
Narxi: Elektr toki: 2900 $ Dizel: 4100 $
No products in the cart.

Kundan kunga zamonaviy texnologiyalar hayotimizning har bir qismiga, sohasiga kirib
kelmoqda. Ularga bo`lgan talabimiz ham ko`paysa ko`payyaptiki, aslo kamaymayapti.
Bularga misol qilib oziq-ovqat, avtoservis, yog`ochga va metallga ishlov berish,
qadoqlash, servis sohalarini ayta olamiz. Shunday jadallik bilan rivojlanib kelayotgan
sohalardan biri bu, albatta, qurilish sohasidir.

Zamonaviy qurilish industriyasiga gipsakarton mahsulotlari jadal sur’atlarda kirib keldi va o’z navbatida ushbu mahsulotni o’rnatish uchun kerakli bo’lgan aksessuarlar uchun ham talab anchagina oshdi. Talab oshishi barobarida bozorda yog’och reykalar o’rnini tezlik bilan metall profillar egallay boshladi. Lekin bozorda mavjud gipsokarton profil ishlab chiqarish jarayonida bizning nazarimizda ba’zi kamchiliklar mavjud:

Qurilish materiallari ichida eng ko’p miqdorda ishlatiladigan mahsulotlardan biri bu samorez hisoblanadi. Qo’llash sohasining ko’p ekanligi, uzoq muddat xizmat qilishi xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Ko’pchilik tadbirkorlar samorez ishlab chiqargan ma’qulmi yoki oddiy mixni xalqimiz ko’p ishlatadimi degan mazmunda savol bilan murojaat qilishadi. Ikkala mahsulotning ham o’ziga yarasha ishlatilish qulayliklari va o’zi uchun zarur joylari bor. Masalan siz mix yordamida yog’och mebellar yasashda foydalana olmaysiz, lekin samorezni ham asbest shiferlar uchun ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Biz sizga bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan xalq tilida “qora samorez” deb yuritiladigan turini ishlab chiqarishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun to’liq liniyasini tavsiya qiladi. “AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi uzoq yillik izlanishlar natijasida mukammal bo’lgan liniyani tavsiya qilishga qaror qildik. Hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayrim samorez mahsulotlarining bosh qismi tez sinib qolishi yoki ozroq vaqt o’tgach zanglash holati yuzaga kelayotganligidan e’tiroz bildirishadi. Ko’pchilik esa buni xomashyodan deb o’ylashadi, to’g’ri xomashyoga ham ko’p bog’liq, lekin bir xil turdagi C1022 markali simdan foydalanadigan ikki xil ishlab chiqaruvchining mahsuloti sifati turlicha bo’lgandan keyin, demak xato ishlab chiqarish uskunasida yoki undagi protsesga bog’liq bo’ladi.
Assalomu alaykum, AFEX-GROUP ning qadrli mijozlari. Biz bir-biridan daromadli va foydali ishlab chiqarish uskunalarini va liniyalarini sizlarga taqdim etishni davom etamiz.
Ushbu postimizda juda ham serdaromad biznes turlaridan birini yoritishni maqsad qilganmiz. Bu ishlab chiqarish biznesini boshlash uchun sizdan katta mablag` talab etiladi. Shu o`rinda katta daromad ham topishingiz mumkinligina ta`kidlab o`tish kerak. Bu ishlab chiqarish biznesi-kichik sement zavodi.
Shu o`rinda bir ma`lumotni ham ta`kidlab o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra hozirgi damda O`zbekistonda yiliga 8million tonna atrofida sement ishlab chiqariladi. “O`zsanoatqurilishmateriallari” davlat holdingi ma`lumotlariga ko`ra 2026-yilga qadar respublikada jami sement ishlab chiqarish ko`rsatgichini yiliga 20 million tonnaga yetkazish vazifasi qo`yilgan. Ushbu reja respublikada yangi xususiy sement zavodlarini qurish orqali amalga oshiriladi. Ya`ni bu ishlab chiqarish liniyasini yo`lga qo`yish davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Keling, endi mini zavod haqida ba`zi bir ma`lumotlarga oydinlik kiritsak.

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!