Texnik xususiyatlari
|
Elektr ta’minoti |
380V |
| Boshqaruv tizimi | Raytools XC3000 PLUS |
| Lazer manbai | Raycus 6000W |
| Fokuslash boshi | Raytool BM06K avtomatik fokus |
| Servo motor | Delta 1300×3, 400Wx1 |
| Uzatish tizimi | YYC shesternya va rels |
| Suv sovutgich (chiller) | Hanli 6000W, 380V |
| Stanina (karkas) | Sanoat payvandlangan karkas |
| Elektr qismlar | Delixi |
| Ishchi platforma (ish stoli) | 1500 × 6000 mm |
| Pnevmatik tizim | Avtomatik |
| Moylash tizimi | Avtomatik |
| Reduktor | Nidec Shimpo |
| O’q yo’naltiruvchisi (rels) | Hiwin |
| Klapan | SMC proporsional |
| Karkas turi | Plastinkali payvandlangan karkas |
| Sovutish ventilyatori | 3 kVt, 380V |
| Kuchlanish stabilizatori | 40KVA, 380V |
Lazer kesish uskunasi qismlari va qo’shimcha jihozlar
- Raycus lazer Manbai
- Lazer boshi (golovka): Raytools BM06K
- Lazer boshqaruv tizimi: Raytools XC3000 PLUS
- HIWIN chiziqli regulyator (Линейная направляющая)
- Chiller (Suv sovutgichi)
- Avtomatik moylash tizimi
Raycus 6000W lazer manbai afzalliklari
1. Elektr tejash – An’anaviy CO₂ lazer manbalariga nisbatan 30–40% gacha kamroq elektr energiyasi sarflaydi. Bu esa ishlab chiqarish tannarxini pasaytirib, korxona uchun iqtisodiy foyda beradi.
2. Yuqori samaradorlik – Lazer nurlanishining elektr energiyaga aylanish koeffitsiyenti yuqori (25–30%), shu sababli metallni kesishda tezlik va sifat kafolatlanadi.
3. Mukammal kesish sifati – Po‘lat, zanglamaydigan po‘lat, alyuminiy va boshqa metallarni silliq va aniq kesadi, qo‘shimcha ishlov berishni talab qilmaydi.
4. Ishonchlilik – Barqaror quvvat chiqishi tufayli ishlab chiqarishda doimiy natija beradi.
5. Xizmat ko‘rsatish qulayligi – Murakkab texnik xizmat talab qilmaydi, qismlari oddiy va bozorda mavjud.
6. Uzoq xizmat muddati – Lazer diodlari 100 000 soatgacha ishlash muddatiga ega.
7. Xavfsizlik tizimlari – Haddan tashqari qizish, kuchlanish o‘zgarishi va boshqa xavfli holatlardan himoya tizimlari bilan jihozlangan.
Raytools XC3000 PLUS boshqaruv tizimi
Umumiy ma’lumot:Raytools XC3000S – bu lazer kesish mashinalari uchun mo‘ljallangan zamonaviy boshqaruv tizimi bo‘lib, yuqori aniqlik, tezkorlik va barqaror ishlashni ta’minlaydi. Ushbu tizim ko‘plab turdagi metall materiallarini kesishda qo‘llaniladi va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari uchun ideal hisoblanadi.
Asosiy afzalliklari:
-
Avtomatik fokuslash va balandlik nazorati
– Material yuzasi notekis bo‘lsa ham, lazer boshligi balandligini avtomatik sozlab turadi. Bu kesish sifatini barqaror qiladi. -
Tezkor ishlov berish
– Murakkab shakllarni ham yuqori tezlikda va aniqlik bilan kesishga imkon beradi. -
Sensorli boshqaruv paneli
– Intuitiv interfeys, qulay menyu va oson boshqaruv imkoniyatlari mavjud. -
Barqarorlik va xavfsizlik
– To‘qnashuvdan himoya, gaz oqimini avtomatik boshqarish va yuqori haroratni nazorat qilish funksiyalari mavjud. -
Keng moslashuvchanlik
– Turli quvvatdagi lazer manbalari (masalan, Raycus, IPG va boshqalar) bilan ishlash imkoniyatiga ega. -
Energiya tejamkorligi
– Elektr sarfini kamaytiradi va ishlab chiqarishda xarajatlarni optimallashtiradi. -
Texnik xizmat qulayligi
– Tizimdagi nosozliklarni tezda aniqlash va tuzatish imkoniyatlari mavjud, shu bois ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etadi.
Raytools BM06K lazer boshi
BM06K lazer boshi haqida qisqa ma’lumot
Raytools BM06K — bu yuqori aniqlikdagi avtofokusli lazer boshi bo‘lib, Raycus kabi tolali lazer generatorlari bilan ishlashga moslangan. U turli qalinlikdagi metall materiallarni tez va sifatli kesishga imkon beradi.
Asosiy ustunliklari:
-
Avtofokus tizimi – qalinligi turlicha bo‘lgan metallni qo‘lda sozlashsiz tez va aniq kesadi.
-
Yuqori aniqlik – kesilgan qirralar silliq va toza chiqadi.
-
Moslashuvchanlik – Raycus va boshqa mashhur lazer generatorlari bilan ishlaydi.
-
Barqaror ishlash – suvli sovitish tizimi tufayli lazer boshining ichki qismlari qizib ketmaydi.
-
Iqtisodiy samaradorlik – tez kesish jarayoni, kam chiqindi va past xizmat xarajatlari.














There are no reviews yet.