# Rom uchun PVX profillar ishlab chiqarish liniyasi
> Qurilish bozori kengaygani sari qurilish mollari reformasiyasi ham rivojlanib bormoqda.
Katalog: Qurilish uskunalari
SKU: 618a6d0c23e4106b8c25f5ac
Yangilangan: 2026-07-15

Qurilish bozori kengaygani sari qurilish mollari reformasiyasi ham rivojlanib bormoqda. An'anaviy yog'och romlar o'rnini sekin astalik bilan alyumin romlar egallab bo'lganligi hech kimga sir emas. Ammo alyumin romlarni kattagina minus tomoni bor, bu ham bo'lsa ko'chadagi sovuq va issiq havoni qariyib 70% ni o'tkazib yuboradi. Bu esa qishda ham yozda ham xona haroratini bir me'yorda saqlashda katta elektr energiya sarfi talab etadi. Shuni inobatga olgan holda hozirgi bozor talabi PVX profillaridan ishlab chiqarilgan plastik romlardir.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvat sarfi:** 80kv/soat
- **Kuchlanish:** 380V/50Hz
- **Umumiy uzunlik:** 23m
- **Ishlab chiqarish hajmi:** 8-10 kg/soat
- **Model:** AFX-300T
- **Ishlab chiqarish quvvati:** 5m/min

## Texnik xususiyatlar

### PVX profil ekstruder liniyasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Ishlab chiqarish muhiti | Quruq va toza bino |
| Umumiy uzunlik | 23m |
| Quvvat sarfi | 80kv/soat |
| Kuchlanish | 380V/50Hz |
| Saralash turi | 300-350kg/soat |
| Mahsulot kengligi | Max 250mm |
| Uskuna kengligi | 1.45 m |
| Uskuna balandligi | 1050±50mm |

### Ikki shnekli ekstruder uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Model | AFX65-132 |
| Isitish qismlari | 4 ta |
| Quvvat sarfi | 37kv/soat |
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Azotlangan qavat | 0.55-0.7mm |
| Moyni qizdirish temperaturasi | 0-180C |
| Metall turi | S304.20CrMoTi |

### Bitta shnekli koekstruder

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Model | AFX-30/25 |
| Isitish qismlari | 4 ta |
| Quvvat sarfi | 5.5 kw/soat |
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Azotlangan qavat | 0.4-0.5mm |
| Moyni qizdirish temperaturasi | 0-180 C |
| Ishlab chiqarish hajmi | 8-10 kg/soat |

### Kalibrovka uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Model | AFX-300 |
| Isitish qismlari | 4 ta |
| Quvvat sarfi | 11.7kw/soat |
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Suv nasosi | 2 ta(2.2 kw va 4 kv) |
| Uskuna uzunligi | 7200mm |
| Stolni boshqarish tizimi | Avtomatik |

### Kesish va uzatish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Model | AFX-300T |
| Rezina yostiqchalar uzunligi | 300 mm |
| Quvvat sarfi | 3.7 kw/soat |
| Kuchlanish | 380 V 50Hz |
| Dvigatel quvvati | 1.5kv |
| Ishlab chiqarish quvvati | 5m/min |
| Siqib berish quvvati | Pnevmatik |

### Maxsus profil yig’ish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Model | AFX-6000 |
| Uskuna uzunligi | 6000 |
| Quvvat sarfi | 0.7 kw/soat |
| Kuchlanish | 380 V 50Hz |
| Uskuna vazifasi | Profillarni yig’ib berish |
| Profillar sig’imi | 1-40 tagacha |
| Ish uslubi | Yarim Avtomat |
| Harakatlanuvchi tizimi | Pnevmatik |

### Issiq mikser 500L

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqargan | Xitoy |
| Model | AFX-SRL300 |
| Lapatkalar qavati | 3 qavat |
| Quvvat sarfi | 75 kw/soat |
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Max.kirimi | <150kg/lot |
| Ishchi sig’imi | 375L |
| Umumiy sig’imi | 500L |
| Podshibniklar aylanish tezligi | 430-860 ta/min |

### Laminatsiyalash liniyasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380V50hz |
| Quvvat sarfi | 12kw/soat |
| Max.ishlash kengligi | 300mm |
| G’ildiraklar kengligi | 2-80 mm |
| Asosiy motor | 1.5kv |
| Yelimlash motor | 0.37kv |
| Qizdirish tuneli quvvati | 4kv |
| Umumiy og’irligi | 2500kg |

## Tavsif

Bugungi biznes loyihamiz aynan metal-plastik romlar uchun asosiy mahsulot turi hisoblangan PVX profillar haqida. Loyiha haqida umumiy ma\`lumot:

- Ishlab chiqarish quvvati: 300-350kg/soat
- Kerakli ishchi maydon: 30m x 10m hajmdagi bino
- Kerakli ishchi kuchi: 5 kishi (1 smena uchun)
- Energiya sarfi: 80KW/soat
- Kuchlanish: 380V 50Hz

### PVX profillar tarixi haqida qisqacha ma'lumot:

Plastik romlar shu qadar keng tarqalganki bugungi kunda u har qanday zamonaviy dizaynning ajralmas atributidir. Ammo 50 yil oldin uning nima ekanligini hech kim bilmas edi. Polivinilxlorid (PVX) ning paydo bo'lishi tarixi 1835 yilda boshlangan. Aynan shu yili amerikalik kimyogar Regnald polivinilxloridni ixtiro qilishga muvaffaq bo'ldi, keyinchalik u plastik derazalar ishlab chiqarila boshlagan materialga aylandi. Sanoatda plastik derazalar ishlab chiqarish birinchi marta 50-yillarda AQShda sodir bo'lgan. Keyinchalik Yevropa katta istiqbolni ko'rib, ushbu texnologiyalarni ishlab chiqishni va qo'llashni boshladi. Va tez orada, ya'ni 1952 yilda nemis ishlab chiquvchilari birinchi bo'lib PVX derazalar qurilishini yaratdilar va patentladilar. Yurtimizda PVX romlar 90 - yillar o\`rtalarida paydo bo\`la boshladi, dastlab bunday profillar xorijdan import qilinar edi, hamda romlar narxi juda baland bo\`lganligi sababli o\`sha vaqtlarda bunday romlarni o\`rnatishga hamma ham qodir bo\`lmagan. 2000 - yillarga kelib PVX romlarning yurtimizda ishlab chiqarila boshlanishi va bozor raqobati PVX romlarni hamma uchun maqbul qurilish materialiga aylantirdi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joyizki, PVX romlar an\`anaviy yog\`och romlardan o\`zining tashqi zarblarga va ob-havo o\`zgarishlariga chidamliligi, yong'inga chidamli, yuqori energiya tejamkorligi, bejirim dizayni hamda shovqin o\`tkazmaslik sifatlari bilan ustun turadi. Bundan tashqari, PVX profillarining kameralari soni xona haroratining mo'tadil saqlab berishda muhim ahamiyatga ega. Ana endi, ishlab chiqarish jarayoniga to'xtalib o'tamiz. Rom uchun PVX profillar ishlab chiqarish liniyasi 3 ta katta qismlardan iborat. Bular: 1. PVX profil ekstruziya liniyasi 2. Qorishma tayyorlash qismi 3. Laminatsiyalash liniyasi

### 1.PVX profil ekstruziya liniyasi

### 1.1 Ekstruziya qismi

PVX profilini ishlab chiqarish liniyasi ekstruder, plyonka, kalibrlash stoli, tortish moslamasi, profil arra va tayyor mahsulotga (profilga) himoya plyonkasini belgilash, yotqizish va qo'llash mexanizmlaridan iborat. Ishlab chiqarish ekstruziya bilan amalga oshiriladi. Ekstruziya - polimerning oldindan qizdirilgan massasini qolipdagi shakldagi teshiklar orqali ekstruziya qilishning doimiy jarayonidir. Ekstruder aralashmaning erishini va ma'lum bosim ostida eritmaning uzluksiz ta'minlanishini ta'minlaydi. Kalibrator eritmaning massasiga kerakli shaklni beradi. Tortish moslamasi tegmaslik quvvatni ta'minlab, profilni kalibratordan stabil tezlikda chiqaradi. Arra profilni kerakli uzunlikka kesib beradi.

### 2. Maxsus qoliplar

"AFEX-GROUP" sizga 8 turdagi maxsus qoliplarni taqdim etadi. Ushbu qoliplar yordamida romlar uchun istagan shakldagi PVX profillar ishlab chiqarishingiz mumkin.

### 3. Qorishma tayorlash qismi

Laminatsiyalangan ko'rinishi

Ishlab chiqarish jarayonining ko'rinishi: Ishlab chiqarish jarayonidan video lavha:

## Video

- https://youtu.be/Q8Izw3km5gQ

Teglar: afex, ishlab chiqarish, Profil, pvx, rom, uskunalar

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/rom-uchun-pvx-profillar-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [kk](https://afex.uz/kz/product/tereze-jaqtaularyna-arnalgan-pvh-profilder-ondiru-jelisi.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-profiley-pvkh-dlya-rami.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-profilhoi-pvkh-baroi-chorchubai-tireza.md) · [en](https://afex.uz/en/product/production-line-of-pvc-profiles-for-rom.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/pvc-men-chuang-xing-cai-shengchan-xian.md)
