# Xo\`jalik shlanglari ishlab chiqarish liniyasi
> Xalqimiz azal-azaldan bog\`dorchilik va dehqonchilik bilan shug\`ullanib kelgan, chunki yurtimiz iqlimi va tabiiy sharoitlari bog\`dorchilik…
Katalog: Qishloq xo‘jaligi
Yangilangan: 2026-07-14

Xalqimiz azal-azaldan bog\`dorchilik va dehqonchilik bilan shug\`ullanib kelgan, chunki yurtimiz iqlimi va tabiiy sharoitlari bog\`dorchilik va dehqonchilik qilish uchun keng imkoniyatlari taqdim etadi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Motor quvvati:** 1.5 kw/soat
- **Isitish quvvati:** 4 kW
- **Parrak quvvati:** 180 W
- **Ishlab chiqarish hajmi:** 50-65 kg/soat
- **Asosiy motor quvvati:** 18.5 kW
- **Nasos motor quvvati:** 0,12 kW

## Texnik xususiyatlar

### Vakuumli yetkazib beruvchi uskunalar

| | |
|---|---|
| Material | Zanglamas metal |
| Ishlash samaradorligi | 200 kg/soat |
| Motor quvvati | 1.5 kw/soat |

### Quritish bunkeri

| | |
|---|---|
| Material | Zanglamas metal |
| Og’irligi | 50 kg |
| Isitish quvvati | 4 kW |
| Parrak quvvati | 180 W |
| Xatolik darajasi | -1,+1 gradus |

### Qolip

| | |
|---|---|
| Material | 40 Xrom qotishmasi |
| Yuza qism | Xrom |
| Diametrlar | 13mm, 16mm, 20mm, 25mm, 32mm |
| Havo nasosi | 0.37 kw |

### Umumiy tavsif

| | |
|---|---|
| Elektr qismlari | Inverter-ABB Kontaktor-SIEMENS Harorat boshqaruvi-OMRON |
| Ishlab chiqarish hajmi | 50-65 kg/soat |
| Afzalliklari | Brend kompaniyalar qismlari, real vaqt sifat nazorati |

### Vint

| | |
|---|---|
| Diametr | 65mm |
| Material | 38 xromMoAIA, nitrogen |
| Isitish tizimi | Zanglamas po’latdan va aluminiydan tayyorlangan qizdirgich |
| Isitish quvvati | 10 kW |

### Sovutish

| | |
|---|---|
| Sovutish turi | Naychalar orqali |
| Sovutish aniqligi | -1,+1 gradus |
| Material | 38 xromMoAIA, nitrogen |

### Jarayonni borishi

| | |
|---|---|
| Asosiy motor quvvati | 18.5 kW |
| Tezlik | O’zgartish mumkin |
| Asosiy motor aylanish tezligi | 1441 marta/min |

### Sovutish tizimi

| | |
|---|---|
| Uzunligi | 2.5 m |
| Material | Zanglamas metal |
| Sovutish turi | Suv bilan |
| Nasos motor quvvati | 0,12 kW |

### Yetkazib beruvchi uskuna

| | |
|---|---|
| Turi | 2 qismli |
| Ushlash uzunligi | 520mm |
| Motor quvvati | 0,75 kw*2ta |
| Tezligi | 0,3-15 m/min |

### IP yopishtiruvchi uskuna

| | |
|---|---|
| Motor quvvati | 1.5 KW* 2 ta |
| Inverter | ABB |
| Tezligi | 0-12 m/min |
| G’altaklar soni | 34 ta |
| G’altak | Galvanizlashtirilgan |
| Spiral quvur diametric | 13mm, 16mm, 20mm, 25mm, 32mm |
| Markaz qism balandligi | 1000mm |
| G’altak materiali | Zanglamas metal |

### Pech

| | |
|---|---|
| Isitish turi | Isitish Vakumi |
| Isitish quvvati | 4 KW |
| Boshqaruv tizimi | Avtomatik |
| Haroratni boshqarish | Avtomatik |
| Uzunligi | 1000mm |

### Rangli chiziq chizuvchi uskuna

| | |
|---|---|
| Vint diametric | 25mm |
| Uzunlik- diametr nisbati | 25:1 |
| Ishlab chiqarish hajmi | 20 ta/min |
| Aylanish tezligi | 38 xromMoAIA, nitrogen |
| Material | 1.2*2 kw |
| Isitish quvvati | 2 ta |
| Asosiy motor quvvati | 0.75 kw |
| Harorat boshqaruvi | Yaponiya Omron |
| Konvarter | ABB |

## Tavsif

Hozirgi kunda ham ushbu ikki yo\`nalish yurtimizda rivojlangan sohalardan biri- qishloq xo\`jaligining asoslarini tashkil etadi. Xalqimiz mehnatkashlari uchun qulay sharoit va zamonaviy uskuna-texnologiyalarni ta\`minlab berish esa AFEX-GROUPning asosiy maqsadidir. Shu sababli ham, bugun sizlarga taqdim etayotgan ishlab chiqarish liniyamiz xalqimiz uchun juda ham zarur bo\`lgan xo\`jalik shlanglarini ishlab chiqaradi. Uskunalar to\`plamimiz ikki qavatli shlanglarni ishlab chiqaradi. Keling, ushbu ishlab chiqarish liniyasi haqida umumiy ma\`lumotlar bilan tanishib chiqsak. A. Ishlash maydoni: Ichkarida, yopiq xonada Namlik: 85% kondensatsiz Harorat: 0-40 gradus B. Quvvat manbai: motor, 3 faza, 380V, 50Hz Suvni sovutish: Bosim 0,4 MPa dan katta, 2m kub soat C. Ishlab chiqarish diametri: 13-32mm Material: PVC yumshoq granula, PP Ishlab chiqarish hajmi: 5-10m/min O\`rnatish quvvati: 75kw Quvvat sarfi: 45kw Ranglar: Ko\`k va oq(talabga binoan) Umumiy o\`lchamlari: 15000m\*3000mm\*2350mm Umumiy og\`irligi: 8000kg Bizga kerakli uskunalar to\`plami quyidagilardan iborat: 1. Xom-ashyo yetkazib beruvchi uskuna(2ta) 2. Quritib beruvchi uskuna(2ta) 3. Birinchi qatlam ekstruder (1ta) 4. Ikkinchi qatlam ekstruder (1ta) 5. Qolip(2ta) 6. Suv bilan sovutuvchi uskuna(2ta) 7. Yetkazib beruvchi uskuna(2ta) 8. Ip yopishtiruvchi uskuna (1ta) 9. Pech (1ta) 10. Rangli chiziq chizuvchi uskuna (2ta) 11. O\`rab beruvchi uskuna (1ta) Demak, biz uchun kerakli bo\`lgan barcha umumiy ma\`lumotlarni bilib oldik. Ana endi, ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich ko\`rib chiqsak ham bo\`ladi. Navbatdagi jarayonda esa yuqoridagi uskunamiz ba\`zi ho\`l, nam xom-ashyolarni quritib, eritib kelgusidagi jarayonlar uchun tayyorlab beradi. Qolip sizning shlanglaringizning diametrlarini hal qilib beradi. Diametrlarni o\`zingiz istagan o\`lchamda o\`rnatishingiz mumkin. Navbatdagi uskuna keladigan bo\`lsak, uskuna vazifasi turli xil xom-ashyolarni bir biriga aralashtirib berishdir. Suratga e\`tibor beradigan bo\`lsak, quritib beruvchi uskuna ham uskunaning yuqori qismiga joylashtirilgan. Qolip esa uskunaning oxirgi qismiga joylashtiriladi(chap tomonda).

### Sovutish tizimi

Ekstruderdan shakl olib chiqqan shlang juda ham issiq holatda bo\`ladi. Bu esa shlangni bexosdan noto\`g\`ri shaklga keltirib qo\`yishi mumkin. Su sababli ham, navbatdagi jarayonda ularni sovutib olishimiz darkor. Buning uchun bizga yuqoridagi uskuna kerak bo\`ladi. Ular issiq shlang ustiga suv quyish orqali shlangni sovutishadi. Sovutilgan shlanglar navbati esa yetkazib beruvchi uskunaga keldi. Bu uskunaning vazifasi shlangni chiziqlar chizuvchi uskunaga to\`g\`irlab, yetkazib berishdan iborat. Ana endi navbat ishlab chiqarish liniyasidagi eng katta uskunalardan biri bo\`lgan chiziq chizuvchi uskunaga keldi. Uskuna qanday chiziqlar chizish qobiliyatiga ega ekanligini fayl quyidagi suratda ko\`rishingiz mumkin. Uskuna uchun xom-ashyo sifatida PP ishlatiladi. Navbat endi tayyor shlangni qizitishga keldi. Yuqoridagi uskuna bu uchun ayni muddao. Demak, biz shlangimizning birinchi qavatini yakunlab oldik. Navbat shlangning ikkinchi qatlamiga keldi. Shlangning ikkinchi qatlamini ishlab chiqarish uchun ham xuddi shu tartibdagi jarayonlar va uskunalar kerak bo\`ladi. Yagona o\`zgaradigan uskunalar bu- birinchi qatlam ekstruder o\`rniga ikkinchi qatlam ekstruder, ip yopishtiruvchi uskuna o\`rniga esa 2 rangli chiziqlar chizib beruvchi uskuna o\`rnatiladi. Uskuna 2 xil rangni shlangga bir vaqtning o\`zida chizib bera oladi. Jarayonning eng so\`nggi bosqichida tayyor shlanglar o\`rab, tayyor holga keltiriladi. Shu bilan ishlab chiqarish o\`z nihoyasiga yetadi. Shlanglar sotuvga tayyor.

Teglar: afex, biznes 2020, ishlab chiqarish, shlang, tayyor biznes, uskunalar, оборудование

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/xojalik-shlanglari-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-bytovykh-shlangov.md) · [en](https://afex.uz/en/product/production-line-of-household-hoses.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/jiayong-yuanyi-ruan-guan-shengchan-xian.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/sharuashylyq-shlangilerin-ondiru-jelisi.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-shlanghoi-khojagidori.md)
