Umumiy ma`lumotlar
- Sement ishlab chiqarish turi: Quruq
- Ishlab chiqarish markalari: PC/M 400/500/600
- Ishlab chiqarish hajmi: 150 tonna/kun
- Xom-ashyo: ohaktosh, gil, temir rudasi, gips, kvarts qumi, tabiiy gaz va qo’shimcha materiallar
- Ishchilar soni: 50ta bitta smena uchun
Uskunalar to`plami
- Xom-ashyolarni maydalash
- Xom-ashyolarni saqlash va yetkazib berish
- Xom-ashyolarni maydalash(kukun)
- Klinkerni qizitish va sovutish
- Sementni dozalash
- Sementni maydalash va qadoqlash
- Laboratoriya
- Past kuchlanishli elektr kabinet
Demak, bizga kerakli uskunalar ro`yxati va umumiy ma`lumotlar bilan tanishib chiqdik. Endi navbat, ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichma-bosqich ko`rib chiqsak ham bo`ladi.
Xom-ashyolarni maydalash
Bilamizki, sement uchun eng asosiy xom-ashyo bu ohaktoshdir. Ishlab chiqarish jarayonini ,albatta, xom-ashyoni tayyorlab olishdan boshlaymiz, ya`ni maydalaymiz. Buning uchun bizga quyidagi uskunalar to`plami kerak bo`ladi
| Maydalash | |||
| Nomi | Samaradorlik | Miqdori | Quvvati |
| Vibratsiya uskunasi | 60-80 tonna/soat | 2 ta | 2,2 kwt |
| Ohaktosh maydalash uskunasi | 40-110 tonna/soat | 1 ta | 55 kwt |
| Gil maydalash uskunasi | 18-40 tonna/soat | 1 ta | 55kwt |
| Konveyr | 80-100tonna | 3 ta | 15 kwt |
Xom-ashyoni saqlash va yetkazish
Demak, xom-ashyolarni kerakli o`lchamda maydalab oldik. Navbatdagi vazifa esa ularni ma`lum joyda saqlash va keyingi uskunalarga yetkazib berishdir.
| Yetkazib berish uskunalari | |||
| Nomi | Samaradorlik | Miqdori | Quvvati |
| Ohaktosh yetkazib berish uskunasi | 50 tonna/soat | 1 ta | 37kw |
| Ohaktosh vintli klapani | 10-30 tonna/soat | 1 ta | |
| Ohaktosh lentali dozatori | 2-10 tonna/soat | 1 ta | 1,1kw |
| Gil yetkazib berish uskunasi | 25-35 tonna/soat | 1 ta | 15 kw |
| Gil vintli klapani | 10-30 tonna/soat | 1 ta | |
| Gil lentali dozatori | 2-10 tonna/soat | 1 ta | 1,1kw |
| Temir kukuni vintli klapani | 10-30 tonna/soat | 1 ta | |
| Temir kukunli lentali dozatori | 2-10 tonna/soat | 1 ta | 1,1 kw |
| Lentali konveyr | 30-50 tonna/soat | 1 ta | 5,5kw |
Shu o`rinda bir ma`lumotni eslatib o`tish lozim. Yuqoridagi uskunalar faqatgina xom-ashyolarni yetkazib beradi. Xom-ashyo uchun ombor, joyni yaratish xaridorning vazifasiga kiradi.
Xom-ashyolarni maydalash
Eng birinchi bosqichda xom-ashyolar katta qismlardan kichkina qismlarga maydalangan edi. Bu safargi maydalashda esa o`sha qismlar endi kukun holiga keltiriladi.
Uskunalarni quyidagi suratlarda ko`rishingiz mumkin:
| Maydalash uskunalari | |||
| Nomi | Samaradorlik | Miqdori | Quvvati |
| Maydalovchi uskuna | 16 tonna/soat | 1 ta | 245kw |
| Filtr | 11160m3/h | 1 ta | 30kw |
| Konveyr yo’lagi | 30-60tonna/soat | 1 ta | 3 kw |
| Yetkazib beruvchi uskuna | 50 tonna/soat | 1 ta | 37kw |
| Aralashtiruvchi uskuna | 1 ta | 18,5kw | |
| Vintli klapan uskunasi | 10-30 tonna/soat | 1 ta | |
| Tarozi | 0-30 tonna/soat | 1 ta | 3 kw |
| Spiral konveyr | 20-30 tonna/soat | 1 ta | 7,5kw |
Isitish va sovutish
Sement tayyorlashning asosiy jarayonlaridan yana biri bu klinkerni maydalash, qizitish va sovutishdan iborat. Buning uchun quyidagi uskunalar top`lami kerak bo`ladi.
| Qizitish va sovutish uskunalari | |||
| Nomi | Samaradorligi | Miqdori | Quvvati |
| Yetkazib beruvchi uskuna | 1 ta | 3 kw | |
| Aylanuvchan pech | 7-10 tonna/soat | 1 ta | 62,5 kw |
| Sovutgich filtra | 60 100 m3/soat | 1 ta | |
| Sovutish ventilyatori | 1 ta | 110kw | |
| Gaz gorelka | 1.75×107 | 1 ta | 39,2kw |
| Baraban sovutgichi | 12-16 tonna/soat | 1 ta | 55kw |
| Zanjirli konveyr | 15-25tonna/soat | 1 ta | 7,5kw |
| Klinker drobilka | 10-15tonna/soat | 1 ta | 15kw |
Dozalash
Ushbu jarayon asosan gips, klinker va qo`shimchalar bilan amalga oshiriladi. Yarim-tayyor sementga yuqoridagilar qo`shiladi.
| Dozalash | |||
| Nomi | Samaradorligi | Miqdori | Quvvati |
| Klinker silosi | 1 ta | ||
| Ko’tarib berish uskunasi | 25-35 tonna/soat | 2 ta | 15kw |
| Vintli klapan uskunasi | 10-30 tonna/soat | 3 ta | |
| Lentali dozator uskunasi | 2-10 tonna/soat | 3 ta | 1,1kw |
| Gips drobilka | 5-20 tonna/soat | 1 ta | 18,5kw |
| Konveyr | 30-50 tonna/soat | 1 ta | 5,5kw |
Sementni maydalash va qadoqlash
So`nggi jarayon. Uskunalar yordamida sementni qadoqlab olamiz.
| Maydalash va qadoqlash | |||
| Nomi | Samaradorligi | Miqdori | Quvvati |
| Klinker maydalash uskunasi | 16 tonna/soat | 1 ta | 245kw |
| Filtr | 11160m3/soat | 1 ta | 30kw |
| Ko’tarib berish uskunasi | 25-35 tonna/soat | 1 ta | 30 kw |
| Klassifikator | 15-30 tonna/soat | 1 ta | 60kw |
| Katta qismlarni maydalashga qaytarish uchun zanjirli konveyer | 15-30 tonna/soat | 1 ta | 7,5kw |
| Yuk tushirish moslamasi | 80-120 tona/soat | 1 ta | 2,2kw |
Shu bilan barcha jarayonlar ham o`z nihoyasiga yetdi. Quyidagi videoda esa sement ishlab chiqarish liniyasini bosqichma-bosqich ko`rib chiqishingiz mumkin.
| Narxlar | |
| Xom-ashyolarni maydalash | $1 700 000 |
| Xom-ashyolarni saqlash va yetkazib berish | |
| Xom-ashyolarni maydalash(kukun) | |
| Klinkerni qizitish va sovutish | |
| Sementni dozalash | |
| Sementni maydalash va qadoqlash | |
| Laboratoriya | |
| Past kuchlanishli elektr kabinet | |

















Alisher –
Juda yaxshi loyiha Afex ga omad
Alisher –
Qobul –
Kelajagi bor zavod
Qobul –
Komiljon –
Farg’ona
Salom manga sement zavod tayor qurib bitkazib berilishi kerak shu masalada xamkor kerak.
Komiljon –
admin –
Ofislarimizga tashrif buyuring Hamkorlik qilishga tayyormiz
admin –
Shahboz –
Yaxshi biznez
Shahboz –
Шарофиддин –
Койил акалар шифер заводни урнига цемент завод куриб курсакмикан
Шарофиддин –
admin –
Assalomu alaykum, Ishonchingiz uchun rahmat
admin –
Shahboz –
Kelajagi Bor biznes
Shahboz –