AFEX

Lazerli kesish uskunasi AF-L6015 12000W

Lazer kesish uskunasi – yuqori aniqlikdagi metall kesish uchun zamonaviy uskuna.

Individual taklif
Lazer manbai
Raycus 12000W
Kuchlanish stabilizatori
380V
Servo motor
Delta 1800x3
Suv sovutgich (chiller)
Hanli 12000W
Ishchi platforma (ish stoli)
1500 × 6000 mm
Sovutish ventilyatori
3 kVt
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Lazer kesish uskunasi – yuqori aniqlikdagi metall kesish uchun zamonaviy uskuna. Uskuna quyidagilar bilan jihozlangan: Raycus 12000W lazer manbai – turli metall turlarini barqaror va kuchli kesishni ta’minlaydi. Raytools kesish boshi – yuqori aniqlik, ishonchlilik va uzoq muddatli ishlash imkonini beradi. Raytools boshqaruv tizimi – qulay interfeys va yuqori samaradorlik. Uglerodli po‘lat, zanglamaydigan po‘lat, alyuminiy va rangli metallarni kesishga mos. Yirik va kichik ishlab chiqarish korxonalar uchun mukammal tanlov.

01

Umumiy ko‘rsatkichlar

18 parametr
Umumiy ko‘rsatkichlar
Elektr ta’minoti
380V
Boshqaruv tizimi
Raytools XC3000 PLUS
Lazer manbai
Raycus 12000W
Fokuslash boshi
Raytool BM06K avtomatik fokus
Servo motor
Delta 1800x3, 750Wx1
Uzatish tizimi
YYC shesternya va rels
Suv sovutgich (chiller)
Hanli 12000W, 380V
Stanina (karkas)
Sanoat payvandlangan karkas
Elektr qismlar
Delixi
Ishchi platforma (ish stoli)
1500 × 6000 mm
Pnevmatik tizim
Avtomatik
Moylash tizimi
Avtomatik
Reduktor
Nidec Shimpo
O’q yo’naltiruvchisi (rels)
Hiwin
Klapan
SMC proporsional
Karkas turi
Plastinkali payvandlangan karkas
Sovutish ventilyatori
3 kVt, 380V
Kuchlanish stabilizatori
380V

Raycus 12000W lazer manbai afzalliklari

1. Elektr tejash – An’anaviy CO₂ lazer manbalariga nisbatan 30–40% gacha kamroq elektr energiyasi sarflaydi. Bu esa ishlab chiqarish tannarxini pasaytirib, korxona uchun iqtisodiy foyda beradi.

2. Yuqori samaradorlik – Lazer nurlanishining elektr energiyaga aylanish koeffitsiyenti yuqori (25–30%), shu sababli metallni kesishda tezlik va sifat kafolatlanadi.

3. Mukammal kesish sifati – Po‘lat, zanglamaydigan po‘lat, alyuminiy va boshqa metallarni silliq va aniq kesadi, qo‘shimcha ishlov berishni talab qilmaydi.

4. Ishonchlilik – Barqaror quvvat chiqishi tufayli ishlab chiqarishda doimiy natija beradi.

5. Xizmat ko‘rsatish qulayligi – Murakkab texnik xizmat talab qilmaydi, qismlari oddiy va bozorda mavjud.

6. Uzoq xizmat muddati – Lazer diodlari 100 000 soatgacha ishlash muddatiga ega.

7. Xavfsizlik tizimlari – Haddan tashqari qizish, kuchlanish o‘zgarishi va boshqa xavfli holatlardan himoya tizimlari bilan jihozlangan.

Raytools XC3000 PLUS boshqaruv tizimi

Umumiy ma’lumot:Raytools XC3000 PLUS – bu lazer kesish mashinalari uchun mo‘ljallangan zamonaviy boshqaruv tizimi bo‘lib, yuqori aniqlik, tezkorlik va barqaror ishlashni ta’minlaydi. Ushbu tizim ko‘plab turdagi metall materiallarini kesishda qo‘llaniladi va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari uchun ideal hisoblanadi.

Asosiy afzalliklari:

  1. Avtomatik fokuslash va balandlik nazorati
    – Material yuzasi notekis bo‘lsa ham, lazer boshligi balandligini avtomatik sozlab turadi. Bu kesish sifatini barqaror qiladi.

  2. Tezkor ishlov berish
    – Murakkab shakllarni ham yuqori tezlikda va aniqlik bilan kesishga imkon beradi.

  3. Sensorli boshqaruv paneli
    – Intuitiv interfeys, qulay menyu va oson boshqaruv imkoniyatlari mavjud.

  4. Barqarorlik va xavfsizlik
    – To‘qnashuvdan himoya, gaz oqimini avtomatik boshqarish va yuqori haroratni nazorat qilish funksiyalari mavjud.

  5. Keng moslashuvchanlik
    – Turli quvvatdagi lazer manbalari (masalan, Raycus, IPG va boshqalar) bilan ishlash imkoniyatiga ega.

  6. Energiya tejamkorligi
    – Elektr sarfini kamaytiradi va ishlab chiqarishda xarajatlarni optimallashtiradi.

  7. Texnik xizmat qulayligi
    – Tizimdagi nosozliklarni tezda aniqlash va tuzatish imkoniyatlari mavjud, shu bois ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etadi.

Raytools BM06K lazer boshi

BM06K lazer boshi haqida qisqa ma’lumot

Raytools BM06K — bu yuqori aniqlikdagi avtofokusli lazer boshi bo‘lib, Raycus kabi tolali lazer generatorlari bilan ishlashga moslangan. U turli qalinlikdagi metall materiallarni tez va sifatli kesishga imkon beradi.

Asosiy ustunliklari:

  1. Avtofokus tizimi – qalinligi turlicha bo‘lgan metallni qo‘lda sozlashsiz tez va aniq kesadi.

  2. Yuqori aniqlik – kesilgan qirralar silliq va toza chiqadi.

  3. Moslashuvchanlik – Raycus va boshqa mashhur lazer generatorlari bilan ishlaydi.

  4. Barqaror ishlash – suvli sovitish tizimi tufayli lazer boshining ichki qismlari qizib ketmaydi.

  5. Iqtisodiy samaradorlik – tez kesish jarayoni, kam chiqindi va past xizmat xarajatlari.

Lazer kesish uskunasi ishlari

AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaLazerli kesish uskunasi AF-L6015 12000W

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Texnik xususiyatlar

Ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan; konfiguratsiya buyurtmaga qarab o‘zgarishi mumkin.

Umumiy ko‘rsatkichlar

18 parametr
Elektr ta’minoti
380V
Boshqaruv tizimi
Raytools XC3000 PLUS
Lazer manbai
Raycus 12000W
Fokuslash boshi
Raytool BM06K avtomatik fokus
Servo motor
Delta 1800x3, 750Wx1
Uzatish tizimi
YYC shesternya va rels
Suv sovutgich (chiller)
Hanli 12000W, 380V
Stanina (karkas)
Sanoat payvandlangan karkas
Elektr qismlar
Delixi
Ishchi platforma (ish stoli)
1500 × 6000 mm
Pnevmatik tizim
Avtomatik
Moylash tizimi
Avtomatik
Reduktor
Nidec Shimpo
O’q yo’naltiruvchisi (rels)
Hiwin
Klapan
SMC proporsional
Karkas turi
Plastinkali payvandlangan karkas
Sovutish ventilyatori
3 kVt, 380V
Kuchlanish stabilizatori
380V

Komplektatsiya

Uskuna tarkibiga kiruvchi jihozlar. Har birining texnik ko‘rsatkichlari yuqoridagi bo‘limda.

  • Lazer kesish uskunasi qismlari va qo'shimcha jihozlar

    6 ta qism

    1. 1Raycus lazer Manbai
    2. 2Lazer boshi (golovka): Raytools BM06K
    3. 3Lazer boshqaruv tizimi: Raytools XC3000 PLUS
    4. 4HIWIN chiziqli regulyator (Линейная направляющая)
    5. 5Chiller (Suv sovutgichi)
    6. 6Avtomatik moylash tizimi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish