Qolipli non (buxanka) ishlab chiqarish liniyasi

(1 mijozlar sharhi)

O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi. Non va non mahsulotlari, milliy shirinliklarga bizning yurtimizda doim talabgir mahsulotlar hisoblanadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz siz azizlarga sifat jihatidan yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishingiz tarafdorimiz va shu sababli non va qandolat mahsulotlarini siz va bizga ancha tanish bo’lgan ananaviy qavatli pechlarda emas, zamonaviy PLC boshqaruv tizimiga asoslangan, yuqori energiya tejamkorligiga ega bo’lgan bo’lgan konveksion pechlarimizni tavsiya qilamiz. Shu bilan bir qatorda siz azizlarga yordamchi uskunalarni ham uzoq muddatli kafolat bilan aynan bizning korxonamizdan sotib olishingiz mumkin.

5,750$

Qolipli non ishlab chiqarish hozirgi paytda serdaromad sohalar qatorida turadi, sababi biznesingiz uchun toza ozoda joy unchalik katta sarmoya ham talab etilmasligi ko’pchilik uchun foydalidir. Non mahsulotlari yoki pishiriqlar tayyorlash uchun ishni dastlab yaxshilab elab olingan undan xamir tayyorlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Biz sizlarga yuqori sifatli va  samarador xamir qorish uskunalarini keng assortimentda taqdim eta olamiz. Bu ishlar sizga kelgusida mahsulotingiz sifatli chiqishi, xamirning tez tinishiga olib keladi. Bu ishlar sizga kelgusida mahsulotingiz sifatli chiqishi, xamirning tez tinishiga olib keladi.

Xamir qorish uskunasi

Xamir qorish uchun elakdan o’tkazilgan unni xamir qorish uskunasiga solib, issiq suv, unduruvchi qo’shimcha va kerakli miqdorda tuz solib aralashtiramiz. Xamir qorish uskunasi Xitoyning bred kompaniyasi mahsuloti bo’lib, sizga uzoq muddat be’minnat xizmat qiladi. Xamir qorish jarayoniga o’rtacha 15-20 daqiqa vaqt sarflanadi. Xamir tayyor bo’lgach uni maxsus stolga olib qoliplash bosqichidan o’tqaziladi.  Agar qoliplashni qo’lda bajarishni istamagan mijozlarimiz bo’lsa ular uchun avtomat qoliplash uskunasini ham buyurtma asosida olib kelish imkonimiz mavjud. Nonlar qoliplab bo’lingach, keyingi bosqich ularni yaxshilab tindirish hisoblanadi. Buning uchun bizga quyidagi uskuna zarur:

Xamir tindirish shkafi

Xamir tindirish shkafi suvni parlash yordamida xamirlarni ko’tarilishiga katta hissa qo’shadi. Bu jarayon ham o’rtacha 15-20 daqiqa vaqt oladi. So’ngra tindirilgan nonlarimizni mikrokompyuterli pechga yuboramiz.

Uch qavat to’qqiz padnosli pech

Mikrokompyuterli pech yordamida 180-200C li issiqlik darajasi oralig’ida,  30-35  daqiqa vaqt oralig’ida pishirib olamiz. Biz sizga tavsiya qilgan pech mikrokompyuterli bo’lib, issiqlik darajasini yuqori aniqlik asosida belgilaydi, ya’ni +/- 5 C. Pech uch qavat to’qqiz padnosli bo’lib, 108 ta qolipli non bir vaqtning o’zida pishirish quvvatiga ega. Tayyor bo’lgan nonlarni pechdan olib, stellajga terib qo’yamiz.  

Elektr tarozi

Elektron tarozi orqali siz qolipga solishdan oldin xamir og’irligini o’lchashingiz mumkin.

Elektr samovar

Xamir qorish jarayonida sizga issiq suv kerak bo’ladi, shunda siz elektr samovar orqali suvni qaynatsangiz bo’ladi. 

Zanglamas metalldan ishlangan qoliplash jarayonida foydalaniladigan stol

zanglamas metalldan ishlangan yuvish stoli

stellaj

Non uchun qolip


1 Izoh qoldirilgan

5.0 umumiy reyting
1
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Qalandar

    Hamma uskunalar bir joyda jamlangan ekan omad

    Qalandar

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish