# Qolipli nondan SUXARIKI (qotgan non) ishlab chiqarish liniyasi AF-L007
> Bolajonlar ham kattalar ham birdek sevib iste'mol qiladigan snack mahsulotlardan biri bu qotgan non ya'ni suxarikidir.
Katalog: Oziq-ovqat › Quritilgan mahsulotlar
SKU: 60dc66910bd70c769e1f0ee5
Yangilangan: 2026-07-15

Bolajonlar ham kattalar ham birdek sevib iste'mol qiladigan snack mahsulotlardan biri bu qotgan non ya'ni suxarikidir. Yurtimizda bu mahsulotga yil sayin talab ortib bormoqda. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishning 2 xil usuli-Ekstruziya va qolipli nondan tayyorlash usullari mavjud. Biz sizlarga bugun qolipli nondan tayyorlash liniyasini e'tiboringizga havola etamiz. Ushbu biznes bilan siz be'malol uy sharoitida boshlab, sifatli mahsulot tayyorlashingiz mumkin, ya'ni oilaviy korxona yoki xususiy korxona shaklida ro'yhatdan o'tgan holda. Sizga qulay bo'lishi uchun hamma uskunalarni 220v kuchlanishga moslashtirdik.

## Tavsif

Birinchi bo'lib siz suxarikini qanaqa ko'rinishda ishlab chiqarishni aniqlab olishingiz lozim bo'ladi. Shunga qarab siz nonni bo'laklarga bo'lish uskunasiga qanday holatda joylashtirishni aniq bilasiz. Biz tavsiya qiladigan liniyamiz yordamida siz kubik holatda hamda somoncha shaklida mahsulotlar chiqarishingiz mumkin. Keling, biz siz bilan hamma sevib iste'mol qiladigan suxariki mahsulotini tayyorlash uchun qanday uskunalardan foydalanishimizni bir ko'rib chiqsak va keyinroq hisob kitob bosqichiga o'tamiz.

### Nonni kesib beruvchi uskuna (1-bosqich)

Nonni yuqoridagi ko'rinishga keltirib olgach siz ularni ikkinchi uskunaga joylashingiz lozim bo'ladi. Ikkinchi non kesib beruvchi uskunaga solganingizda sizga kerakli bo'lgan shaklga ega bo'ladi.

### NON kesib berish uskunasi (2- bosqich)

Non kerakli shaklda kesib olingach, ularni yaxshilab quritib olish lozim. Biz sizga tavsiya qiladigan quritish uskunasini o'rniga qavatli non pishirish pechidan foydalansa bo'lmaydimi degan fikrlar ham ko'p keldi. Biz sizga tavsiya qiladigan quritish shkafi bilan oddiy pechda quritilsa qanday holat yuz berishini yozib o'tmoqchimiz.

1) Oddiy non pishirish pechida suxarikini quritish mukin, lekin quyidagi kamchiliklardan holi bo'la olmaysiz.

- Qavatli pechlar faqat tepa va pastki qismdan issiqlik beradi, bu esa mahsulotni hamma qismi bir xilda qurimasligiga olib keladi.
- Issiqlik tenlar yordamida berilganligi sababli tenlarga yaqin joylashtirilgan mahsulotlarda kuyish holati yuz beradi.

Yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olgan holda biz sizga yuqori energiya tejamkorligiga ega mahsulot sig'imi yuqori quritish shkafini tavsiya qilamiz. Bu mahsulotingizni sifatini belgilab beruvchi asosiy bosqich hisoblanadi. Quyidagi quritish uskunasida chiqqan mahsulot juda qattiq holatga kelib qolmaydi va unda kuyish holati kuzatilmaydi.

P.S ushbu quritish shkafidan yoz mavjumida bemalol meva sabzavotlarni quritish uchun foydalanishingiz mumkin.

Yaxshilab qurib chiqqan suxariki unga har xil maza berish uchun aramatizator uskunasiga solinadi. Bizning texnologlarimiz mahsulotga qancha miqdorda aramatizator qo'shishni, qancha muddat uni aralashtirish va boshqa texnalogik jarayonlarni o'rgatib qo'yishadi.

### MAZA BERISH USKUNASI (ARAMATIZATOR)

Iste'mol uchun tayyor bo'lgan mahsulotlarimizni be malol qadoqlash uskunamiz yordamida qadoqlashimiz mumkin. Qadoqlash uskunasi uchun esa siz o'zingizga yoqqan dizaynda qadoq uchun rulon buyurta berasiz. Bu borada ham bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishadi. Hozirgi kunda 1 kg rulon narxi 7$ atrofida. Barchaga qiziq jarayon ushbu ishdan qancha daromad olish haqida bo'lsa kerak. Keling siz bilan hisob kitob qilib olsak.

- 1 dona qadoqlangan mahsulot 35 gr
- 1 soatda minimum 50 dona nondan mahsulot ishlab chiqarish jarayonini siz bilan ko'rib chiqamiz.
- 50 dona non\*550gr=27,5 kg
- 27,5 kg mahsulot qurish jarayonida 30% vazn yo'qotiladi va bizda 19.25 kg mahsulot qoladi
- Biz maza berish jarayonida 10% massa qo'shiladi va umumiy massa 21,2 kg mahsulot bo'ladi
- 21,2 kg=21200 gr /33 gr 642 dona tayyor mahsulot
- soatiga 642 dona mahsulot ishlab chiqarilsa 10 soatda 6420 dona

Ishchi har biri 1 million somdan oylik olgan taqdirda 27 kun ish kuni\*10 soat kuniga

### VERTIKAL QADOQLASH USKUNASI (Sig'imli o'lchov asosida)

Teglar: non, oziq ovqat, xitoy, xitoydan

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/qolipli-nondan-suxariki-qotgan-non-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [kk](https://afex.uz/kz/product/qalyp-nanynan-suharik-keptirilgen-nan-ondiru-jelisi-af-l007.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-sukharik-noni-khushk-az-noni-qolabi-af-l007.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-sukhariki-iz-formovannogo-khleba-af-l007.md) · [en](https://afex.uz/en/product/suhariki-hard-bread-production-line-from-molded-bread-af-l007.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/tusimianbao-gan-shengchan-xian-af-l007.md)
