# Spirtli dezinfiksion salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi
> Butun dunyoda gigiyenik toza bo\`lgan mahsulotlarga bo\`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda.
Katalog: Tibbiyot uskunalari
Yangilangan: 2026-07-14

Butun dunyoda gigiyenik toza bo\`lgan mahsulotlarga bo\`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Bozor rastalarida va supermarketlarda ham shu turdagi mahsulotlarga bo\`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Bunga sabab qilib butun dunyoda tarqalgan virusni va karantin choralarini kuchaytirilishini ko\`rsatishimiz mumkin. Shu sababli ham bu mahsulotlar bozorda o\`z o\`rnini mustahkamlab oldi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvati:** 2,8KW
- **Kuchlanish:** 220V50Hz
- **Salfetka o’lchamlari(Taxlanmagan):** Min 60\*30mm Maks 200\*150mm
- **Salfetka o’lchamlari(Taxlangan):** Standart o’lcham 30\*30mm
- **Umumiy o’lchamlari:** 2800\*1080\*1800mm
- **Uskuna og’irligi:** 1000kg

## Texnik xususiyatlar

### Spirtli salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi

| | |
|---|---|
| Qadoqlash turi | Gorizontal 4 tomonli qadoqlash |
| Qadoqlash materiallari | CPP,PE,BOPP |
| Salfetka o’lchamlari(Taxlanmagan) | Min 60*30mm Maks 200*150mm |
| Salfetka o’lchamlari(Taxlangan) | Standart o’lcham 30*30mm |
| Qadoqlash o’lchamlari | Uzunligi 30-50mm Kengligi 40-110m |
| Tezligi | 120-160ta/daqiqa |
| Kuchlanish | 220V50Hz |
| Quvvati | 2,8KW |
| Umumiy o’lchamlari | 2800*1080*1800mm |
| Uskuna og’irligi | 1000kg |

### Uskuna qismlari

| | |
|---|---|
| Nasoslar | IWAKI(Yaponiya) |
| Servo motor | Delta(Tayvan) |
| PLC ekran | Siemens(Germaniya) |
| Fotoelektrik qismi | Yatai(Shanghai) |

## Asosiy afzalliklari

- Uskuna barqaror va uzluksiz ishlaydi, u har qanday turdagi nam salfetkalar va spirtli salfetkalarni ishlab chiqarish uchun mo\`ljallangan
- Uskunada Yaponiya dozalash uskunasi qo\`llanilgan bo\`lib, o\`ta yuqori aniqlikda ishlaydi. Xato qilish darajasi 0.01ml
- Uskunada 6 xil turdagi plyonkalardan foydalanish mumkin. Bu orqali ishlab chiqarish tan narxini va mahsulot assortimentlarini kengaytiradi
- Spirtli salfetkalarning o\`lchamlarini o\`zgartirish mumkin. Bu ham o\`z navbatida tadbirkorning ishlab chiqarish hajmini va mahsulotlar sonini oshiradi

## Tavsif

Quyida siz-aziz tadbirkorlarga taqdim etmoqchi bo\`lgan uskunamiz ham shu sohada bo\`lgan yuqori talabni qondirish uchun xizmat qiladi. Bu uskuna yordamida turli xil o\`lchamdagi spirtli salfetkalarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Bu uskunaning oddiy salfetka uskunalardan farqi uning juda kichik o\`lchamlarda ham ishlab chiqara olish funksiyasini ko\`rsatishimiz mumkin.

### Loyiha haqida qisqacha

Kerakli maydon: 40-50 m2 Kerakli xom-ashyolar: noto\`qima spunleys matosi, izopropil spirti, xid beruvchi ingredientlar Energiya manbai: Elektr 220V 50Hz Ishchilar soni: 1 nafar

### Uskuna haqida

AFXD-250 apparati bir marta ishlatiladigan nam salfetkalar va spirtli salfetkalarni ishlab chiqaradi. U kosmetika va tibbiyot sohalarida keng qo\`llaniladi. Bu uskunani ishlatish xaridordan katta bilim va tajriba talab qilmaydi. Uskunaning ishlash prinsiplari juda ham oddiy ishlab chiqilgan. Quyidagi chizmada ishlab chiqarish jarayoni ko\`rsatilgan. Keling endi, uskuna bilan yaqindan tanishib chiqsak. Quyidagi jadvalda uskunaning texnik parametrlari keltirilgan

### Ishlash jarayonidan video lavha

## Video

- https://youtu.be/nD93IORugkA

Teglar: afexuz, ishlab chiqarish, spirtli salfetkalar, uskunalar, xitoydan

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/spirtli-dezinfiksion-salfetkalar-ishlab-chiqarish-uskunasi/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/oborudovaniye-dlya-proizvodstva-spirtovykh-dezinfitsiruyushchikh-salfetok.md) · [en](https://afex.uz/en/product/equipment-for-the-production-of-alcohol-disinfectant-wipes.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/spirtti-dezinfektsiyalyq-mailyqtar-ondiru-jabdygy.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/tajhizoti-istehsoli-salfetkahoi-spirtii-dezinfeksioni.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/jiujing-xiaodu-mian-pian-shengchan-shebei.md)
