Usb, Hdmi, Aux va boshqa turdagi kabellar ishlab chiqarish liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Yurtimizga asosan import mahsulotlar hisoblangan turli xildagi qisqa uzatmali kabellar mavjud. Ular ichida eng xaridorgirlari telefonlar uchun USB, Printer kompyuterni bog’lovchi USB, HDMI komyuter va monitorlar uchun, AUX (asosan musiqa va boshqa ma’lumotlar uchun) hamda elektr tarmog’iga ulanish uchun kabellar ham bor. Uskunalar narxlari juda qimmat bo’lmaganligi uchun yosh tadbirkorlar ham ushbu biznesni yo’lga qo’ya oladilar deb o’ylaymiz. USB kabellarning o’zi eng ommaboplarini tanlab, yo’lga qo’ygan taqdirda ham yaxshigina auditoriyaga ega xaridorlar topish mumkin. Sizga shuni ta’kidlashimiz lozimni, kompaniyamiz sizlar uchun kerakli barcha ehtiyot qismlar bilan ta’minlashga yordam beradi. Siz bizning yordamimiz bilan istaldag sifatdagi USB kabellar ishlab chiqara olasiz. USB kabellar sifati tezda buzilmaslik uchun biz sizlarga ikki bosqichli qolipli quyishni va qoliplarni tavsiya qilamiz. Ishni boshlanishiga siz dastavval type C, Android va Iphone uchun USB kabellar ishlab chiqarganingiz ma’qul. Keyinchalik mijozlarga qarab turlarini ko’paytirish mumkin bo’ladi.

22,500$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

1) KABELNI IZOLYATSIYASIDAN AJRATIB BERUVCHI USKUNA

Kabel dastavval mijozga kerakli o’lchamda kesib olinadi. Hozirda ommabop bo’lgan o’lchamlar 80-100 sm atrofida. Kesib olingan kabellar maxsus uskunadan o’tkaziladi hamda ularning uchki qismlari izolyatsiyadan ajratiladi. Kabellarni qo’lda izolyatsiyadan ajratishni maslahat bermaymiz, chunki birinchidan ko’p vaqt talab etiladi va ishning sifati buziladi. Uskuna stol istida ishlashga mo’njallangan bo’lib, uni ishlatish deyarli qiyinchilik tug’dirmaydi. Uskuna shuningdek siz belgilagan uzunlikda qirqib ham beradi. Bu esa sizga rulon kabellar bilan ham ishlash imkonini beradi.

2) KABELGA USB METALL BOSH QISMINI PAYVANDLASH USKUNASI (A QISM)

Ushbu uskuna sizga kichik metall qismni kabelga qalay yordamida avtomatik payvandlash uchun ishlatiladi. Uskuna avtomatik payvandlash bilan bir qatorda uni sovutib ham beradi. Uskuna mahsulot turiga ko’ra tezlikni nazorat qilish xususiyatiga ega. Ushbu qismga sizga telefon rusumiga ko’ra uchki metall qismni tanlab olasiz va kerakli qoliplarni o’rnatasiz. Eng ommabp 3 xil telefon rusumlari uchun ishlab chiqarishni maslahat beramiz. Iphone, type-C va Android uchun bularning hammasi bilan ishlay olish uchun har biriga alohida qoliplar zarur bo’ladi.

3)USB KABELNI KICHIK METALL QISMINI PAYVANDLASH USKUNASI (B QISM)

Bilamizki har qanday USB kabellarimiz ikki qismida ham metall qism bo’lib, bir tomoni telefon, planshet yoki boshqa texnikaga ulansa ikkinchi qismi quvvat beruvchi manba yoki kompyuterga ulanadi. Sizlarga bizning kompaniyamiz sinalgan usulni taklif etmoqda, demoqchimizki sizga 2 xil A va B turdagi payvandlash uskunalarini taklif qilamiz. Birinchi uskuna sizga Telefonga ulanadigan qismini payvandlash uchun ishlatilsa uning ikkinchi qismini siz payvandlash uchun qolipni o’zgartirishga to’g’ri keladi. Qolipni o’zgartirish sizdan 1 kun vaqt oladi, natijada siz ishlab chiqarishingizni tezligini va sifatini yo’qotilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli biz sizga ikkinchi B turdagi payvandlash uskunasini ham tavsiya qilmoqdamiz.

4)VERTIKAL BOSIMDA OSTIDA ISHLOVCHI TERMOPLAST USKUNASI

Ushbu bosqich ham eng muhim qismlardan biri sanaladi. Sababi siz payvandlagan USB kabellar aslida allaqachon ishlatish mumkin bo’lgan holatga kelgan, lekin unga mahsulotingizni sifatli va xavfsiz ko’rsatish uchun ustki qismiga PVX granulasidan eritilib yuqori bosim ostida quyib berishdan iborat.

Vertikal termoplast uskunasi biz xaridorlar ko’proq assortimentda mahsulotlar ishlab chiqarish uchun biz ularga qulay bo’lgan hajmdagi uskunasni taqdim qilmoqdamiz.

 

Siz bu bosqichda o’z brendingizni mahsulot yuziga tushirish imkoniyatiga egasiz. Brend yoki qandaydir logo buyurtma paytida qolipga tushiriladi va uni o’zgartirih uchun qo’shimcha qolip olishga to’g’ri keladi. har bor qolip ustki va pastki qismlardan iborat bo’ladi. Shunday ekan siz LOGO yoki Brend tanlaganizda uning umri boqiy bo’lishiga ishonishingiz va harakat qilishingiz lozim bo’ladi. Siz nechi xil turdagi mahsulot ishlab chiqarishingizga qarab qoliplar tanlanadi.

Masalan bir turdagi USB Kabel ishab chiqarish uchun sizga 2 ta ichki va 2 ta tashqi qolip kerak bo’ladi. Siz faqat 2 ta tashqi qolipni o’zini tanlashingiz ham mumkin, lekin USB kabelga shikast yetish ehtimoli unda yuqori bo’ladi. Ichki qolip faqat payvandlangan sim va USB metall qismi birikkan nuqtaga quyiladi, tashqi qolip esa unga oxirgi ko’rinishni beradi ya’ni yakuniy mahsulotda mahsulot ichki qismi ko’rinmaydi.

5) USB KABELNI TEST QILISH USKUNASI

Har qanday mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng maxsus test qilish uskunasida tekshirib ko’rilishi lozim. Test qilish orqali siz nosoz kabellar sotuvga chiqib ketishini oldini olgan bo’lasiz. Agar sizning mahsulotingiz xaridor sinab ko’rish paytida nozorlik aniqlansa bu sizning mahsulotingizga nisbatan ishonch yo’qolishiga va boshqa xaridorlarni ham bu brenddan mahsulot olmasllikka chorlashi mumkin. Test qilish uskunasi anchayin ko’p funksiyali qilib ishlangan bo’lib, siz hattoki kabelning malumot uzatilish tezligiga ko’ra undagi simlarning birortasi yaxshi payvandlanmaganligini ham tekshirish mumkin bo’ladi.

Sizlarga yana shuni ma’lum qilamizki biz sizning ishlab chiqarishingiz uchun kerakli bo’ladigan barcha turdagi xomashyolarni arzon narxlarda tog’ridan to’gri zavoddan olib kelib beramiz. Demak sizda mahsulot yetishmoqvchiligi bilan bog’liq hech qanday muaommalar kuzatilmaydi deb ayta olamiz.

Hozirgi kunda USB kabellar ishlab chiqarish davr uchun aktualligini yo’qotmagan va yuqori likvidli mahsulotdir. Siz har bir mahsulotdan uning sifatiga qarab 1500 somdan 3000 so’mgacha sof foyda qolishiga erisha olasiz.

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Usb, Hdmi, Aux va boshqa turdagi kabellar ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish