,

Xo’jalik qo’lqoplari ishlab chiqarish liniyasi AF-L009

(1 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda 2 dona mavjud


Yurtmizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoymoqda. Yangi binolar, ko’p qavatli turar-joylar madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda, tekis-ravon yo’llar, muxtasham va ko’rkam ko’priklar jadal sur’atlarda ko’paymoqda. Albatta bu bunyodkorlik ishlari yurtimizdagi mehnatkash ustalarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo bo’lmoqda. Qish-u, yozda davom etayotgan qurilish ishlarida xo’jalik qo’lqoplari ustalarning eng zarur ximoya vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ish qo’lqoplaridan nafaqat qurilish ishlarida, balki xo’jalikning boshqa yumushlarida ham keng foydalanilmoqda. Shuning uchun xo’jalik qo’lqoplariga talab borgan sari ortib bormoqda.

 

17,500$

Omborda 2 dona mavjud

Bugun biz sizga ana shunday xo’jalik qo’lqoplari ishlab chiqarish biznesini taklif qilamiz.

1 .QO’LQOP TO’QISH USKUNASI

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Shanxay
Model YH305
Turi 7G,10G
Kuchlanish 220V50Hz
Elektr sarfi 0.25KW
Ishlab chiqarish quvvati 360juft/24 soat
Qo’lqop o’lchamlari S,M,L
Zarur havo bosimi 0,5 Mpa
O’lchami 1250x650x1750mm
Og’irligi 250kg

 

 

 

PLC boshqaruv paneli mavjud. Barcha buyruqlarni soddalashtirgan boshqaruv paneli amalga oshirish mumkin. To`qish tezligi, kerakli o`lchamni tanlash hamda miqdorni boshqaruv panel orqali nazorat qilish mumkin. Xatolik yuz berganda avtomatik pauza funksiyasi mavjud. Uskuna uzoq vaqt xizmat qilishi uchun iplar yog’lanib turiladi. Yog`lash uchun yog` nasosini o`ziga tortish kifoya.

2. TO’QILGAN QO’LQOP CHETINI TIKUVCHI MAXSUS OVERLOCK

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Shanhay
Kuchlanish 220V50Hz
Elektr sarfi 0.25KW/soat
Tikish tezligi 5500 r.p.m
Mahsuldorligi 100juft/soat
O’lchami 1000x550x1400mm
Og’irligi 65kg

 

3. QO’LQOP USTIGA PVX QOPLAB BERISH USKUNASI

Albatta har bir tadbirkor bozor talabi va imkoniyatidan kelib chiqib qo’lqoplar ustiga PVX qoplama bosish uskunasi ham xarid qilishi mumkin, lekin shuni ham alohida aytib o’tish kerakki agarda sizga bu uchun boshlang’ich mablag’ yetarli bo’lmasa buni keyinchalik ham qo’yich mumkin. Ushbu uskuna yuqorida ko’rsatilgan ikki uskuna faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Hozirda siz bozorlarimizda PVX qoplanmagan qo’lqoplarni ham ko’p uchratishingiz mumkin. Sizga taklif qiladigan quyidagi uskuna uchun 20 ta to’quv uskunasining chiqargan mahsulotiga PVX qoplab berishga imkoni yetadi, shu sababli ushbu qismni sotib olishda to’quv uskunalar soniga ham e’tiborli bo’lishingizni so’rab qolamiz.

                                          Qo’lqop ustiga PVX qoplab berish uskunasi
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Shanxay
Model D-SB
Kuchlanish 380V50Hz
Elektr sarfi 12,6KW/soat
Qoliplar soni 23 juft
Mahsuldorligi 720 juft/soat
Pech harorati 250C
O’lchami 5,7×1,8×1,2m
Og’irligi 930kg

 

 

                                                                          Narxlar
1.Qo’lqop to’qish uskunasi 3400$
2.Qo’lqop chetini tikuvchi maxsus overlock 900$
3.Qolqop chetini PVX qoplash uskunasi 13200$
A)PVX qoplanmagan qo’lqop chiqarish liniyasi 4300$
B)PVX qoplanmagan qo’lqop chiqarish liniyasi 17500$

 

1 Izoh qoldirilgan

4.0 umumiy reyting
0
1
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Hayot

    zoʻr

    Hayot

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish