Yog` uchun mini labaratoriya uskunasi
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
Har kunlik mahsulotni qadoqlashga qadar uni sifat nazoratidan o’tkazish talab etiladi. Bunday holatda tadbirkorlarimizning yuqori sifatli mahsulot chiqarish ehtimoli yuqori bo’ladi.
3,000$
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
O'xshash mahsulotlar
-
Yengil sanoat
Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018
0 out of 5(0)Tekstil yorliqlari hamma ham e’tibor bermaydigan lekin asosiy va foydali mahsulotlardan hisoblanadi. Chunki bunday yorliqlar asosiy mahsulot haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda ularni Tekstil mahsulotlarining tashrif qog’ozi deb atasak ham bo’laveradi. Yorliqsiz kiyimlar “boshsiz chavandoz”ga o’xshaydi, sababi kiyimning asosiy xususiyatlari, undan foydalanish usuli, qanday saqlash kerakligi va kiyim o’lchamlari aynan kiyimning yorlig’ida yozilgan bo’ladi. Yorliqsiz mahsulotlar esa iste’molchilar tomonidan to’liq ishonch bilan qabul qilinmaydi va ishlab chiqaruvchi haqidagi ijobiy taassurotni susaytiradi.
SKU: AF-L01822,600$ -
Tayyor liniyalar, Yog'ochga ishlov berish
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012
0 out of 5(0)Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.
SKU: AF-L01229,400$ -
Omborda mavjud uskunalar, Oziq ovqat
Quyma muzqaymoq ishlab chiqarish uskunasi AF-B004
0 out of 5(0)Ko’pchilik tadbirkorlar uchun quyma muzqaymoq biznesi juda qiziq va serdaromad ko’rinadi. Albatta bu fikr to’g’ri, lekin raqobatchilar ko’p bo’lgan hududda ushbu biznes bilan shug’ullanish uchun nima qilish kerak degan savol hammani o’ylantiradi. Xaridorga tovarni yetqazishda e’tibor berilishi lozim bo’lgan jihatlar mavjud.
- O’z mahsulotingizni yaxshi reklama qila oling
- Savdo nuqtangiz ixcham va mijozlarni o’ziga jalb qilishi lozim.
- Hech qachon narx bo’yicha raqobat qilmang!
- Mijozlaringizga o’zi kutgandan ortiqroq mahsulot berishga harakat qiling.
- Mahsulotingizni boshqa joydan topish mumkin bo’lmasin.
SKU: AF-B0043,400$ -
Oziq ovqat
Muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasi AF-L017
5 bahodan 5.00 berildi(1)Chuchvara (pelmeni) xalqimiz tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mahsulotlardan sanaladi. Har bir xonadonda tayyorlanadigan chuchvara oilaning barcha a’zolariga birdek manzur bo’ladi. Zamonamiz rivojlangani sayin yurtimizda urbanizatsiya darajasi yuqori suratlarda o’sib bormoqda. Shaharda istiqomad qiluvchi oilalarning aksariyat qismini vaqt muammosi qiynaydi. Sizga ma’lumki chuchvara tayyorlash bekalarimiz uchun oddiy taom sanalmaydi va uni tayyorlash boshqa ovqatlarga nisbatan ko’proq vaqt talab etadi. Shu sababdan so’nggi yillarda yurtimizda pishirish uchun tayyor taomlarimiz savdosi anchagina o’sgan. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda sizlarga bugun AFEX-GROUP LLC kompaniyasi muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildi. Albatta sizlarga tavsiya etiladigan uskunalarimizni tanlashda bizga kelib tushadigan murojaatlarni inobatga olgan holda taqdim etamiz.
SKU: AF-L01724,900$
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!