# Quloq tozalash tayoqchalari ishlab chiqarish liniyasi
> AFEX-GROUP jamoasi a\`zolari sizlarga bir-biridan foydali va daromadli biznes turlarini taklif qilishda davom etadi.
Katalog: Tibbiyot uskunalari
Yangilangan: 2026-07-14

AFEX-GROUP jamoasi a\`zolari sizlarga bir-biridan foydali va daromadli biznes turlarini taklif qilishda davom etadi. Navbatdagi ishlab chiqarish liniyamiz ham serdaromad sohalardan hisoblanadi. Mahsulotlarni odatiy hayotda, bola parvarishida, tibbiyot va kosmetika sohalarida foydalanish mumkin. Uskunalarimiz yordamida quloq tozalash tayoqchalarini turli xil o\`lchamlarda va qoliplarda (ko\`rinishda) chiqarishingiz mumkin.

## Tavsif

### Umumiy ma\`lumotlar

Ishlab chiqarish tezligi: 1200 ta/min Kuchlanish: 380V Quvvati: 13 kw/soat Tomponlash turi: bir tomonlama / ikki tomonlama Tayoqchalar turi: plastik, qog\`ozli, yog\`och, bambuk Uskuna o\`lchamlari: 7806\*940\*1790 mm Qadoqlash turlari: qadoqlash uskunalari o\`zgaradi Paxta boshchalar turi: qoliplar o\`zgaradi

### Joylashuv sxemasi

Uskunalarni joylashtirish uchun uzunligi 8 metr, eni 1 metrlik maydon kerak bo\`ladi. Umumiy hisobda 30-40 metr/kvadrat maydon yetarli bo\`ladi.

### Ishlab chiqarish jarayoni

### Birinchi qism

Ishlab chiqarish jarayonini tushunish uchun avvalambor uskunalarning qismlari bilan yaqindan tanishib chiqish kerak bo\`ladi.

- Yelim nasosi. Qolipga yelimni yetkazib beradi.
- Paxta boshchalarni sozlash qismi. Ushbu qismda paxtani qancha qalinlikda-og\`irlikda o\`rash kerak ekanligi sozlanadi.
- Tayoqchalarga ishlov berish qismi. Ushbu qismning vazifasi ikki xil: plastik tayoqcha bo\`lsa uni yaxshi yopishishi uchun bukib berishi, yoki bambuk/qog\`ozli, yog\`ochli tayoqchalarga yelim yopishtirib berishdan iborat.
- Paxtani kesib beradi.
- Qolip. Qolipni o\`zgartirish orqali qanday o\`rash turini aniqlaydi.

### Ishlab chiqarish jarayonidan namunalar

### Ikkinchi qism

Ushbu uskunalarning asosiy vazifasi tayyor bo\`lgan mahsulotlardagi namlikni yo\`qotishdan iborat.

### Uchinchi qism

- Yetkazib beruvchi qism. Mahsulot 100% tayyor bo\`lgandan so\`ng ularni qadoqlab olish zarur. Gigiyenik talablarga rioya qilgan holda maxsus qism tayoqchalarni avtomatik ravishda qadoqlash uskunasiga yetkazib beradi.
- Qadoqlash uskunasi. Ishlab chiqarish liniyasining so\`ngi qismida qadoqlash uskunasi joylashadi. Liniya tarkinida 1ta qadoqlash uskunasi kiritilgan. Agarda yana boshqa turda qadoqlash kerak bo\`lsa qo\`shimcha to\`lov orqali qadoqlash uskunasi qo\`shib beriladi.

## Video

- https://youtu.be/ls_4f_TBr4A

Teglar: quloq tozalash, uxachistka, uxochistka, ухочистка

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/quloq-tozalash-tayoqchalari-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/ear-cleaning-stick-production-line.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-palochek-dlya-chistki-ushey.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/qulaq-tazalaityn-tayaqshalar-ondiru-jelisi.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-chubchahoi-toza-kardani-gush.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/mian-qian-shengchan-xian.md)
