Yog` uchun mini labaratoriya uskunasi
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
Har kunlik mahsulotni qadoqlashga qadar uni sifat nazoratidan o’tkazish talab etiladi. Bunday holatda tadbirkorlarimizning yuqori sifatli mahsulot chiqarish ehtimoli yuqori bo’ladi.
3,000$
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
O'xshash mahsulotlar
-
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Mix ishlab chiqarish uskunalari AF-L011
Metallga ishlov berish, Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarMix ishlab chiqarish uskunalari AF-L011
0 out of 5(0)Ko’pgina mijozlarimizning talablariga binoan sizlarga mix ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildik. Mix hozirda yurtimizda olib borilayotgan qurilish ishlarida eng xaridorgir qurilish materiallaridan biri sanaladi. Mix ishlab chiqarish biznesi sizga tezda daromadga kirishingizga, hamda mahsulotingiz uchun xaridor topish ishlari oson ekanligi bilan boshqa bizneslarga qaraganda ancha samaraliroq sanaladi. Marhamat quyidagi tavsiya qilgan liniyamiz orqali siz ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
SKU: AF-L011128,000$ -
Tayyor liniyalar, Yog'ochga ishlov berish
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012
0 out of 5(0)Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.
SKU: AF-L01229,400$ -
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari AF-L020
0 out of 5(0)Zamonamiz rivojlangani sayin har bir sohaga yangiliklar shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan tekstil sohasida ham birmuncha tejamkor va qulay yechimli yangiliklar hayotimizdan o’rin egallamoqda. Bugun AFEX-GROUP LLC sizlarga tavsiya etadigan uskuna 3-4 yildan buyon import mahsulotlarimizni turli shakllar bilan bezatilib, xaridorgir bo’lishiga xizmat qilayotgan ultratovushli qavish uskunasidir. Ushbu uskuna o’zining bir qator yengilliklari bilan o’zidan avvalgi avlod uskunalaridan farqlanadi. Hozirda qavilgan mahsulotlar yurtimizda va dunyoda ancha urfga kirgan. Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas. quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o’zaro taqqoslab ko’ramiz.
SKU: AF-L02029,000$
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!