Xo`jalik shlanglari ishlab chiqarish liniyasi

(1 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Xalqimiz azal-azaldan bog`dorchilik va dehqonchilik bilan shug`ullanib kelgan, chunki yurtimiz iqlimi va tabiiy sharoitlari bog`dorchilik va dehqonchilik qilish uchun keng imkoniyatlari taqdim etadi.

39,700$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Hozirgi kunda ham ushbu ikki yo`nalish yurtimizda rivojlangan sohalardan biri- qishloq xo`jaligining asoslarini tashkil etadi. Xalqimiz mehnatkashlari uchun qulay sharoit va zamonaviy uskuna-texnologiyalarni ta`minlab berish esa AFEX-GROUPning asosiy maqsadidir. 

Shu sababli ham, bugun sizlarga taqdim etayotgan ishlab chiqarish liniyamiz xalqimiz uchun juda ham zarur bo`lgan xo`jalik shlanglarini ishlab chiqaradi. Uskunalar to`plamimiz ikki qavatli shlanglarni ishlab chiqaradi. Keling, ushbu ishlab chiqarish liniyasi haqida umumiy ma`lumotlar bilan tanishib chiqsak. 

A.
Ishlash maydoni: Ichkarida, yopiq xonada
Namlik: 85% kondensatsiz
Harorat: 0-40 gradus

B.
Quvvat manbai: motor, 3 faza, 380V, 50Hz

Suvni sovutish: Bosim 0,4 MPa dan katta, 2m kub soat

C.
Ishlab chiqarish diametri: 13-32mm
Material: PVC yumshoq granula, PP
Ishlab chiqarish hajmi: 5-10m/min
O`rnatish quvvati: 75kw
Quvvat sarfi: 45kw
Ranglar: Ko`k va oq(talabga binoan)
Umumiy o`lchamlari: 15000m*3000mm*2350mm
Umumiy og`irligi: 8000kg

Bizga kerakli uskunalar to`plami quyidagilardan iborat:

1. Xom-ashyo yetkazib beruvchi uskuna(2ta)
2. Quritib beruvchi uskuna(2ta)
3. Birinchi qatlam ekstruder (1ta)
4. Ikkinchi qatlam ekstruder (1ta)
5. Qolip(2ta)
6. Suv bilan sovutuvchi uskuna(2ta)
7. Yetkazib beruvchi uskuna(2ta)
8. Ip yopishtiruvchi uskuna (1ta)
9. Pech (1ta)
10. Rangli chiziq chizuvchi uskuna (2ta)
11. O`rab beruvchi uskuna (1ta)

Demak, biz uchun kerakli bo`lgan barcha umumiy ma`lumotlarni bilib oldik. Ana endi, ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich ko`rib chiqsak ham bo`ladi.

Vakuumli yetkazib beruvchi uskuna

                                        Vakuumli yetkazib beruvchi uskunalar
Material Zanglamas metal
Ishlash samaradorligi 200 kg/soat
Motor quvvati 1.5 kw/soat

Quritish bunkeri

Navbatdagi jarayonda esa yuqoridagi uskunamiz ba`zi ho`l, nam xom-ashyolarni quritib, eritib kelgusidagi jarayonlar uchun tayyorlab beradi.

                                                               Quritish bunkeri
Material Zanglamas metal
Og’irligi 50 kg
Isitish quvvati 4 kW
Parrak quvvati 180 W
Xatolik darajasi -1,+1 gradus

 

 

Qolip

Qolip sizning shlanglaringizning diametrlarini hal qilib beradi. Diametrlarni o`zingiz istagan o`lchamda o`rnatishingiz mumkin.

                                                                    Qolip
Material 40 Xrom qotishmasi
Yuza qism Xrom
Diametrlar 13mm, 16mm, 20mm, 25mm, 32mm
Havo nasosi 0.37 kw

 

Birinchi qatlam ekstruder

Navbatdagi uskuna keladigan bo`lsak, uskuna vazifasi turli xil xom-ashyolarni bir biriga aralashtirib berishdir. Suratga e`tibor beradigan bo`lsak, quritib beruvchi uskuna ham uskunaning yuqori qismiga joylashtirilgan. Qolip esa uskunaning oxirgi qismiga joylashtiriladi(chap tomonda).

                                                                    Umumiy tavsif
Elektr qismlari Inverter-ABB

Kontaktor-SIEMENS

Harorat boshqaruvi-OMRON

Ishlab chiqarish hajmi 50-65 kg/soat
Afzalliklari Brend kompaniyalar qismlari, real vaqt sifat nazorati

 

                                                                      Vint
Diametr 65mm
Material 38 xromMoAIA, nitrogen
Isitish tizimi Zanglamas po’latdan va aluminiydan tayyorlangan qizdirgich
Isitish quvvati 10 kW

 

                                                                   Sovutish
Sovutish turi Naychalar orqali
Sovutish aniqligi -1,+1 gradus
Material 38 xromMoAIA, nitrogen

 

                                                                     Jarayonni borishi
Asosiy motor quvvati 18.5 kW
Tezlik O’zgartish mumkin
Asosiy motor aylanish tezligi 1441 marta/min

 

 

 

 

 

 

Sovutish tizimi

Ekstruderdan shakl olib chiqqan shlang juda ham issiq holatda bo`ladi. Bu esa shlangni bexosdan noto`g`ri shaklga keltirib qo`yishi mumkin. Su sababli ham, navbatdagi jarayonda ularni sovutib olishimiz darkor. Buning uchun bizga yuqoridagi uskuna kerak bo`ladi. Ular issiq shlang ustiga suv quyish orqali shlangni sovutishadi.

 

 

Yetkazib beruvchi uskuna

                                                                Sovutish tizimi
Uzunligi 2.5 m
Material Zanglamas metal
Sovutish turi Suv bilan
Nasos motor quvvati 0,12 kW

Sovutilgan shlanglar navbati esa yetkazib beruvchi uskunaga keldi. Bu uskunaning vazifasi shlangni chiziqlar chizuvchi uskunaga to`g`irlab, yetkazib berishdan iborat.

                                                        Yetkazib beruvchi uskuna
Turi 2 qismli
Ushlash uzunligi 520mm
Motor quvvati 0,75 kw*2ta
Tezligi 0,3-15 m/min

 

Ip yopishtiruvchi uskuna

                                                         IP yopishtiruvchi uskuna
Motor quvvati 1.5 KW* 2 ta
Inverter ABB
Tezligi 0-12 m/min
G’altaklar soni 34 ta
G’altak Galvanizlashtirilgan
Spiral quvur diametric 13mm, 16mm, 20mm, 25mm, 32mm
Markaz qism balandligi 1000mm
G’altak materiali Zanglamas metal

 

Ana endi navbat ishlab chiqarish liniyasidagi eng katta uskunalardan biri bo`lgan chiziq chizuvchi uskunaga keldi. Uskuna qanday chiziqlar chizish qobiliyatiga ega ekanligini fayl quyidagi suratda ko`rishingiz mumkin. Uskuna uchun xom-ashyo sifatida PP ishlatiladi.

Pech

Navbat endi tayyor shlangni qizitishga keldi. Yuqoridagi uskuna bu uchun ayni muddao.

                                                                       Pech
Isitish turi Isitish Vakumi
Isitish quvvati 4 KW
Boshqaruv tizimi Avtomatik
Haroratni boshqarish Avtomatik
Uzunligi 1000mm

 

Demak, biz shlangimizning birinchi qavatini yakunlab oldik. Navbat shlangning ikkinchi qatlamiga keldi. Shlangning ikkinchi qatlamini ishlab chiqarish uchun ham xuddi shu tartibdagi jarayonlar va uskunalar kerak bo`ladi. Yagona o`zgaradigan uskunalar bu- birinchi qatlam ekstruder o`rniga ikkinchi qatlam ekstruder, ip yopishtiruvchi uskuna o`rniga esa 2 rangli chiziqlar chizib beruvchi uskuna o`rnatiladi. Uskuna 2 xil rangni shlangga bir vaqtning o`zida chizib bera oladi.

Rangli chiziq chizuvchi uskuna

                                                              Rangli chiziq chizuvchi uskuna
Vint diametric 25mm
Uzunlik- diametr nisbati 25:1
Ishlab chiqarish hajmi 20 ta/min
Aylanish tezligi 38 xromMoAIA, nitrogen
Material 1.2*2 kw
Isitish quvvati 2 ta
Asosiy motor quvvati 0.75 kw
Harorat boshqaruvi Yaponiya Omron
Konvarter ABB

 

Jarayonning eng so`nggi bosqichida tayyor shlanglar o`rab, tayyor holga keltiriladi. Shu bilan ishlab chiqarish o`z nihoyasiga yetadi. Shlanglar sotuvga tayyor.

                                                                Narxlar
Xom-ashyo uskuna(2ta)  

 

 

 

 

39 700 $

Quritib beruvchi uskuna (2ta)
Ekstruder (1-qavat)(1 ta)
Ekstruder (2-qavat)(1 ta)
Qolip(2 ta)
Sovutuvchi uskuna (2 ta)
Yetkazib beruvchi uskuna (2 ta)
Ip yopishtiruvchi uskuna(1 ta)
Pech(1 ta)
Rangli chiziq uskuna (2 ta)
O’rab beruvchi uskuna

 

1 Izoh qoldirilgan

5.0 umumiy reyting
1
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Salim

    Umuman olganda yaxshi texnalogiya ekan

    Salim

    • admin

      Assalomu alaykum, e’tibor uchun rahmat

      admin

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish