# Plastik idishlar ishlab chiqarish liniyasi
> Xalqimiz azal-azaldan dehqonchilik bilan shug\`ullanib kelgan.
Katalog: Tayyor liniyalar
Yangilangan: 2026-07-14

Xalqimiz azal-azaldan dehqonchilik bilan shug\`ullanib kelgan. Va hozirda ham yurtimizning eng rivojlangan sohalaridan biri -bu albatta, qishloq xo\`jaligi sohasidir. Mirishkor xalqimiz uyda tinch o\`tirmaslik uchun, o\`z hovlisida ham bog\`dorchilik-dehqonchilik bilan shug\`ullanadi. Ushbu ishlab chiqarish liniyamiz yordamida ham uyda, ham qurilishda ko\`p ishlatiladigan mahsulot- paqirlarni ishlab chiqarish mumkin. Uskuna yordamida nafaqat paqirlar, balki ko\`plab boshqa turdagi mahsulotlarni ham ishlab chiqarishingiz mumkin.

## Tavsif

Shu o\`rinda bir ma\`lumotni ta\`kidlab o\`tishimiz lozim. Hozirda xalqimiz orasida juda ham keng tarqalib borayotgan paqir turlaridan biri- bu "panda paqir". Bu turdagi paqirlarning o\`ziga hos xususiyati shundan iboratki, bu paqirlar juda ham egiluvchan. Yuqori bosim ostida ham sinib ketmaydi. Bukilgandan so\`ng ham o\`z holiga qaytadi. Buning isbotini quyidagi rasm va videoalardan ham ko\`rishingiz mumkin. Mana yuqorida ko\`rib turganingizdek "Panda paqir" juda ham yuqori sifat va chidamlilikka ega. Biz sizga taklif qilmoqchi bo\`lgan uskunalarimiz yordamida xuddi shunday mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Bitta uskuna yordamida turli xil o\`lchamlardagi mahsulotlarni ishlab chiqara olasiz. Bunda faqatgina uskunaning qolipini o\`zgartirish yetarli bo\`ladi. Ana endi, ishlab chiqarish liniyasining umumiy ma\`lumotlari bilan tanishib chiqsak.

### Umumiy ma\`lumotlar

- Ishlab chiqarish liniyasining nomi: Paqir ishlab chiqarish liniyasi
- Ishlab chiqarish hajmi: 150ta/soat
- Ishlab chiqarish quvvati: 65kw/soat
- Kerakli xom-ashyolar: HDPE/PP/PE
- Kerakli maydon: 100metr/kvadrat
- Ishchilar soni: 2ta
- Qoliplar soni: 1ta

Keling endi bizga kerakli uskunalar bilan ham tanishib chiqsak.

### Termoplast avtomat uskunasi

Ishlab chiqarish liniyamizning eng asosiy uskunasi- bu paqirlarni formalash uskunasi. Ushbu uskunaning narxi ichida bitta qolip kiritilgan. Uskunaning qoliplarini o\`zgartirish orqali boshqa o\`lchamlar va shakldagi mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Xaridor uskunaga buyurtma berayotgan paytda qoliplar xaridor talabiga binoan maxsus yasattirilib olib kelinadi. Uskuna yordamida soatiga o\`rtacha hisobda 150 ta paqir ishlab chiqarishingiz mumkin. Quyidagi jadval yordamida uskunaning to\`liq texnik ko\`rsatkichlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Quyidagi jadvalda esa uskunaning qismlari haqida ma\`lumotlarga ega bo\`lishingiz mumkin:

### Avtomatik vakuumli yuklash uskunasi

Ushbu uskunamiz ish jarayonining jadalligini va unumdorligini oshiradi. Uskuna yordamida ishning borishini avtomatlashtirishingiz mumkin. Bu uskuna tayyor xom-ashyolarni ekstruder(qolipli formalash) uskunasiga yetkazib beradi, ya\`ni alohida bir ishchi xom-ashyoni solib turishi shart emas.

### Quritib berish bunkeri

Navbat eritish bunkeri uskunasiga keldi. Ushbu uskunaning vazifasi xom-ashyolarni quritib-eritib asosiy uskunaga yetkazib berishdan iborat.

### Mikser

Mikser uskunasi bizga paqirlarimiz uchun ishlatadigan xom-ashyolarga rang qo\`shib berish uchun ishlatiladi.

### Maydalash uskunasi

Har bir ishda bo\`lganidek, paqir ishlab chiqarganimizda ham xom-ashyodan ortiqcha chiqindilar hosil bo\`ladi. Uskuna mana shu chiqindilarni maydalab, yana qayta foydalanish uchun tayyor holga keltirib beradi.

### Chiller

Uskuna ,albatta, ishlaganda qiziydi va uskunani sovutish uchun sovuq suv va havo kerak bo\`ladi. Chillerning ham asosiy vazifasi formalash uskunasi qizib ketishini oldini olishdan iborat. Ishlab chiqarish liniyamiz mana shu hamma uskunalardan tashkil topgan. Quyidagi video rolikda qolipli formalash uskunasi keltirilgan.

## Video

- https://youtu.be/bPSR0WP6CIs
- https://youtu.be/6nPuaJCIqrc

Teglar: afexuz, chelak, ishlab chiqarish, paqir, plastik, satil, uskuna, uskunalar, xitoydan

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/plastik-idishlar-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [kk](https://afex.uz/kz/product/plastik-ydystar-ondiru-jelisi.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-zarfhoi-plastiki.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-plastikovoy-tary.md) · [en](https://afex.uz/en/product/plastic-container-production-line.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/suliao-rongqi-shengchan-xian.md)
