# Xojatxona qog\`ozi ishlab chiqarish liniyasi (To\`liq avtomat)
> Har bir yangi tadbirkor o\`z biznesini boshlayotganda, albatta, katta daromad ko\`rishni maqsad qiladi.
Katalog: Qog‘ozni qayta ishlash
SKU: 60a658d30bd70c19ed1f6be1
Yangilangan: 2026-07-15

Har bir yangi tadbirkor o\`z biznesini boshlayotganda, albatta, katta daromad ko\`rishni maqsad qiladi. Biznesdan katta foyda ko\`rish esa o\`z navbatida bir qancha faktorlarga bog\`liq bo\`ladi. Mana shu sanab o\`tilgan omillarning barchasi tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotda topilsa, albatta, mahsulotning sotuvi rivojlanadi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Uskuna modeli:** AFX-2200T
- **Quvvat sarfi:** 6 kw
- **Ishlab chiqarish quvvati:** 2-3 tonna/8 soat
- **Uskuna o’lchamlari:** 6200\*3200\*1900mm
- **Umumiy quvvati:** 3,5kw
- **Quvvati:** 4kw

## Texnik xususiyatlar

### Kichik o’ramga o’rab berish uskunasi

| | |
|---|---|
| Uskuna modeli | AFX-2200T |
| Qog’oz kengligi | <2200mm |
| Ishlab chiqarish quvvati | 2-3 tonna/8 soat |
| O’rash tezligi | Maks 280m/min |
| Boshqaruv paneli | PLC ekran |
| Qavatlar soni | 3 |
| Quvvat sarfi | 6 kw |
| Uskuna o’lchamlari | 6200*3200*1900mm |
| Uskuna og’irligi | 2,5 tonna |

### Qadoqlovchi uskuna

| | |
|---|---|
| Turi | 2 qatorli |
| Qadoqlash tezligi | 8-15 ta/minut |
| Umumiy quvvati | 3,5kw |
| Umumiy o’lchamlari | 6200*2900*1400mm |
| Qadoqlash o’lchamlari | Uzunligi 400-600mm Kengligi 160-240mm Balandligi 160-240mm |
| Og’irligi | 700kg |

### Kompressor

| | |
|---|---|
| Havo bosimi | 0,6m3 |
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Quvvati | 4kw |
| Tezligi | 2890r/min |

## Tavsif

Xojatxona qog\`ozlarini ishlab chiqarish liniyasi ham yuqorida keltirib o\`tilgan barcha talablarga javob beradi. Shu sababli ham, bu biznes istiqboli bor loyihalar qatoriga kiradi. Biz sizga taklif etadigan ishlab chiqarish liniyasi ishlab chiqarish hajmini oshiradi va uskunalar to\`liq avtomat holatida ishlaydi. Keling endi, ishlab chiqarish liniyasi haqida batafsil ma\`lumotlarga ega bo\`lib olsak.

### Umumiy ma\`lumot

Ishlab chiqarish hajmi: 2-3tonna/8soat Qavatlar soni: 3ta Ishchilar soni: 1ta Kerakli maydon o\`lchami: 70-80m2 Quvvati: 25kvt Kerakli xom-ashyolar: rulon selluloza, paket

### Uskunalar to\`plami

- Katta o\`ramdan kichik o\`ramga o\`rib berish uskunasi
- Avtomatik kesish uskunasi
- Avtomatik qadoqlash uskunasi
- Kompressor

Keling endi ishlab chiqarish bosqichlari va uskunalarning har biri bilan yaqindan tanishib chiqsak.

### Ishlab chiqarish jarayoni

### Katta o\`ramdan kichik o\`ramga o\`rab berish uskunasi

Ishni boshlashdan oldin 2ta omilga e\`tibor qaratishimiz lozim. Birinchisi xojatxona qog\`ozining qavatlari soni. Hozirda yurtimizda ishlab chiqaruvchilar 1,2 va ayrim hollarda 3 qavatli qilib ishlanganlariga ko’zimiz tushadi. Eng keng tarqalgani bu albatta 2 qavatli hisoblanadi. Sizga taqdim qiladigan uskunamizda siz 1;2;3 qavatli qilib ishlab chiqarishingiz mumkin. Ikkinchisi xom-ashyo o\`lchami. Uskuna kengligi 2200 mm gacha bo\`lgan rulon sellulozadan foydalana oladi. Yurtimizda, asosan, kengligi 1800 mm bo\`lgan rulonlardan foydalaniladi. Xom-ashyo rulonining kengligi ishlab chiqarish hajmiga ta\`sir ko\`rsatadi. Funksiyalari:

- Naqsh bosib berish
- Avtomatik o\`rash, teshish va kesish
- Avtomatik yelim purkash
- Avtomatik pnevmatik qog'ozni yuklash
- Avtomatik vtulkani yetkazib berish tizimi
- Avtomatik kesish uskunasiga yetkazib berish uskunasi

Xususiyatlari:

- Ushbu modelda PLC boshqaruv tizimi qo\`llanilgan, ishlab chiqarish jarayoni to'liq avtomatlashgan, ishlab chiqarish tezligi yuqori.
- Uskuna vtulkani avtomatik ravishda o'zgartirishi, shuningdek vtulkani almashtirganda tezlikni avtomatik ravishda oshirishi va pasaytirishi mumkin.
- Uskunada avtomatik signal berish xususiyati ham bor. Bu funksiya ishchini vtulka yoki qog\`oz tugaganda ogohlantiradi.
- Rulon sellulozani pnevmatik bosim yordamida ushlab turadi.
- Uskunada ham vtulkali, ham vtulkasiz xojatxona qog\`ozlari ishlab chiqarish mumkin.

Uskunada naqshli vallar o\`rnatiladi. Quyidagi rasmlarda bizda tayyor naqshlarni ko\`rishingiz mumkin. Xaridor talabiga binoan maxsus qolipli vallar ham yasattirilishi mumkin.

### Avtomatik kesib berish uskunasi

O\`rab beruvchi uskunadan chiqqan qog\`ozlar avtomatik ravishda kesib beruvchi uskunaga yo\`l oladi. Bunda hech qanday ishchi kuchi kerak bo\`lmaydi. Uskuna yordamida turli xil o\`lchamlarda kesib olish mumkin. Agar siz xojatxona qog’ozi qilmoqchi bo’lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordi-yu qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo’ladi (15-20sm).

- LCD sensorli ekran sozlamalari boshqarish uchun oson.
- Kesish jarayonida hech qanday ishchilar kerak emas, juda xavfsiz.
- Kesish sonini va kesish uzunligini belgilash oson va avtomatik qadoqlash mashinasi bilan ulanishi mumkin.
- Mashina sozlamalari rivojlangan va barqaror. Tekshirish qismlari asosan sifatli import qismlaridan foydalanilgan.

### Qadoqlash uskunasi

Oxirgi bosqich esa doimgidek mahsulotni xaridorga qulay qilib yetqazish uchun blok qilib qadoqlash uskunasidir. Bunda siz istiqomad qilayotgan va mahsulotingizni sotishni rejalashtirgan hududdagi xaridor talablaridan kelib chiqib, 2;4;6;8,10,12 tagacha qadoqlash mumkin. Siz qadoqlash paketini buyurtma qilganingizda unga qo’l bilan ushlash qulay bo’lgan teshiklar qoldirish esdan chiqmasin. Bu sizning mahsulotingizni oladigan xaridor uchun qo’shimcha qulaylik yaratadi.

- PLC boshqaruv tizimi. Mashina sozlamalari oldindan o'rnatilishi mumkin.
- Mashinada ishlash uchun faqat bitta ishchi kerak.
- Xavfsizlikni kafolatlaydigan datchik bilan.
- Bitta mashina barcha o'lchamdagi mahsulotlarni qadoqlash uchun ishlatilishi mumkin.

### Ishlash jarayonidan video lavha

Shu bilan ishlab chiqarish jarayonimiz ham o\`z nihoyasiga yetdi. Umumiy jarayondan taassurot uyg\`otish uchun quyidagi videoni ko\`rishingiz mumkin.

## Video

- https://youtu.be/lG3aWNRYJNU

Teglar: afex, avtomatik xojatxona qog\`ozi ishlab chiqarish liniyasi, ishlab chiqarish, uskunalar, xitoydan, автомат линия, Туалетная бумага

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/xojatxona-qogozi-ishlab-chiqarish-liniyasi-toliq-avtomat/
uz · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/quan-zidong-weisheng-zhi-shengchan-xian.md) · [en](https://afex.uz/en/product/toilet-paper-production-line-fully-automatic.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-tualetnoy-bumagi-polnosty-avtomaticheskaya.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/darethana-qagazyn-ondiru-jelisi-tolyq-avtomatty.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-koghazi-hojatkhona-purra-avtomati.md)
