Kabob uchun tez yonuvchi ko‘mir briketi ishlab chiqarish loyihasi
Loyiha maqsadi
Biz tomondan taklif qilinayotgan loyiha kabob va gril uchun mo‘ljallangan tez yonuvchi, bir xil shakldagi va barqaror issiqlik beruvchi ko‘mir briketlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Loyiha kichik va o‘rta ishlab chiqarish korxonalari uchun mos bo‘lib, ko‘mir kukuni va qayta ishlangan ko‘mir xomashyosidan tayyor mahsulot olish imkonini beradi.
Tayyor mahsulot
Ishlab chiqariladigan mahsulot:
Kabob va gril uchun tez yonuvchi ko‘mir briketi
Asosiy talablar:
- tezroq alangalanish;
- bir tekis qizish;
- yaxshi cho‘g‘ hosil qilish;
- yetarli yonish davomiyligi;
- tashish vaqtida kamroq maydalanish;
- bir xil shakl va o‘lcham;
- qadoqlash va saqlash uchun qulaylik.
Xomashyo va tarkib
Loyiha doirasida asosiy xomashyo sifatida maydalangan ko‘mir kukuni ishlatiladi.
Mahsulot tarkibida to’lov qilingandan so’ng oshkor qilinadi
Fast Burning qo‘shimchasi: mavjud texnik ma’lumotga ko‘ra 5% miqdorda qo‘llanadi. Agar ushbu 5% tayyor aralashmaning umumiy massasiga nisbatan belgilangan bo‘lsa, 1 tonna mahsulotga 50 kg to‘g‘ri keladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi
Biz tomondan tavsiya qilinayotgan umumiy texnologik jarayon:
Ko‘mir xomashyosi → Maydalash → Elash → Aralashtirish → Bog‘lovchi va qo‘shimchalarni dozali kiritish → Briketlash → Shakllantirish → Quritish → Sovitish → Sifat nazorati → Qadoqlash
Xomashyo uzatish lentali konveyeri
| Parametr | Qiymati |
| Model | 500 × 5000 mm |
| Dvigatel quvvati | 1,5 kW |
| Uzunligi | 5000 mm |
| Miqdori | 1 komplekt |
Xomashyoni aralashtirish uskunasi
| Parametr | Qiymati |
| Model | Ø1500 |
| Ishlab chiqarish quvvati | 500–1000 kg/soat |
| Quvvat | 7,5 kW |
| Og‘irligi | 800 kg |
| O‘lchami | 1500 × 1500 × 1400 mm |
| Miqdori | 1 komplekt |
Aralashtirilgan xomashyoni uzatish lentali konveyeri
| Parametr | Qiymati |
| Model | 500 × 5000 mm |
| Dvigatel quvvati | 1,5 kW |
| Uzunligi | 5000 mm |
| Miqdori | 1 komplekt |
Xomashyo saqlash bunkeri
| Parametr | Qiymati |
| Model | GX 2000 × 2000 × 1500 mm |
| Dvigatel quvvati | 1,5 kW |
| O‘lchami | 2000 × 2000 × 1500 mm |
| Miqdori | 1 komplekt |
Pressga uzatuvchi lentali konveyer
| Parametr | Qiymati |
| Model | 500 × 6000 mm |
| Dvigatel quvvati | 1,5 kW |
| Uzunligi | 6000 mm |
| Miqdori | 1 komplekt |
Gidravlik briketlash pressi
| Parametr | Qiymati |
| Model | GX100 |
| Ishlab chiqarish quvvati | 250–350 kg/soat |
| Umumiy quvvat | 15 + 2,2 + 0,75 kW |
| O‘lchami | 3200 × 1100 × 2100 mm |
| Og‘irligi | 2000 kg |
| Briket shakli | Kvadrat |
| Briket o‘lchami | 2,5 × 2,5 sm |
| Miqdori | 1 komplekt |
Tez yonuvchi bog‘lovchi qo‘shimcha
| Parametr | Qiymati |
| Mahsulot nomi | Fast-burning binder |
| Miqdori | 5 tonna |










There are no reviews yet.