oqqand
Barcha 2 natija
-
Oziq ovqat
Oqqand ishlab chiqarish liniyasi
Shakar uzoq vaqtdan buyon inson hayotida ishlatilib kelinadi va asosiy ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotga aylandi. Hozirgi kunda shakar deyarli hamma joyda qo’llaniladi va ko’pchilik bu shirin mahsulotsiz hayotini tasavvur qila olmaydi. Shuningdek aynan shakar mahsulotidan tayyorlanadigan ixcham, qo’llanilishi qulay bo’lgan, kubik shaklida presslangan bizning tilimizda oqqand deb ataladigan mahsulot dasturxonlarimizdan keng joy olmoqda va mahalliy oziq-ovqat bozorlarimizda bozori chaqqon mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Oqqand ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Oqqand ishlab chiqarish liniyasi AF-L33
Oqqand xalqimiz va boshqa xalqlar tomonidan uzoq yillardan beri iste’mol qilinib keladigan Mahsulotlar sirasiga kiradi. Har bir yo’nalishga kirgani kabi oqqand ishlab chiqarish biznesiga ham zamonaviylik kirib keldi. Endilikda siz bolalar uchun sevimli bo’lgan oqqandli boshqa shakllarda va hatto rangli qilib chiqarish imkoniga ega bo’lasiz. Shuningdek ushbu uskuna yordamida siz presslangan kofe tabletkasi, tabletka shaklida osh tuzi va boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqarishingiz mumkin bo’ladi. Shuni alohida aytish joizki ushbu uskuna ishlab chiqarish tezligining yuqori ekanligi va kam joy talab qilishi bilan ajralib turadi. Siz an’anaviy uskunalarda e’tibor bersangiz uzun quritish tunneliga ko’zingiz tushgan va endi bizning liniyada oqqandni quritishga xojat yo’q, chunki unga suv qo’shilmaydi va yuqori bosim ostida shaklga keltiriladi. Shu sababdan ishlab chiqarish xarajatlari elektr tejamkorligi evaziga bir muncha past.
SKU: n/a