Omborda mavjud uskunalar, Yog' moy uskunalari
Yuqori bosimli maxsus kompressor
Mavjudligi:
Omborda 1 dona mavjud
3,200$
Omborda 1 dona mavjud
Savatchada mahsulotlar yo'q.
Omborda 1 dona mavjud
3,200$
Omborda 1 dona mavjud
Yurtimizda bo’layotgan ijobiy o’zgarishlardan ruhlangan holda siz tadbirkorlarga AFEX-GROUP kompaniyasi navbatdagi paxta chigitidan ixcham o’simlik yog’i shlab chiqarish liniyasini tavsiya etmoqda. Shu kungacha paxta yog’i ishlab chiqarish “O‘zpaxtayog‘” AJ ga tegishli bo’lib, xususiy tadbirkorlarga paxta yog’i ishlab chiqarishga ruxsat yo’q edi. Prezidentimizning 2018 yil 17 yanvardagi qaroriga ko‘ra, endilikda monopolist korxonalar tomonidan 27 nomdagi yuqori likvidli mahsulotlar bozor tamoyillari asosida faqat birja savdosi orqali sotiladi. Bu mahsulotlar orasida chigit mahsulotining ham borligi kishini quvontiradi. Biz bugun sizlar uchun yurtimizda eng xaridorgir mahsulotlardan biri salangan paxta yog’i ishlab chiqarish liniyasi haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz. Sizlarga quyida tavsiya etadigan liniyamizda siz iste’mol uchun yaroqli bo’lgan paxta yog’i ishlab chiqarishingiz mumkin bo’ladi.
Xaridorlar talabiga ko’ra qo’shimcha haq evaziga Ekstraksiya va Deporafinatsiya qismlarini ham qo’shishimiz mumkin. Ushbu tavsiya etiladigan liniyamiz orqali siz boshqa turdagi xomashyolardan ham jumladan: kungaboqar pistasi, bodom. kunjut va boshqalardan sifatli yog’ olishingiz mumkin bo’ladi
Sovuq press rejimida yog’ olish uchun mo’njallangan presimiz yordamida siz chigitdagi yog’ni 93-94% gacha olish imkoniga ega bo’lasiz. Uskuna CR13 mustahkam metalldan ishlangan bo’lib, ish jarayonida uzoq vaqt xizmat qiladi. Ushbu press yordamida kunjut, kungaboqar pistasi, yeryong’oq, bodom va boshqa mahsulotlardan ham yog’ olish mumkin. 6YL seriyali yog ‘ press uskunasi – bu oddiy dizayni, foydalanish osonligi, keng foydalanish qobiliyati va uzluksiz ishlashi, yuqori ishlab chiqarish quvvati hamda yuqori yog’ chiqarish tezligi bilan ajralib turadigan vintli yog’ press mashinasi. Bundan tashqari, ushbu turdagi mashina turli xil xom ashyolar uchun ishlatilishi mumkin va siz ishlatadigan muayyan ekinning moy tarkibiga qarab, mashina uning 90% -95% ni oladi. Shunday qilib chigit, pista, kunjut va kungaboqar pistalari uchun ishlatishingiz mumkin bo’ladi. Qolgan yem asosan hayvonlar uchun ozuqa uchun ishlatiladi.
Turmush tarzimiz yaxshilanib borgani sayin kundalik iste’mol tovarlarimizning sifatiga ham jiddiy e’tibor bera boshlaymiz. Ayniqsa ichimlik suvi inson hayoti uchun eng kerakli va eng e’tiborli ne’matdir. Azaldan ota bobolarimiz buloq suvlarini ifloslanmasligini qattiq nazorat qilishgan va bu borib borib zamon rivojlangani sayin zamonaviy filtrlar yordamida yanada chuqur ishlov berilib, minerallarini saqlagan holda xalqqa yetkazish ananasi paydo bo’ldi. Suv ishlab chiqarish biznesi so’nggi paytlarda talabning yuqoriligi sabab gullab yashnamoqda. albatta aholining keng qatlami asosan gazsiz suvga talabi yuqoriligini hisobga olib taklifni ishlab chiqdik. Shunday ekan AFEX-GROUP kompaniyasi sizlarga gazsiz mineral suvlar ishlab chiqarish liniyasini e’tiboringizga havola etadi.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!