, ,

Poyabzal tag qismini ishlab chiqarish

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Dunyo bozori turli-xil, xom-ashyolardan tayyorlangan poyabzallar ishlab chiqarishdadavom etmoqda. Albatta mahsulot turli xildaligi mijozga tanlash imkonini beradi.Bozorlarimizga chet-eldan kirib kelayotgan poyabzallar yurtimizdagi bu soha egalariniyanada izlanishga majbur qilmoqda. Albatta yurtimizda xam poyabzal ishlab chiqarishsanoati endi rivojlanib bormoqda ammo ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyaqilish talab etiladi. Bu yo’l bilan import miqdorini kamaytirishga erishish mumkin.

35,700$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

“AFEX-GROUP” -ushbu muammolarni bartaraf etishda, tadbirkorlarimiz uchun zamonaviy
texnologiyalarni taklif etadi. Kompaniyaniyamiz tomonidan ushbu uskunalarni sotib olgan
mijozlar uchun amaliy yordam beriladi. Ushbu uskunalar poyabzal ishlab chiqarishda,
yangi kirib kelayotgan tadbirkorlarimiz uchun xam qulay va murakkab bo’lmagan
texnologik uskunalardir. Yani uskuna qoliplariga teri, mato, sun’iy teri va boshqa turdagi
poyabzal yuza qismini joylashtirish bilan taglik qismini in’ektsiya yordamida birlashtiriladi.
Ushbu uskunalar sifat va son tezligi bilan boshqa turdagi uskunalardan tubdan farq qiladi.

Uskunalar narxlari:

BIR RANGLI

12 stansiya 35700$
16 stansiya 40800$
20 stansiya 45900$

IKKI RANGLI

20 stansiya 90 600$
*Ushbu narxlar qoliplarni o’z ichiga oladi! Qo’shimcha qoliplar 2000$-3100$/Juft
(qolip turlariga bog’liq)

Uskunalar quyidagi xom ashyolar bilan ishlay olish imkoniyatiga ega:
PVX,TPR,TPU

Ushbu xom ashyolardan tayyorlangan poyabzal tagliklari xaqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Poyafzal tagligi- poyabzalning eng muhim qismlaridan biri bo’lib, ishlab chiqarishda
ishlatiladigan xom ashyolar atrof -muhit ta’siriga imkon qadar chidamli bo’lishi kerak.
Polivinilxlorid (PVX) -poyabzal tagliklari bahor va kuz fasli poyabzallari uchun
foydalanish maqsada muofiqdir.

PVX poyabzal tagligi- uzoq muddatga bardoshli, agressiv muhitga chidamli va ishlab
chiqarish oson. Ular ko’pincha uy va bolalar poyafzallarida ishlatiladi va ilgari ular xavfsizlik
poyabzali uchun keng qo’llanilgan, chunki kauchuk bilan aralashtirilganda PVX moy va
benzinga qarshilik kabi xususiyatlarga ega bo’ladi. PVX- faqat kuz yoki bahor uchun oddiy
poyabzal ishlab chiqarishda ishlatiladi, chunki bu material katta massaga ega va sovuqqa
chidamliligi past, -20 C darajadan past haroratga chidamaydi. Bundan tashqari, PVX taglik
teri ustki qismiga yaxshi yopishmaydi, shuning uchun PVX taglikli sifatli charm poyabzal
ishlab chiqarish qiyin va qimmat.

Termoplastik kauchuk (TPR)-poyabzal tagliklari, tufli va qishki etiklar uchun
foydalaniladi.

Termoplastik kauchuk – bu sintetik kauchukdan yasalgan poyabzal kauchukidir, u tabiiy
kauchukdan kuchliroq, lekin elastikligidan kam emas. Zamonaviy texnologiyalar uning
moslashuvchanligini oshirish uchun turli qo’shimchalardan foydalanishga imkon
beradi.Termoplastik kauchuk past zichlikka ega va shunga mos ravishda boshqa
materiallarga qaraganda kamroq og’irlikka ega. U pastki qismida teshiklar yo’q, shuning
uchun namlik o’tmaydi. Albatta nam va sovuq havoda termoplastik kauchuk taglik juda
silliq bo’ladi.

Termopoliuretan (TPU)-Qish fasli poyabzallar uchun foydalinadi.

Termopoliuretan- yetarlicha yuqori zichlikka ega, shuning uchun uni zo’r tortishni
ta’minlaydigan chuqur taglik ishlab chiqarishda ishlatish mumkin. Shuningdek, TPU -ning
afzalliklari yuqori bardoshli va deformatsiyaga qarshilik qila olishidir.Termopoliuretanning
yuqori zichligi tagligining og’irligi kattaligidan dalolatdir, elastikligi va issiqlik izolatsiyasi
xususiyatlarni yaxshilash uchun TPU ko’pincha poliuretan bilan birlashtiriladi va shu bilan
taglikning og’irligi kamayadi, uning issiqlik izolatsiyasi va elastikligi oshadi. Bu usul ikki
kompozitsion qoliplama deb ataladi va uni tanib olish juda oddiy: bu texnologiya
yordamida tayyorlangan taglik ikki qatlamdan iborat, yuqori qatlam poliuretandan (PU),
pastki qismi esa- termopoliuretandan qilingan bo’ladi.
Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar;
Kerakli maydon: 80 m² dan kam bo’lmasligi kerak.
Elektr energiya: 40 KW/380 V.
Ishchilar soni: 6-10 kishi.
Barcha ishlab chiqarish sanoatini asosiy manbayi suv ham talab etiladi.

Ushbu chizmada 2 rangli (ekstruder), 20 stansiyaga ega bo’lgan uskunani ko’rishingiz
mumkin, uskunalar uchun kerakli maydoni 6,5 x 6 metr talab etiladi. Agarda siz 1 rangli
(ekstruder) 20 stansiyaga ega bo’lgan uskunani sotib olmoqchi bo’lsangiz, uskunalar
o’rtanish uchun kerakli maydon 6,5 x 4 metr talab etiladi.

Poyabzal ishlab chiqarish uskunalarini umumiy tasnifi:
Uskunalarni umumiy jamlanmasi tarkibida ikkita- diamerti 75 mm bo’lgan ekstruder va
bitta- 20 qoliplashga moslashtirilgan aylana xarakatli maxsus uskuna bor. Maxsus aylana
stolida ish faoliyatni olib borish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud.
PLC boshqaruv panelida to’liq gidravlik bosim va sikl bilan boshqariladi.
* Plastifikatsiyalash harorati oldindan tanlash orqali avtomatik tarzda
boshqarilishi mumkin.
* Uskunalar 20 o’lchash nuqtasida har bir qolip talablariga muvofiq in’ektsiya hajmini
tanlash mumkin.
* Bo’sh qolipda ishlashni osonlashtirish uchun qulay sig’imli joy ta’minlangan.
* Parallel qolipni yopish mexanizmi mavjud.
* Uskuna ikki marotaba in’ektsion qoliplama tizimi va qolib yopish tartibini tanlash uchun
spazmlar bilan jihozlangan.
* Maxsus aylana stoli harakatini sozlash mumkin.

Texnik ko’rsatkich
Model TG-LB-20×22
Xomashyo TPR/PVC/TPU
Vint diametric 75mm
Vintni aylanish tezligi 0-160r/min
Uzunligi va diametric nisbati 20:01
Stansiyalarning soni 20
Maksimal in’ektsiya hajmi 660 sm3
Plastifikatsiya 40 g/s
In’ektsiya bosimi 5 Mpa
Disk bosimi 3 Mpa
Qolip ramkasini o’lchami 340x180x60mm
Umumiy quvvat 35,5 kw
Poyabzal chuqurligi 70mm
Poyabzal uzunligi 210-260mm
Hajmi 6290x6150x1955mm
Og’irligi 12300kg

 

Chiller-Havo yordamida suvni sovitib beruvchi qurilma.

Havo kompressori-Uskunani maxsus aylana stolida ish faoliyatni olib borishida, yani
qoliplash (pnevmatik slindr) uchun yordamchi qurilma hisoblanadi.

 

Texnik ko’rsatkich
Maksimal bosim 8 bar
Kuchlanishi 220V/50Hz
Quvvat 3 kw
Hajmi 900*360*735mm
Vazni 68kg

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Poyabzal tag qismini ishlab chiqarish”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish