PVX dekor panellar ishlab chiqarish liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Kerakli uskunalar ro’yhati:

  • Yetkazib berish uskunasi 3 dona
  • PVX mikser
  • Vibratsion elak
  • Portativ bunker (silos) 2 dona
  • Ekstruder uskunasi
  • Vakuum kalibrlash uskunasi
  • PVX panellarni tog’irlash va keyingi bosqichga yetkazish uskunasi
  • Laminatlash va shtamplash uskunasi
  • Kesish uskunasi
  • Tayyor mahsulotni yig’uvchi uskuna
  • PVX plyonkalarni kesish uskunasi
  • PVX maydalash drobilka uskunasi
  • PVX uchun maxsus pulverizator (tegirmon)
  • Qoliplar

98,700$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Avtomatik yetkazib berish uskunasi

Avtomatik yetkazib berish uskunasi xom ashyo va mahsulotlarni uskunlarga yetkazib berishda xizmat qiladi. Ushbu liniyada 3 dona yetkazib berish uskunasi kerak bo’ladi.

Birinchi yetkazib berish uskunasi  xom ashyo solinadi va mikserga yetkazib beriladi.

Mikserdan chiqqan xom ashyo ikkinchi yetkazib berish uskunasiga tushadi va u orqali vibratsion elakga yetkaziladi. Elakdan o’tgan xom ashyo uchinchi yetkazib berish uskunasi orqali portativ bunkerga solinadi. Portativ bunker ekstruder uskunasi oldigacha oboriladi, bunkerdan xom ashyo to’rtinchi yetkazib berish uskunasiga solinadi va u orqali ekstruderga yetkaziladi

Birinchi yetkazib berish uskunasi
Bunker sig’imi 200 kg
Motor quvvati 2.2 kw
Yetkazuvchi truba diametri 159 mm

 

Ikkinchi va uchinchi yetkazib berish uskunasi
Mahsulot o’tkazish tezligi 2000 kg/soat
Motor quvvati 2.2 kw
Yetkazuvchi truba diametri 133 mm

PVX mikser

Mikser yordamida PVX xom ashyosi va kimyoviy qo’shimchalar aralashtirladi. Xom ashyo birinchi bosqichda qizdirish mikseriga solinadi, keyingi bosqichda xom ashyo sovitish mikseriga o’tadi. Tayyor bo’lgan mahsulot  elevator yordamida keyingi uskunaga yetkaziladi.

Mikserning umumiy ishlab chiqarish quvvati : 500 kg/soat

Mikser quyidagi qismlardan iborat:

  1. Qizdirib aralashturuvchi mikser
  2. Sovutib aralashturuvchi mikser
  3. Avtomatik yetkazib beruvchi elevator
  4. Elektr boshqaruv bloki

Qizdirib  aralashturuvchi mikser

Umumiy hajmi 300 litr
Ishlab chiqarish quvvati 500 kg/soat
Motor quvvati 55 kw
Isitish quvvati 12 kw
Pichoqlar miqdori 3 dona
Aralashtirish vaqti 8-10 daqiqa 1 martada

 Sovutib  aralashturuvchi mikser

Umumiy hajmi 600 litr
Ishlab chiqarish quvvati 500 kg/soat
Motor quvvati 11 kw
Aylanuvchi pichoq tezligi 60 rpm
Sovitish turi Suv bilan sovutish
Sovutish vaqti 10-12 daqiqa 1 martada
Og’irligi 4500 kg
O’lchami 4600x3000x3000 mm

Vibratsion elak

Elevator yordamida yetkazilgan xom ashyo elakga tushadi. Elak  vibratsiyalash yordamida xom ashyoni elab beradi. Elakdan chiqqan mahsulot elevatorga tushadi.

Motor quvvati 3 kw
Elak diametri 2000 mm
Material SS 304
Ishlab chiqarish quvvati 2000 kg/soat

Portativ bunker

Portativ bunker to’rtta g’ildirakga ega bo’lib, xom ashyo va mahsulotlarni tashishda xizmat qiladi.

Bunker hajmi 1500 litr / 800 kg
Bunker devori qalinligi 3 mm
Bunker diametric Ф1100 mm
Material SUS304

Ekstruder uskunasi

Mikser va elakdan o’tgan xom ashyo maxsus bunker yoramida ekstruderning bunkeriga solinadi. Bunkerdan mahsulot ekstruder ichiga tushadi, u yerda xom ashyo aylanuvchi spiralli shnek bilan kichik  tuynikdan siqib o’tkazadi. Natijada xom ashyo siqiladi va qattiq shaklga ega bo’ladi. Hosil bo’lgan bosimdan xom ashyoning harorati ko’tariladi, bu tarkibiy qismlarni aralashish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Keyingi bosqichda hosil bo’lgan massa plastiklash zonasiga tushadi, u yerda qizdiriladi va eritiladi. Eritilgan massa qolipga solinadi. Qolipdan xom ashyo plastik panel  shaklida chiqadi.

Shu o`rinda qoliplarni ham unutmaslik kerak. Turli xil o`lchamdagi qoliplar ekstruderlarning ich qismiga joylashtiriladi. Bunda qolip o’lchami xaridor talabiga binoan amalga oshiriladi. Qoliplarning o`lchamlari: 250, 300, 350, 400  mm.

Shnek diametri 55 /120 mm
Shnek uzunligi 1245 mm
Mahsulot kengli (qolip) 200-500mm
Shnek aylanish tezligi 1-34.8 rpm
QIzdirish quvvati 14 kw
Nitridlash qattiliqligi 940 HV
Nitratsiya holatining chuqurligi 0.4-0.7 mm
Ekstruder bunkeri isitgichi Quyma alyuminiy isitgich
Isitish zonalari 4
Ekstruder bunkeri  sovutish uslubi Havo bilan sovutish

Vakum kalibrlash va sovutish uskunasi

Vakuum kalibrlash uskunasining vazifasi plastik quvurlarning shaklini saqlab qolishdan iborat. Ekstruderdan chiqqan plastik panellar issiq holda bo`ladi. Issiq holda ularning shakli o`zgarib ketishi juda ham oson bo`ladi. Bu uskuna vakuumlash va sovutish yordamida bu muammoga yechim bo`ladi.

Vakuum nasos quvvati 4 kw
Vakuum nasos bosimi -0.08 Mpa
Vakuumlash qismlari 20 dona
Sovutish qismlar (suv yordamida) 20 dona
Vakuumli sovutish stolining uzunligi 1500 mm
PVX panellarni quritish qismi quvvato 1.5 kw

PVX panellarni tog’irlash va keyingi bosqichga  yetkazish uskunasi

Ushbu uskunamiz plastik panellar to’g’irlash uchun ishlatiladi. Panellar ikkita belbog`lar(remen) orasidan o`tadi va bosim beriladi va keyingi bosqichga o`tkaziladi.

Maksimal tortish kuchi 15000 N
Tortishish tezligi 0.5-5 m/min
Quvvati 1,5 kw
Tortish blokining materiali Rezina

Laminatlash va shtamplash uskunasi

Laminatlash va shtamplash uskunasidan tayyor bo’lgan panellar maxsus roliklar orqali o’tadi, ushbu jarayonda maxsus tasvir va naqshli PVX plyonka  yopishtiradi va mustahkam bo’lib yopishishi uchun shtamplamadi.

Maksimal panel kengligi 400 mm
Maksimal panel qalinligi 2-80 mm
Umumiy quvvat 1.7 kw
Konveyer tezligi 5-30 m/daq
Uskuna o’lchami 2200×900 mm

Kesish uskunasi

Ushbu uskunamiz xaridor talab qilgan uzunlikka binoan plastik panellarni kesib beradi. Uskunaning ajralib turadigan xususiyati shundaki plastik panelni kesganda o`zidan hech qanday chang yoki qirindi chiqarmaydi. Odatiy uskunalarda plastik panellar kesilganda, o`sha panellarning qirindilari hosil bo`ladi va natijada mahsulot sifatiga ziyon yetadi. Bu uskunadan esa hech qanday ortiqcha qismlar va chang chiqmaydi.

Maksimal kesish o’lchami 400 mm
Pichoq materiali Yuqori sifatli po’lat
Pichoq diametri 90 mm
Talab etiladigan havo bosimi 0.3 Mpa
Boshqaruv uslubi PLC boshqaruv panel

Tayyor mahsulotni yig’uvchi uskuna

Kesuvchi uskunadan chiqqan PVX panellar yig’uvchi  uskunaga yo`l oladi. Bu uskuna 4 metr bo`lib, yig’uvchi qismi zanglamas metalldan yasalgan.

 

Uzunligi 4 metr
Panellarni yig’uvchi qism materiali SS304

PVX plyonkalarni kesish uskunasi

Ushbu uskunaninng vazifasi PVX plyonkalarni katta rulondan kichik, PVX panellarga mos qilib, kesib berishdan iborat.

Maksimal o’rash diametri 400 mm
Maksimal tezligi 200 m/daq
Maksimal kesish tezligi 50-180 m/daq
Kesish kengligi 50-500 mm
O’rab beruvchi val diametri 76 mm
Kuchlanish 380V 50 HZ
Quvvati 4 kw
Uskuna og’irligi 2000 kg
Uskuna o’lchami 2800x1500x1600 mm

PVX maydalash drobilka uskunasi

Mahsulot qabul qilish joyi 505*320mm
Aylanadigan pichoqlarning diametri 400mm
PVX paneli kengligi uchun <500 mm
Aylanadigan pichoq miqdori 5 dona
Aylanish tezligi 500r/daqiqa
Ruxsat etilgan pichoqlar soni 2 dona
Pichoq materiali SKD-11
Chiquvchi mahsulot o’lchami 10mm
Ishlash hajmi 250-350kg/soat
Asosiy dvigatelning quvvati 15 kVt
Havo puflagichining quvvati 4 kVt
Silos hajmi 0.5m3

PVX uchun maxsus pulverizator (tegirmon)

PVX pulverizatsiya uskunasi ya’ni buni boshqacha nom bilan tegirmon ham deb atash mumkin. Qattiq va granula ko’rishidagi plastic va boshqa mahsulotlarni maydalash uchun ishlatiladi Vibratsiyali yetkazib berish qismi orqali xomashyo maydalash qismiga yetkazib beriladi. Yuqori tezlikda ishlochi tegirmon mahsulotni maydalaydi va undan chiqqan mahsulot maxsus so’ruvchi qism orqali keyingi bosqichga yo’naltiriladi. Mahsulotlar kerakli dozada qo’shilganda ular tegirmonda maydalanib, bir xil kukun shakliga keltiriladi. Elakdan o’tmagan kattaroq bo’laklar qaytadan tegirmonga tashlanib, jarayon yana takrorlanadi. Ushbu uskuna asosan LDPE, LLDPE, RPVC, HDPE, UPVC, PC va boshqa plastic markalarini maydalash uchun ishlatiladi. Plastik bilan ishlovchi ekstruziya liniyalarida deyarli barchasida ushbu uskuna xizmatidan foydalaniladi.

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 380v 50 hz
Mator quvvati 37 kw/soat
Tegirmon maydalash tashqi diametric 500mm
Ichki pichoqlar soni 12 dona
Harakatlanuvchi pichoqlar soni 24 dona
Boshqaruv paneli Tugmali boshqaruv shiti
So’ruvchi ventilyator matori 3kw
Issiq mikser hajmi 300L
Mikser aylanish tezligi 475-950 r/min
Mahsulot bo’shatish usuli 0,75 kw ventilyatsion usulda
Elak o’lchami 30-80 (tanlash mumkin)
Ishlab chiqarish hajmi 180-280kg/soat
O’lchami 2500*2100*3800 mm
Og’irligi 2100kg

Qoliplar

 

Ishlab chiqarish jarayonidan video lavha

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “PVX dekor panellar ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish