Osh uchun tayyor to‘g‘ralgan sabzi ishlab chiqarish liniyasi (Yarim avtomat)

Mavjudligi:

Out of stock


Ushbu yarim avtomat liniya sabzini yuvish, po’stidan tozalash, bir xil o‘lchamda to‘g‘rash, quritish va vakuumli qadoqlash jarayonlarini yengillashtirish uchun mo‘ljallangan. Liniya mahsulotning tabiiy shiraliligi va vitaminlarini saqlab, bir xil  shaklida sifatli to‘g‘ralishini ta’minlaydi.

Inson omilini kamaytiradi, vaqt va mehnat sarfini keskin tejaydi. Sifatli va bir tekis to‘g‘ralgan sabzi qozonda teng pishadi hamda taom ko‘rinishini yaxshilaydi.

Kimlar uchun mo‘ljallangan?

  • Restoran, oshxona va to‘y xizmatlari (Katering)

  • Supermarketlar va chakana savdo tarmoqlari

  • Sabzavot yetkazib beruvchi kichik sexlar

Out of stock

Liniyada tarkibidagi uskunalar

 Sabzavotlarni po’stidan tozalash va yuvish uskunasi

Sabzavotlarni uzunchoq (oshbop) shakilda kesih uskunasi

Sabzavotlarni suvsizlantirish (sentrifuga)

Ikki kamerali vakuum qadoqlash uskunasi DZ-600

 

Sabzavotlarni po’stidan tozalash va yuvish uskunasi

Texnik xususiyatlari

Modeli AFT-80
Quvvati 1500 W
Kuchlanishi 380V/220V, 50 Hz
Korpus materiali SS430 zanglamaydigan po‘lat
Uskuna o‘lchamlari 750 × 550 × 810 mm
Uskuna og’irligi 200 kg

Ishlash prinsipi

 

Sabzavotlarni uzunchoq (oshbop) shakilda kesih uskunasi

Texnik xususiyatlari

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 220V 50/60 Hz
Quvvati 60 vat
Ishlash tezligi 10 marta/ min
Kesish o’lchami 6,5×6,5mm/ 9×9 mm
Uskuna og’irligi 14 kg
Uskuna o’lchami 550x310x280 sm

 

Sabzavotlarni suvsizlantirish (sentrifuga)

Meva va sabzavotlarni suvsizlantirish uchun mo‘ljallangan sentrifuga uskunasi mahsulot tarkibidagi ortiqcha namlikni samarali ravishda kamaytiradi. Uskuna yuqori aylanish tezligi orqali mahsulot sifatini saqlagan holda tezkor ishlov berishni ta’minlaydi. Zanglamas po‘latdan tayyorlangan konstruksiya gigiyenik bo‘lib, uzoq muddat xizmat qiladi.

 

Texnik xususiyatlari

Ishlab chiqaruvchi  Xitoy
Model  ASF-1520
Kuchlanish  220V/380V
Quvvat  1.1 kW
Baraban o‘lchami  500×330 mm
Ishlab chiqarish quvvati  15–20 kg / bir siklda
Material  304 zanglamas po‘lat
Uskuna o‘lchami  1060×650×930 mm
Uskuna vazni  340 kg

Ikki kamerali vakuum qadoqlash uskunasi DZ-600

Ikki kamerali vakuum qadoqlash uskunasi katta hajmdagi mahsulotlarni tez va samarali vakuum qadoqlash uchun mo‘ljallangan. Ikki kamerali konstruksiya bir kamerada qadoqlash jarayoni davom etayotgan vaqtda ikkinchi kameraga yangi mahsulotlarni joylashtirish imkonini berib, ishlab chiqarish unumdorligini sezilarli darajada oshiradi. Uskuna oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash muddatini uzaytiradi, tashqi ko‘rinishi va sifatini saqlashga yordam beradi hamda havo ta’sirida yuzaga keladigan namlik, oksidlanish va ifloslanishning oldini oladi. Zanglamaydigan po‘lat korpus gigiyenik talablarga to‘liq javob beradi, mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi bilan ajralib turadi.

Texnik xususiyatlari

Kamera hajmi 600x430x120 mm
Kameralar soni 2
Qadoqlash o’lchami 600×10 mm, 2 tomonida
Kuchlanish 380V
Quvvat 1.8 kw
Tezligi 4 martagacha / daq
Uskuna o’lchami 1450x600x1030 mm
Uskuna og’irligi 210 kg

 

 

Category:

0 Izoh qoldirilgan

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Osh uchun tayyor to‘g‘ralgan sabzi ishlab chiqarish liniyasi (Yarim avtomat)”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish