Narxi: 3400 $ CIP Tashkent
To’liq avtomatik konditsioner gazini almashtirish uskunasi AF-SD7
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
Asosiy funtsiyalar:
- Qayta ishlash-tozalash, liniyalarni, bug’latgichlarni va kondensatorlarni tez va oson yuvish imkonini beradi.
- Bu yangi tizim orqali ishlaganligi sababli, bunda ichki qoldiq gazni so’rib olish, trubkalarni tozlalash va boshqa funksiyalari uchun yagona shlangdan foydalanilgan bo’lib bu ish samaradorligini bir necha bor ortishiga sabab bo’ladi.
3,400$
Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin
Birinchi bo'lib izoh qoldiring “To’liq avtomatik konditsioner gazini almashtirish uskunasi AF-SD7” Javobni bekor qilish
O'xshash mahsulotlar
-
Pet, Qayta ishlash, Tayyor liniyalar
PET idish va polistiroldan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi
5 bahodan 5.00 berildi(2)Hozirgi Nou-hau lardan biri bo’lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko’pchilik e’tiboriga sazovor bo’lgani va O’zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo’lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz.
“Afex-Group” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang’ich narxi esa 600 000$ – 700 000$ ni tashkil qiladi.
PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko’p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o’rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 – 10 000 so’mni tashkil etadi.
Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko’plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo’maygina daromad olishingiz mumkin.
Ya’ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o’yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko’rpa-to’shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.
SKU: AF-L00425,300$ -
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlash
Avtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlashAvtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002
5 bahodan 5.00 berildi(29)Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zaerurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
SKU: AF-B0029,900$ -
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlashXojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
5 bahodan 5.00 berildi(4)Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. AFEX-GROUP LLC sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.
SKU: AF-L01620,900$
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!