# Quruq suvoq aralashmasi ishlab chiqarish liniyasi (сухие смеси)
> Mamlakat taraqqiyoti va kuch-qudratini namoyon qiluvchi sohalardan biri - bu, albatta, qurilish sohasidir.
Katalog: Tayyor liniyalar
SKU: 60e2bc4a0bd70c7ee04996f7
Yangilangan: 2026-07-15

Mamlakat taraqqiyoti va kuch-qudratini namoyon qiluvchi sohalardan biri - bu, albatta, qurilish sohasidir. Eng rivojlangan mamlakatlarda qurilish sohasida katta yutuqlarga erishilgan bo\`ladi. Shuning uchun ham qurilish materiallariga bo\`lgan talab doimo yuqoriligicha qoladi. Ushbu yo\`nalish(qurilish sohasi)da AFEX GROUP o\`z uskunalarini taklif qilishda davom etadi. Navbatdagi ishlab chiqarish uskunalarimiz yordamida quruq suvoq aralashmasini ishlab chiqarishingiz mumkin. Keling, avvalambor, mahsulot haqidagi ma\`lumotlar bilan tanishib chiqsak.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvati:** 3 kw
- **Spiral diametric:** 140 mm
- **Uskuna diametric:** 165mm
- **Uzunligi:** 3m
- **Ishlash burchagi:** 0-60
- **Ishlash hajmi:** 3-5 tonna/soat

## Texnik xususiyatlar

### Shnekli transportyor

| | |
|---|---|
| Spiral diametric | 140 mm |
| Uskuna diametric | 165mm |
| Ishlash burchagi | 0-60 |
| Uzunligi | 3m |
| Ishlash hajmi | 3-5 tonna/soat |
| Quvvati | 3 kw |

### Spiral mikser

| | |
|---|---|
| Sig’imi | 1,65m3 |
| Samaradorligi | 600-1000 kg/sikl |
| Sikl davomiyligi | 10-15 min |
| Quvvati | 7,5 kw |
| Umumiy o’lchamlari | 3140*980*1400mm |
| Og’irligi | 1200 kg |

### Qadoqlash uskunasi

| | |
|---|---|
| Qadoqlash og’irligi | 20-50 kg |
| Quvvati | 3 kw |
| Umumiy o’lchamlari | 700*1100*1200mm |
| Og’irligi | 180kg |

## Tavsif

### Quruq suvoq aralashmasi haqida

Quruq suvoq aralashmasi - bu quruq shaklda aralashtirilgan xom ashyolar bo\`lib, unga qurilishda aniq bir maqsadlarda foydalanish uchun maxsus qo'shimchalar va polimerlar qo'shilishi mumkin. Suvoq aralashma hozirgi qurilish sohasida keng tarqalgan talablarga javob beradigan mukammal texnik xususiyatlarga javob beradi. U ko'pincha kukun yoki granulalar shaklida maxsus zavodlarda tayyorlanadi va qurilish maydonchasiga yetkaziladi. Yetarli miqdorda suv bilan aralashtirilgandan so'ng, uni to'g'ridan-to'g'ri ishlatish mumkin. Quruq suvoq aralashmasi odatda ohak, sement, qum va minerallardan tashkil topgan bo\`ladi. Boshqa soha va maqsadlarda qo\`llash uchun esa yana boshqa turdagi xom-ashyolar qo\`shiladi. Misol uchun, bu aralashma gips va betonlarga qo\`shilishi mumkin, tashqi va ichki fasadlar uchun, kafellarni yopishtirish va yamash uchun ishlatilishi mumkin. Shuning uchun ham qo\`llanilish sohasiga qarab xom-ashyolar ro\`yxati va proporsiyasi o\`zgaradi.

### Umumiy ma\`lumotlar

Ishlab chiqarish quvvati: 1-3 tonna/soat Ishchilar soni: 2-3ta Umumiy quvvati: 20kw Kerakli maydon: 50 metr/kvadrat Asosiy xom-ashyolar: ohak, sement, qum

### Uskunalar ro\`yxati

Ushbu ishlab chiqarish liniyamiz quyidagi uskunalarni o\`z ichiga oladi:

- Shnekli transportyor (2 komplekt)
- Spiral mikser
- Tayyor mahsulot uchun bunker
- Qadoqlash uskunasi
- Kompressor

Ishlab chiqarish jarayoni ko\`p bosqichli va murakkab jarayonlardan tashkil topmagan. Bunda barcha tayyor xom-ashyolar aralashtiriladi va keyin qadoqlanadi. Shu sababli ham faqatgina uskunalarning o\`zi bilan tanishib chiqqanimiz yetarli bo\`ladi. Turli xom-ashyolarni mikserga yetkazib beradi. Va ishlab chiqarish jarayoni o\`z nihoyasiga yetganda tayyor mahsulotni sisternaga tashib beradi. Bu transportyorlardan 2 to\`plam beriladi. Barcha xom-ashyolarni aralashtirib olamiz. Uskuna katta sig\`imga ega bo\`lib, aralashmani sifatli tayyorlab beradi. Quyidagi jadvalda texnik ko\`rsatkichlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

### Tayyor mahsulot uchun bunker

Uskuna dimetri: 1,6m. Uzunligi esa 2,8m ga teng. Uskuna zanglamas metalldan yasalgani tufayli, sizga uzoq muddat xizmat qilib berishi mumkin. Bun bunkerni qadoqlash uskunasiga ulab qo\`yilganda, avtomatik qadoqlash jarayoni boshlanadi. Tayyor mahsulotlarni qadoqlab olamiz va ular sotuvga tayyor.

### Ishlab chiqarish jarayonidan video lavha

## Video

- https://youtu.be/FtOM4vXzmpI

Teglar: Eshiklar, ishlab chiqarish, Quruq aralashma, uskunalar, сухие смеси

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/quruq-suvoq-aralashmasi-ishlab-chiqarish-liniyasi-%d1%81%d1%83%d1%85%d0%b8%d0%b5-%d1%81%d0%bc%d0%b5%d1%81%d0%b8/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/dry-plaster-mix-production-line.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/qurgaq-sylaq-qospasyn-ondiru-jelisi.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-sukhikh-gipsovykh-smesey.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-omekhtai-khushki-andova.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/gan-fensha-jiang-shengchan-xian-gan-hun-liao.md)
