlari(7 ta konteyner) | $18500*7=$129500 |
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!