Plastik paketlar ishlab chiqarish liniyasi AF-L022

(1 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Sizlarga AFEX-GROUP kompaniyasi hozirgi kunda keng ko’lamda foydalanilayotgan mahsulot uchun ishlatiladigan plastik paketlar ishlab chiqarishni tavsiya etadi. Hukumatimiz tomonidan jotiy qilingan qarorga ko’ra 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlandi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qoʻshish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.

Shuningdek, mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalanish uchun sotiladigan oʻramlarga ruxsat berildi.

Yuqoridagi fikrlarni o’qib ko’pchilikda plastik paketlar yo’q bo’lish arafasida degan fikr kelgan bo’lishi mumkin, lekin bu unchalik ham to’g’ri emas. Hozirda plastik mahsulotlarni qayta ishlash keng tarzda avj olgan palla, hamda juda yupqa bo’lgan plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha qiyin va ularni qayta ishlash o’zini oqlamaganligi bois qalinroq ya’ni 40 mikronli plastik paketlarni qayta aishlash birmuncha osonlashadi deyishimiz mumkin.

42,700$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

PLASTIK PAKETLAR UCHUN EKSTRUDER VA 2 RANGLI ROTOGRAVYUR PRINTER

Biz sizga quyida tavsiya etadigan liniya yordamida siz 200 mikrongacha bo’lgan qalinlikdagi paketlar ishlab chiqarishingiz mumkin. Uskuna eng zamonaviy texnalogiyalar asosida ishlangan bo’lib, unda PLC boshqaruv tizimi o’rnatilgan va TOUCH SCREEN panel orqali hammasi o’z nazoratingizda bo’ladi. Biz uskunaga online 2 ta rangli rotogravyurn printer o’rnatdik, bu esa ish jarayonida siz pakeltlarga kerakli logotiplarni chop etish imkonini beradi. Paket uchun rotogravyur va Flexo printerlardan foydalaniladi, hamda ularni chop etish sifsati ham turlicha. masalan Flexo printerga tasvirni rezina valga tushirish orqali ishlanadi va bunda kichik hajmli detallar va yozuvlar ko’rinmay qolish yoki xiralashish holatlari mavjud. Rotogravyur printerlar esa so’nggi avlod metall valga lazerda tasvir tushirish yo’li bilan qiladi. Bu jarayonda tasvir aniqligi, unda kichik shriftli yozuvlar ham aniq ko’rinishi ta’minlanadi. Keling uskunamizning boshqa shu turdagi plastik paket chiqarish uskunalaridan qanday farq qilishini ko’rib chiqsak

  • Rotogravyur printerdan foydalanilgan bo’lib, bir vaqtda mahsulotni ikki tomoniga tasvirni tushira oladi
  • Uskuna xomashyo sifatida PE/HDPE/LDPE/LLDPE/qayta ishlangan PE granulalardan foydalana oladi
  • Shnek material mustahkam 38CrMoAl dan foydalanilgan bo’lib 2 yillik kafolatga ega
  • Turli diametrdagi silindrdan foydalanish imkoni (75-180mm)
  • Qizdirish uchun keramik qoplamali quyma aluminiy, bunda sizga qizdirish tenlari issiqlik hosil qilish kam quvvat evaziga yuqori samaradorlikka erishadi
  • Mahsulot chiqish tezligini nazorat qilish kompyuterlashganligi
  • Turli mahsulotlar (tuz, makaron, salfetka, non va boshqalar) uchun etiketkalar tayyorlash mumkinligi.

PAKET KESISH USKUNASI

Paket kesish uskunasi universal bo’lib biz sizga tavsiya qiladigan modelimiz ham qopcha shaklida ham 2 tomoni yopiq holatdagi mahsulot chiqarish uchun mo’njallangan. Bunda siz xaridorlarning ko’proq talabini bajarish imkoniga ega bo’lasiz. Makaorn mahsulotlari, tuz va shunga o’xshash mahsulotlar qadoqlashda bir tomonida ochiq bo’lgan qopchalardan foydalaniladi.

USHLAGICH QISMINI OCHISH UCHUN PRESS

Hammaga tushunarli bo’lishi uchun aytib o’tamiz bizning xalq tilimizda mayka paketlar nomi bilan mashhur paketlarimiz dastavval ikkala uchi ham yopilgan holatda bo’ladi. Siz suhbu yarim tayyor paketlarni press ostiga 50-70 donasini bir vaqtda qo’yasiz, hamda pressga o’rnatilgan maxsus qolip shaklida kesib beradi. Kesish jarayoni 10T gidravlik presslash usulida olib boriladi.

Siz istalgan shaklda brendlar tushirish bilan jozibador mahsulotlar chiqarish imkoniga egasiz. Ikkilamchi xomashyodan foydalangan holda esa siz arzon bo’lgan chiqibdilar uchun qopchalar ham chiqarishingiz mumkin.

Yurtimizga olib kelish jarayonlaridan ayrim lavhalar

 

 

1 Izoh qoldirilgan

5.0 umumiy reyting
1
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Umidjon

    judaham qiziqarli ishlaringga omad tadbirkorlar uchun kerakli jihoslar

    Umidjon

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish