Yog` uchun mini labaratoriya uskunasi
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
Har kunlik mahsulotni qadoqlashga qadar uni sifat nazoratidan o’tkazish talab etiladi. Bunday holatda tadbirkorlarimizning yuqori sifatli mahsulot chiqarish ehtimoli yuqori bo’ladi.
3,000$
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
O'xshash mahsulotlar
-
Xizmat ko`rsatish
Gilam yuvish uskunalari (avtomatik hamda yarim avtomat liniya) AF-L013
0 out of 5(0)Ma’lumotlarga qaraganda rivojlangan davlatlarda xizmat ko’rsatish va servisning davlat iqtisodiyotidagi ulushi 60-70 % ni tashkil qilar ekan. Bugungi kunda yurtimizda ham tadbirkorlik sohalari ichida xizmat ko’rsatish va servis biznesi keng ommalashib, uning iqtisodiyotimizdagi ulushini borgan sari ortib bormoqda. Aholi o`rtasida u yoki bu xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilishi keskin ko`paymoqda. Chunki xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilib biz, eng qimmatli bo’lgan vaqtimizni va ma’lum hajmdagi pulimizni tejab qolish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
“AFEX-GROUP” jamoasi sizlarga xizmat ko`rsatish sohasidagi eng talabgir va daromadli sohalardan biri bo’lgan avtomatik gilam yuvish liniyasini sizga taqdim qiladi. Ma’lumki yurtimizdagi xonadonlarda bir yilda kamida bir marta gilamlar yuviladi. Bitta xonadonda kamida 3-4 va undan ham ko`p gilamlar mavjudligini hisobga olsak biznesni yo’lga qo’yib siz yaxshigina daromadga ega bo’lishingiz mumkin. Gilamlarni xonadonlardan o’zingiz olib ketib, liniya yordamida yaxshilab yuvib, quritib, yuvilgan gilamlarni yana xonadon egalariga yetkazib berish kabi qulayliklarni yo’lga qo’ysangiz mijozlaringiz yanada ko’payishi turgan gap.
SKU: AF-L01348,900$ -
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari AF-L020
0 out of 5(0)Zamonamiz rivojlangani sayin har bir sohaga yangiliklar shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan tekstil sohasida ham birmuncha tejamkor va qulay yechimli yangiliklar hayotimizdan o’rin egallamoqda. Bugun AFEX-GROUP LLC sizlarga tavsiya etadigan uskuna 3-4 yildan buyon import mahsulotlarimizni turli shakllar bilan bezatilib, xaridorgir bo’lishiga xizmat qilayotgan ultratovushli qavish uskunasidir. Ushbu uskuna o’zining bir qator yengilliklari bilan o’zidan avvalgi avlod uskunalaridan farqlanadi. Hozirda qavilgan mahsulotlar yurtimizda va dunyoda ancha urfga kirgan. Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas. quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o’zaro taqqoslab ko’ramiz.
SKU: AF-L02029,000$ -
Konditer pechlar, Oziq ovqat
Qandolat mahsulotlari va non ishlab chiqarish liniyasi AF-L006
0 out of 5(0)O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi. Non va non mahsulotlari, milliy shirinliklarga bizning yurtimizda doim talabgir mahsulotlar hisoblanadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz siz azizlarga sifat jihatidan yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishingiz tarafdorimiz va shu sababli non va qandolat mahsulotlarini siz va bizga ancha tanish bo’lgan ananaviy qavatli pechlarda emas, zamonaviy PLC boshqaruv tizimiga asoslangan, yuqori energiya tejamkorligiga ega bo’lgan bo’lgan konveksion pechlarimizni tavsiya qilamiz. Shu bilan bir qatorda siz azizlarga yordamchi uskunalarni ham uzoq muddatli kafolat bilan aynan bizning korxonamizdan sotib olishingiz mumkin.
SKU: AF-L0069,090$ -
Oziq ovqat, Quritilgan mahsulotlar
Mevali chipslar ishlab chiqarish liniyasi AF-L001
5 bahodan 5.00 berildi(1)O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2018-yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etilib, 2019-yildan boshlab meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakliga jalb qilinadi.
2018-yilning 1-yanvaridan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tashkilotlarga daromadga vositachi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan stavka bo‘yicha soliq solgan holda mukofot summasidan yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqi berildi.
2018-yilning 1-aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo‘shimcha qiymat solig‘i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmaydi.
Shu munosabat bilan sizlarga muhim va serdaromad tadbirkorlik turi boʻlgan Meva va sabzavotlardan Chips ishlab chiqarish biznesini taklif qilmoqdamiz. Ushbu liniya yordamida siz bemalol oʻz biznesingizni boshlab, turli koʻrinishdagi meva va sabzavotlardan ishlab chiqarilgan va qadoqlangan chipslarni eksport uchun tayyorlash, shu bilan birga ichki bozorda oʻz oʻrningizni topish imkonini beradi. Liniya yuqori texnologik bosqichlarni oʻz ichiga olgan boʻlib xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holatda optimal qilib berishga harakat qildik. Xaridorlarimiz talablariga binoan ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kamaytirish imkoni bor
SKU: AF-L001109,500$
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!