Liniya haqiqa umumiy ma’lumotlar
Ishlab chiqarish maydoni: 170-200 kvadrat metr
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi: 1400-1800 qadoq/soat (120 donalik salfetka)
Energiya turi: Elektr
Kuchlanish: 380V
Ishchilar: 3-4 kishi
Suv ta’minoti: zarur
Namlantiruvchi va hid beruvchi suyuqlik tayyorlash maxsus idishi
Jarayon nam salfetka uchun ajralmas bosqichlardan biri bo’lgan maxsus hidli suyuqlik tayyorlashdan boshlanadi, suyuqlikni katta qismi filtrlangan suv va maxsus formula asosida hidlanturuvchi vositalardan iborat bo’ladi. Suyuqlik tayyorlash idishimiz hajmi sizning kunlik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos keladi. Idishda ishlatilgandan ortiqcha qolgan suyuqlik maxsus nasos yordamida yana qaytib tushadi
6 qatorli nam salfetka kesish va formalash uskunasi
Yuqori samaradorlikga ega 6 qatorli xomashyo yetkazib berish va formalash uskunasi. Uskuna eng ommabob uslubda yani N CROSS uslubida salfetkalarni formalab namlatirib sanab kerakli hajmida qadoqlash uskunasiga yetkazib beradi. Uskuna yordamida 30-120 donagacha bo’lgan nam salfetka mahuslotlarini ishlab chiqarish mumkin. Uskuna bir daqiqada 1800-2100 dona salfetka ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Kuchlanish | 380V 50 Hz |
Quvvat sarfi | 15 KvT/soat |
Nam salfetka buklanish uslubi | N cross |
Xomashyo zichligi | 40-80 gsm |
Ishlab chiqarish tezligi | 1800-2100 dona/daqiqa (120talik qadoqdan 16-17ta) |
Nam salfetka bukulmagandagi o’lchami | Uzunligi 120-200mm, kengligi 170-220mm |
Nam salfetka bukulgandagi o’lchami | Uzunligi 110-200mm, kengligi 90-110mm |
Uskuna o’lchami | 4300*2500*2040mm |
Uskuna og’irligi | 1100kg |
Formalash qismi
Namlash qismi
Avtomatik qadoqlash uskunasi
Qadoqlash jarayoni mahsulot ishlab chiqarishda yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Qadoqlash uskunasi yuqori injenerlik mahorati yordamida yaratilgan bo’lib, qadoqlovchi materil ichiga mahsulot joylanadi, avval qadoqda salfetkani olish uchun teshikchalar ochiladi, teshik o’rni ustiga maxsus yopishqoq plyonka yopishtiriladi va shu tarzda qadoqlash davom etadi. Uskuna yordamida har xil o’lchamli mahsulotlar tayyorlash mumkin. Uskunamiz qadoqlangan mahsulot dizayni chiroyli bo’lishi uchun Brick Type Gusset usuli yordamida qadoqlaydi. Ushbu qadoqlash turining avzalligi mahsulot yon tomoni ham to’rtburchak ko’rinishda bo’ladi. Pastdagi rasmda farqi tushuntirilgan. Biz liniyamiz narxi qimmatlab ketmasligi uchun plastik qismli ochib yopiladigan qismlarni kleylashni ishchilarga qoldiramiz. Sababi ushbu qism uchun robot boshqaruvli uskuna zarur bo’lib, narxi boshlang’ich tadbirkorlar uchun qimmatlik qilishi mumkin.
Kuchlanish | 220 V 50Hz |
Quvvat sarfi | 3 KvT/soat |
Qadoqlash tezligi | 30-70ta/daqiqa |
Qadoq uzunligi | 150-400mm |
Qadoq kengligi | 100-145mm |
Qadoq balandligi | 110mm maksimal |
Uskuna og’irligi | 600kg |
Uskuna qadoqlangan mahsulot dizayni chiroyli bo’lishi uchun Brick Type Gusset usuli yordamida qadoqlaydi. Ushbu qadoqlash turining avzalligi mahsulot yon tomoni ham to’rtburchak ko’rinishda bo’ladi. Pastdagi rasmda farqi tushuntirilgan.
Plastik qopqoqlarni kleylash uskunasi
Kuchlanish | 220 V 50Hz |
Quvvat sarfi | 2,5 KvT/soat |
Ishlash tempuraturasi | 20-250 C |
Ishlash kengligi | 400mm |
Ishlash tezligi | 20-40ta qopqoq/daqiqa |
Uskuna o’lchami | 606*390*565mm |
Uskuna og’irligi | 48 kg |
Plastik qopqoplarga yorliq yopishtirish uskunasi
Kuchlanish | 220 V 50Hz |
Quvvat sarfi | 2 KvT/soat |
Ishlash tezligi | 0-80ta/daqiqa |
Yorliq yopishtirsh kengligi | 10-180mm |
Yorliq yopishtirish uzunligi | 20-300mm |
Material | Zanglamas metall |
Tayyor mahsulotdan na’munalar
Ishlash jarayonidan video lavha
Sakkiz bosqichli teskari osmosli suvni filtirlash uskunasi
Kuchlanish | 220 V 50Hz |
Quvvat sarfi | 0.75 KvT/soat |
Suvni filtrlash tezligi | 250 litr/soat |
Material | Zanglamas metal |
Uskuna o’lchami | 1450*900*1820mm |
Uskuna og’irligi | 300kg |
Uskunalar narxi
Namlanturuvchi va hid beruvchi suyuqlik tayyorlash idishi | 2400$ |
6 qatorli nam salfetka kesish va formalash uskunasi | 37200$ |
Qadoqlash uskunasi | 18600$ |
Plastik qopqoqlarni kleylash uskunasi | 1200$ |
Plastik qopqoqlarga yorliq yopishtirish uskunasi | 5700$ |
Sakkiz bosqichli teskari osmosli suvni filtirlash uskunasi | 3800$ |
Jami | 68 900$ |
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!