# Yuqori tezlikli avtomatik hojatxona qog’ozi ishlab chiqarish liniyasi
> 🧻 Sifatli gigiyenik mahsulotlar uchun zamonaviy va avtomatlashtirilgan yechim!
Katalog: Qog‘ozni qayta ishlash
Yangilangan: 2026-07-14

🧻 Sifatli gigiyenik mahsulotlar uchun zamonaviy va avtomatlashtirilgan yechim! Ushbu uskuna oddiy hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarish uskunasidan farqli o‘laroq, qatlamlar orasiga avtomatik tarzda yelim (kley) surtish funksiyasiga ega. Bu esa mahsulotni yanada mustahkam, sifatli va bardoshli qiladi. ✨ Ayniqsa ushbu texnologiya rulonli qog‘oz sochiqchalar (qog‘oz salfetkalar) ishlab chiqarishda nihoyatda foydali — qatlamlar ajralmaydi, tuzilishi zich, shakli esa mustahkam saqlanadi. ✅ To‘liq avtomatik ishlab chiqarish liniyasi ✅ Zamonaviy texnologiyalar ✅ Yelim bilan mahkamlash funksiyasi ✅ Mustahkam va chiroyli mahsulot Sifatli va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish – raqobatbardosh natijaning kafolati!

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvati:** 15 kw
- **Ishlab chiqarish tezligi:** 180-230 m/daq
- **Kuchlanish:** 380V 50 Hz
- **Katta rulon diametri:** 1200 mm
- **Katta rulon ichki qismi diametri:** 76.2 mm
- **Tayyor rulon diametric:** 90-120 mm

## Texnik xususiyatlar

### Katta o\`ramdan kichik o\`ramga o\`rab berish avtomatik uskunasi

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380V 50 Hz |
| Quvvati | 15 kw |
| Ishlab chiqarish tezligi | 180-230 m/daq |
| Katta rulon uzunligi | 2200 mm |
| Katta rulon diametri | 1200 mm |
| Katta rulon ichki qismi diametri | 76.2 mm |
| Tayyor rulon diametric | 90-120 mm |
| Tayyor rulon ichki qismi diametri | 38-76 mm |
| Perforatsiya (uzilish joyi) orasidagi masofa | 4 pichoqli (90-150 mm) |
| Motor | Har bir rulon o’rash qismi uchun individual motor |
| Boshqaruv paneli | PLC |
| Uskuna o’lchami | 8600x2400x2100 mm |
| Uskuna og’irligi | 6 tonna |

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380V 50 Hz |
| Quvvati | 5 kw |
| Kesish tezligi | 80-100 marta/daq |
| Pichoq turi | Lentali pichoq |
| Kesish aniqligi | ± 1.5 mm |
| Kesish diametri | 90-140 mm |
| Kesish uzunligi | 100-200 mm |
| Kesish kengligi | 90-120 mm |
| Uskuna o’lchami | 2800x1500x2100 mm |
| Uskuna og’irligi | 1100 kg |

### Avtomatik qadoqlash uskunasi

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380V 50 Hz |
| Quvvati | 7.5 kw |
| Qadoqlash tezligi | 15 ta/daq |
| Qadoqlash o’lchamlari | Uzunligi 400-600mm Kengligi 160-240mm Balandligi 160-240mm |
| Qadoqlash turi | 2-4-6-8 tali |
| Uskuna o’lchami | 8700x1000x1300 mm |
| Uskuna og’irligi | 700 kg |

### Kompressor

| | |
|---|---|
| Havo bosimi | 0,6m3 |
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Quvvati | 4kw |
| Tezligi | 2890r/min |

## Asosiy afzalliklari

- Ushbu modelda PLC boshqaruv tizimi qo\`llanilgan, ishlab chiqarish jarayoni to’liq avtomatlashgan, ishlab chiqarish tezligi yuqori
- Uskuna vtulkani avtomatik ravishda o’zgartirishi, shuningdek vtulkani almashtirganda tezlikni avtomatik ravishda oshirishi va pasaytirishi mumkin
- Uskunada avtomatik signal berish xususiyati ham bor. Bu funksiya ishchini vtulka yoki qog\`oz tugaganda ogohlantiradi
- Rulon sellulozani pnevmatik bosim yordamida ushlab turadi
- Uskunada ham vtulkali, ham vtulkasiz xojatxona qog\`ozlari ishlab chiqarish mumkin

## Tavsif

Xojatxona qog\`ozlarini ishlab chiqarish liniyasi ham yuqorida keltirib o\`tilgan barcha talablarga javob beradi. Shu sababli ham, bu biznes istiqboli bor loyihalar qatoriga kiradi. Biz sizga taklif etadigan ishlab chiqarish liniyasi ishlab chiqarish hajmini oshiradi va uskunalar to\`liq avtomat holatida ishlaydi. Keling endi, ishlab chiqarish liniyasi haqida batafsil ma\`lumotlarga ega bo\`lib olsak.

### Umumiy ma’lumot

Ishlab chiqarish hajmi: 2-3tonna/8soat Qavatlar soni: 3ta Ishchilar soni: 1ta Kerakli maydon o\`lchami: 70-80m2 Quvvati: 27.5 kvt Kerakli xom-ashyolar: rulon selluloza, paket

### Funksiyalari:

- Naqsh bosib berish
- Avtomatik o\`rash, teshish va kesish
- Avtomatik yelim purkash
- Avtomatik pnevmatik qog’ozni yuklash
- Avtomatik vtulkani yetkazib berish tizimi
- Avtomatik kesish uskunasiga yetkazib berish uskunasi

### Avtomatik kesish uskunasi

O\`rab beruvchi uskunadan chiqqan qog\`ozlar avtomatik ravishda kesib beruvchi uskunaga yo\`l oladi. Bunda hech qanday ishchi kuchi kerak bo\`lmaydi. Uskuna yordamida turli xil o\`lchamlarda kesib olish mumkin. Agar siz xojatxona qog’ozi qilmoqchi bo’lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordi-yu qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo’ladi (15-20sm).

- LCD sensorli ekran sozlamalari boshqarish uchun oson.
- Kesish jarayonida hech qanday ishchilar kerak emas, juda xavfsiz.
- Kesish sonini va kesish uzunligini belgilash oson va avtomatik qadoqlash mashinasi bilan ulanishi mumkin.
- Mashina sozlamalari rivojlangan va barqaror. Tekshirish qismlari asosan sifatli import qismlaridan foydalanilgan.

### Uskuna yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlar

## Video

- https://youtu.be/p_EzZ2opEVU

Teglar: bumaga, hojatxona, xojatxona, xojatxona qog'ozi

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/yuqori-tezlikli-avtomatik-hojatxona-qogozi-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/high-speed-automatic-toilet-paper-production-line.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/высокоскоростная-автоматическая-линия-по-производству-туалетной-бумаги.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/jogary-jyldamdyqty-avtomatty-darethana-qagazyn-ondiru-jelisi.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-balandsurati-avtomatii-istehsoli-koghazi-hojatkhona.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/gaosu-quan-zidong-weisheng-zhi-shengchan-xian.md)
